13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 00:38
Jamiyat 👁 461

“Qiz paytida hamma yaxşi, yomon xotin qaydan çiqar…”

“Qiz paytida hamma yaxşi, yomon xotin qaydan çiqar…”

Yangi kelinning qölidan çoy içişga hamma havas: qaynona, ovsin, qöni-qöşni, qurbi-qurdoş… Tuşganiga beş kun bölgan kelinçak zar köylakda yal-yal yonib, xizmatda. Goh kimgadir çoy uzatadi, goh dasturxondagi tovoqlarni çiroyli taʼzim qilib olib ketadi. Atrofida mahallaning bolajonlari parvona, ha, ularga ham yangi kelinni kuzatiş zavqli.

Heç sezganmisiz, yangi kelinçak oldingizdan ötib ketsa ajib va xuşböy hidni tuyasiz. Balki bu hid yap-yangi sarpolarnikimikin, yo biror atirniki yoki kuyov bola uyini yangi taʼmirdan çiqargan bölsa xonadagi obodlikni isimikin? Yöq, bu – yoşlik, beğuborlik, muhabbat va baxtning hidi! Qiziği, bu anvoyi hid kimlargadir umrining oxirigaça hamroh böladi, kimdir esa uni hayotning önqir-çönqir nuqtalarida, mehrsizlik, beyeʼtiborlik va xiyonat bilan yuzlaşgan vaqti yöqotib qöyadi.

Ha, ayol kişi oilada eri bilan örni almaşib qolganida, noiloj rözğorning roli qöliga tuşib qolganida ayollik bilan xayrlaşadi. Nafosat bilan vidolaşadi. Hamma emas, baʼzilar.

Har ayolning taqdiri har xil bölar ekan, kimningdir çekiga siylov degan söz yozilsa, kimnikiga sinov yoziladi. Kelinlikda mayin ohangda çiqadigan ovozlar vaqtlar ötgan sari yöğonlaşa boradi.

Taqdir taqozosi bilan Toşkent şahridagi şifoxonalardan birining ginekologiya bölimiga davolaniş uçun yotdim. Beş oltita ayol yiğilgan joyda tabiiyki hayotiy mavzular kötariladi. Qizğin bahs-munozaralar ketadi.

Borgan kunim palatadoşlarim bilan tanişdim-u, ularni kuzata boşladim. Çuğur-çuğur gaplariga quloq osdim. Bir kun davomida tinglovçiga aylandim, ertasi kuni esa ahvolim sal yaxşilangaç, xonadoşlarim bilan tez til topişib ketdim.

Şevasining baʼzi joylariga tuşunmasam-da, ular bilan suhbatlaşgim, umumiy mavzular topgim va ijodkorligimga borib, atrofimdagilarning fikrlari bilan qiziqdim.

Kattakon şahri azimning odamlari, mahalliy urf-odatlari va oilaviy munosabatlari haqida bilgim keldi. Suhbatga tortsam, şahardagi dastur-tutumlar, oilaviy qadriyatlar bilan biz tarafdagi anʼanalar orasida aytarlik farq yöq ekan. Ularda ham kelinlar xuddi bizga öxşab bir neça oy yaltir-yultirlar kiyib, kelin salomlar qilib çoy uzatişadi ekan, töydan keyin kelin-kuyovni qarindoşlar, yaqin qöşnilar sarpo qöyib çaqirişlari ham biznikiday ekan.

– Onam bolaligida toğam bilan öyinçoq kamon öynab yurib, kamonning yoğoç nayzasi köziga tegib çap közidan ayrilgan, – gap boşladi orqa kravatdagi kelin. – Şundan beri bir közi yöq, ammo dadam bizni taşlab ketganidan beri u bizni heç kimdan kam qilmay, halol mehnat qilib boqdi. Qişni qiş, yozni yoz demay mavsumiy işlarda işladi. Bitta köz bilan köça supurdi, bitta köz bilan idiş-tovoq yuvdi (buyraklari ham ötkir şamollaşiga qaramay), to biz ulğayib yoniga kirgunça onam şörlikning biror marta yotib dam olganini eslay olmayman, – deya köziga yoş oldi. Kelinçak qizlik paytlarida otasining yöllariga közlari muştoq bölganini, töyi kuni ham otasini intizor bölib kutib, biroq u qizining baxtli kuniga kelmaganini eslab xonani tark etdi. Kim biladi, balki u biror panaroq joyga borib böğilib-böğilib yiğlagandir.

Közi ojiz ayolga balki köngil qöyib, balki mardlik qilib yoki uyidagilarining qistovi bilan uylangan erkak… Oilasini taşlagan-u, çet elga ketib şu taraflarda boşqa bir ayolga uylanib qolib ketgan. Bu yoqda esa uçta tirik yetim farzand, orzulari poymol bölgan, xiyonatdan bağri kuygan ayol hayot girdobida qolib ketavergan.

– Beşta qizim bor, oltinçisini öğil deyişgandi peşonamga siğmadi, yaqinda “UZI” qildirsam homila rivojlanmay qolibdi, – dardidan söz oçdi boşqa bir ayol. – Kiçkina qizim ukamga sut içadigan butilkaga deb pul yiğib yurgandi, – biroz köziga yoş keldi uning. – Erim-ku, faqat qiz tuğding deb yuzimga heç solmaydi, ammo yonginamda ötirib, mendan yaşirmasdan ham bir begona ayol bilan telegramda yozişib ötiradi. Bir xil paytlari işdan kelmay qoladi. Katta qizim bilan undan keyingi qizimning böyi yetib turibdi, yaqinda quda-andali bölamiz. Bizni esa erim bilan uruş-janjalimiz tugay demayapti. Köçaning bir behayo ayoli sabab uyimizda fayz yöq. Pul bor, şaroit bor, lekin er-xotin örtasida mehr-oqibat yöq. Özaro tuşuniş yöq, – deya fikr aytdi ayol.

Ha, uning gaplarida jon bor. Ayol uçun mol-dunyo va “komfort” şaroitdan ham köra ustunroq turadigan tuyğular bor dunyoda. Birinçisi – eʼtibor! “Şörvang judayam şirin çiqibdi!”, “Bugun boşqaçasan, bugun gözalsan!”, “Boringga şukur onasi, sen bölmaganingda nima qilardim…” – aytilişi suvtekin ammo yurakka yetib boradigan qiymati bebaho sözlar emasmi bu?!

Xonadagi deyarli hamma ayolning keçinmalari bilan örtoqlaşdig-u, ular endi mendan gap söraşdi. Kulib qöydim, axir men gapirişdan köra eşitişni, kuzatişni yoqtiradigan insonman. Kim uçundir “oçiq konvert” bölişni xohlamayman. Şukurki, menda hammasi yaxşi, – dedim ularga javoban.

Gaplarimdan “hamma erkak şunday” degan qatʼiy xulosa yasamoqçi emasman. Oramizda şunday otalar, kuyovlar, aka-ukalar borki, “öğlim bölsa, şunga öxşasin-da”, deging keladi inson. Men şunçaki oramizdagi ayrim tahqirlanib yaşayotgan ayollarning keçinmalarini ifoda etyapman xolos. Eri xiyonat qilişiga ham ayoli sababçi, eri içib kelsa ham ayol balogardon, farzandli böliş sal orqaga surilsa “tuğmas xotin”, taqdir yozilib, bordi-yu faqat qiz tuğsa ham ayol sabab, erning işi sal yurişmasa “bebaraka xotin” tamğalari ostida yaşayotgan ayollarning iztiroblarini qalamga olgim keldi.

Aslida, ilmiy jihatdan ham, mantiqiy jihatdan ham fikr yuritilsa bu ayblovlar noörin emasmi, aziz muştariy?! Agarda erning işi yurişmasligiga xotin sababçi bölsa, u holda ayol qora muşuk ekanda… Embrion jinsi öğil yoki qiz bölişida ayolning heç qanday taʼsiri yöqligini fan allaqaçon isbotlab bölgan.

Psixologiyani bir çetga surib, mantiqan olib qaralsa xiyonatning ortida nafs turişini bilamiz. Ha, biz odamlar köp narsalarni aslida tuşunamiz, bilamiz. Biroq bizda masalaga yeçim topişdan köra şu masalaga aloqador aybdorni aniqlaş va uning ustidan mağzava ağdariş degan instinkt yaxşi rivojlangan. Töplanişib ğiybat qiliş degan iştiyoq kuçli. Lekin bu heç qaçon yeçim böla olmaydi.

Eʼtibor berganmisiz, töydan oldin yoki yangi kelin-kuyovlik paytlaringiz juftingiz bilan heç tortişganmisiz? Albatta, yöq yoki juda kam. Ha, u paytlar hamma narsa, hattoki hayot ham xuddi kelin sarpolariga öxşab yaltir-yultir körinadi. Kiyimda ham, köngilda ham doğ bölmaydi. Vaqtlar ötgan sayin esa yoningdagi insonning, atrofingdagilarning yangidan yangi “qirra”larini kaşf etasan. Sening ham oçilmagan “qirra”laring asta-sekin… Xullas, qozon ostida nimaiki bor hammasi çömiçga çiqadi. Asling kabi körina boşlaysan.

Hayotda insonning eng katta kamçiligi esa asliyatidan qoçişida. Goh qörqib, goh ayyorlik qilib özakni, özlikni yaşirişda. Aksariyat muammolarni keltirib çiqaruvçi sabab ham şu aslida. Oilaviy munosabatlarda qandaydir möʼjizalar kutib yaşaymiz, yomon er, yomon qaynona, yomon kelin, va yomon hakozolar bizni tuşunişini, birdaniga bizning printsiplarimizga moslaşib, bizbop bölib qolişini istaymiz. Ammo möʼjizalar öz-özidan sodir bölib ketavermaydi-da.

Balki atrofingdagilar senga sen kutgan munosabatni berişi uçun sen özing ham ularning talablariga javob berişing kerakdir. Lekin sen birov uçun özgarolmaysan, birov sen uçun özgarib qolmaydi. Demak, "A" nuqta bilan "B" nuqtani birlaştirib turuvçi yeçim oilada özaro tuşunişib yaşaş bölişi mumkin. Töğri, özgariş va özgartiriş qölimizdan kelmasligi mumkin, ammo, vaziyatlarni töğri baholaş va fikr yuritiş qölimizdan keladi-ku…

Yaşiringul

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026