28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:53
Maqolalar 👁 618

OILA QOʻPGʻONINING OBODLIGI – HAP KIMNING OʻZ QOʻLIDA

OILA QOʻPGʻONINING OBODLIGI – HAP KIMNING OʻZ QOʻLIDA

Ulkan, qator oʻtirgʻichlar oʻrnatilgan sud zali. Asabiylashgani shundoqqina aftidan sezilib turgan yosh er-xotin zalning biri oʻng, biri chap tarafida oʻtirishibdi.

Sudya bosiqlik bilan minbarda turgan yetti-sakkiz yoshlar chamasidagi shiringina oʻgʻlonga dedi:

– Sen hech narsadan qoʻrqma bolakay, senga hech kim tazyiq oʻtkazmaydi. Oldingdagi qogʻozga kim bilan qolishingni yoz.

Sud zalida sukunat. Sudyaning nigohlari bolakayda. Bola... bola... qogʻoz ustiga bemajol ruchka tutgan qoʻlini qoʻydi.

“Kim bilan qolishingni yoz”. Bola iztirobda biroz boshini egib turdi. Keyin sekingina dadasiga nigoh tashladi. Esini taniganidan buyon u bilan bogʻliq baxtiyor damlari koʻz oʻngiga keldi: ota-onasining xushchaqchaq oʻtirib nonushta qilganlari, dadasining erkalashlari, baliq oviga borganlari, quvalashib-quvalashib oʻynaganlari, ushlab olgan vaqtida bagʻriga qattiq bosib, yuzi bilan yuzini, koʻksini qitiqlaganlari. ... Nahot ota-onasi ajrashadi-yu, u dadasidan ayrilsa... yoʻq! Bunday boʻlmasligi kerak, axir unga dadasi judayam kerak! Dadasi ham “men sen bilanman” deganday boshini qimirlatib qoʻydi.

Bola nigohini onasiga burdi. Mendan voz kechmoqchimi, degan xavotirda oʻtirgan ona bir qalqib tushdi. Norasidaning koʻz oʻngida oilasi baxtiyor yashagan davrlardagi onasi bilan kechgan damlari jonlandi. Eh... qanday ajoyib damlar edi-ya, u damlar. Endi... u... Endi nahotki u oʻzini jonidan-da ortiq koʻruvchi onasidan voz kechsa? Axir bolaga ikkovidan biri bilan qolishini, biridan voz kechishini yozish topshirildi. Bu qanday dahshat! Axir farzand ota yo onasidan qanday qilib yuz oʻgira oladi? Nohaqlik emasmi, bu? Bola aqliga sigʻadimi bu?

Uning qalbini oʻrtayotgan alamli oʻylar koʻzlaridan shashqator yosh boʻlib qogʻoz yuziga tomdi. Oʻylay-oʻylay axiyri oʻz qarorini yozdi: “Ota-ona tanlanmaydi, men oʻz oilamda qolishni istayman”. Va koʻzlarida umid, iltijo bilan qogʻozni sudyaga uzatdi.

Bu rolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan beri koʻrgan odamning koʻnglini ezadi. Men ham har safar qayta koʻrganim-da er-xotin hech boʻlmasa, shu jajji oʻgʻilchasi uchun ajrashish fikridan qaytishsa edi, deb oʻylayman, bolaning koʻz yoshlari yuzini yuvib turgan holatini hech unutolmayman.

Toʻgʻri, bu rolik – ijod mahsuli. Biroq hayotda shu bola holiga tushib azoblanayotganlar, otasini yo onasini faqat tushlarida koʻrib, sogʻinchdan yuraklari yara boʻlib yashayotgan norasidalar kammi?

Bu-ku, ota-onasi ajrashayotgan bolaning hayotidan birgina lavha, xolos. Ajrashish tufayli yetim boʻlib qolayotgan bolalarning hayotini koʻz oldingizga bir keltirib koʻring-a, ular umr boʻyi shunday azoblarni tortib yashashga mahkum emasmi?

Mamlakatimizda yosh oilalarning oyoqqa turib ketishini, osuda va farovonligini taʼminlash uchun gʻamxoʻrliklar tobora kuchayayotgan, yosh kelin-kuyovlarning mustaqil hayotga moslashishini taʼminlash borasida targʻibot-tashviqot ishlari olib borilayotgan bir vaqtda, afsuski, oilaviy ajrashishlar kundan-kunga koʻpaymoqda. Bu boradagi tumanimizdagi statistikaga nazar tashlaydigan boʻlsak, 2017-yilda 93 ta, 2018-yilda 106 ta, joriy yilimizning shu kunigacha 62 ta oila ajrashgan. Oʻtgan yilning shu davrigacha 47 ta ajrashish qayd etilganini nazarda tutsak, buningdek noxush holat joriy yilda yana ham koʻpayayotganiga guvoh boʻlamiz.

2018-yilda 99 nafar begunoh bolalar tirik yetim boʻlib qolishgan edi. Joriy yilda shu kungacha bunday bolalar soni 42 nafarga yetdi. Sogʻlom hayot kechiruvchi odamlar tasavvur qilishi qiyin boʻlgan yana bir dilni oʻrtaydigan fakt: joriy yilda ajrashgan oilalarning toʻrttasiga ayollarning xiyonati sabab boʻlgan.

Gulshod Yusupova – “Oila” markazi tuman boʻlimi rahbari:

– Axloqsizlikni har qanday holatda ham oqlab boʻlmaydi. Ayniqsa, oilali, farzandli ayollarning bu yoʻlga kirishi umuman kechirilmasdir. Chunki ona farzandlar tarbiyasiga, oilada tinch-totuvlikni, oʻzaro hamjihatlikni taʼminlashga masʼul shaxs.

Afsuski, ana shunday moʻʼtabar zotlar orasida ham oʻz burchini, masʼuliyatini unutib, oʻtkinchi havaslar quliga aylanib qolayotganlari ham uchrab turadi. Bunday ayollar bilan alohida shugʻullanib, nojoiz yoʻldan qaytarishga intilayapmiz.

2019-yilning oʻtgan davrida 50 tadan ziyod arzimagan ikir-chikirlar tufayli ajrashish yoqasiga borib qolgan, hatto sudga ariza bilan murojaat qilgan oilalarni yarashtirishga muvaffaq boʻldik.

Afsuski, keyingi yillarda deyarli barcha xonadonlarda mavjud internet, xorijiy kanallar hayotimizga gʻarb “Ommaviy madaniyati”ning ayrim koʻrinishlari kirib kelishiga “hissa” qoʻshayotganidan koʻz yumib boʻlmaydi.

Yoshlarning yengil-yelpi hayotdan oʻrnak olishi ertaga bir kun yelkasiga roʻzgʻor tashvishlari tushganida, aniqki, esankirab qolishiga sabab boʻladi. Ajrashish eng toʻgʻri yoʻldek koʻrinadi, hayot hind filmlari emasligini anglab yetishmaydi.

Ha, tinch-totuv, baxtiyor oilani barpo etishning ham mashaqqatlari, bosib oʻtiladigan past-baland yoʻllari bor. Mana bu onaxonlarning soʻzlariga quloq tutsangiz, bu borada koʻproq tasavvurlarga ega boʻlasiz:

Xadicha Toʻrayeva – taʼlim faxriysi:

– Mening ikki oʻgʻil, ikki qizim bor. Dadasi vafot etganida kichkinam hali esini tanimagan edi. 28-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlab, yolgʻiz oʻzim toʻrtovini ham oliy maʼlumotli, uyli-joyli qildim. Bu aytishga oson, boshimdan oʻtganlari faqat Yaratganga ayon. Biroq buni anglagan hamkasblarim, qoʻshnilarim doim koʻnglimga dalda boʻlib keldi. Bugun bolalarimning kamolini koʻrib yashayotganimdan baxtiyorman. Yoshlar oila masʼuliyatini chuqur anglashsa, oʻtkinchi tashvishlarni yenga olishsa, albatta, yaxshi kunlarga yetadi.

Momojon Nurimbetova – tibbiyot faxriysi:

– Mening toʻrt nafar oʻgʻlim bor. Dadasi bilan ularni oʻqitdik, kasb-hunarli qildik. Voyaga yetganida birin-ketin uylantirdik. 16-yil toʻrt kelinim bir hovlida yashashdi, biri-birovi bilan urishib, yo er-xotin orasida nizo chiqib, ota uyiga ketib koʻrishmadi. Baʼzan, anglashilmovchiliklar boʻlib qolsa, yonimga oʻtirgʻizib, barini bosiqlik bilan tushuntiraman. Vaqt-soati yetib, hozir toʻrtovini ham hovli-joyli qilib, roʻzgʻorini boʻlaklab berdik.

Demoqchimanki, ota-onalar farzandlari yangi turmushga koʻnikib ketgunicha yoshlarning koʻp xatolarini kechirib, koʻp yoʻl-yoʻriqlar berishi kerak, oilani asrashni oʻrgatishi kerak.

***

– Maktabimizda 11 nafar hech qachon koʻzlari kulmaydigan oʻquvchilarimiz bor. Bilasizmi, nega? Ota-onasi ajrashgan, xorijdan necha yillardan beri kelmay yurgan oilalar farzandlari boʻlganidan, koʻngli ota-ona mehriga qonmaganidan, oʻzlarini ota-onasiga keraksizday his qilganidan. Men rahbar sifatida doim ularning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor beraman, fan oʻqituvchilaridan ham ularning koʻngliga yoʻl topib muomala qilishini, ozgina muvaffaqiyati uchun ham sinfdoshlari oldida ragʻbatlantirib, eʼtibor berishini talab qilaman. Biroq ota-onasining “qalaysan” yo “barakalla, bolam” degan bir ogʻiz soʻziga ne yetsin! Nega ota-onalar buni tushungisi kelmaydi ekan-a?

shahridagi maktablardan birining direktori aytgan bu soʻzlarning hayotda tasdigʻini hammamiz koʻrib yuribmiz. Bola ota-onasi bagʻridagina baxtiyor boʻladi.

Biz yuqorida ajrashishlar haqida aytdik. Eng achinarlisi, bugungi kunda ham ajrashish yoqasida turgan yuzdan ziyod oilalar bor. Ularni bundan saqlab qolishga harakat qilish hammaning burchi. Chunki ularning biri qoʻshni, biri mahalladosh, biri qarindosh...

Bu dunyoda emin-erkin va betashvish yashab, osuda turmush kechirishimiz uchun oʻz daxlsiz hududimiz – oʻzimiz bino qilgan oila deya atalguvchi muqaddas qoʻrgʻonimiz mustahkam va obod boʻlmogʻi lozim. Haqiqiy baxtga ana shu qoʻrgʻon ichidagi qonunlarga boʻysunish, oʻzaro ahillik, bir-birovga hurmat, yoshi ulugʻlarning hayotiy tajribalaridan ibrat olish, sabrlilik bilan yaxshi kunlarga intilish tufayli erishiladi.

Unutmaylik, har birimiz yashayotgan oilamiz – jamiyatimizning bir boʻlagi. Demak, oila qoʻrgʻonimiz obod, farovon boʻlmogʻi uchun shu jamiyat fuqarosi sifatida zimmamizda ulkan masʼuliyat bor, shunday emasmi?

Oygul PAJABOVA,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026