17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 22:16
Jamiyat 👁 964

BUYuK SARKARDA, ShOH VA ShOIR

BUYuK SARKARDA, ShOH VA ShOIR

Mirzo Bobur otasi Umar-shayx Mirzo vafot etganida atigi 12 yoshda edi. Bobur bobosi Amir Temur tuzgan buyuk davlatni qayta birlashtirish, Samarqand shahrini ishgʻol qilish uchun bir necha bor urindi. Ammo tobora kuchayib borayotgan ichki nizolar, muvaffaqiyatsizliklar tufayli barcha urinishlari zoye ketdi. Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam, markazlashgan davlat tuzishdan iborat edi. Bu maqsadi oʻzi tugʻilib-oʻsgan yurtda – Movarounnahrda emas, juda olis yurt – Hindistonda amalga oshdi. Bobur bu holatdan doimo iztirobda boʻlganligini asarlarida yorqin tarzda aks ettirgan:

Tolʼe yoʻgʻi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,

Har ishniki ayladim xatoligʻ boʻldi.

Oʻz yerni qoʻyib Hind sori yuzlandim,

Yo rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.

Boburdan bizga uning devonlari, “Boburnoma” memuar asari, ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-taʼlimiy ruhdagi asarlaridan iborat boy maʼnaviy meros qoldi. U musulmon axloqiga oid “Mubayyin” nomli masnaviyni yaratdi.

Podshohlikni Humoyun Mirzoga topshirgan Bobur 1530-yilda 26-dekabrda, 47 yoshida, oʻzi asos solgan ulugʻ saltanat – Hindistonning Agra shahrida vafot etdi va oʻsha yerga dafn etildi. Keyinchalik 1530-yil buyuk Bobur vasiyatiga muvofiq uning hoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan “Bogʻi Bobur”ga qoʻyildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, shoh va shoir Bobur Mirzo oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmatini topdi. Andijon shahrida Bobur nomidagi Universitet, teatr, kutubxona, milliy bogʻ – “Bogʻi Bobur” bor.

Bobur milliy bogʻi majmuasida Bobur va jahon madaniyati muzeyi tashkil etilgan. Shahar markazida va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida shoirga haykal oʻrnatilgan. Andijon shahridagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek, Toshkentdagi istirohat bogʻi va bir koʻchaga, Andijon viloyatining Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berilgan. Oʻzbekiston fanlar Akademiyasining Bobur nomidagi koʻkrak nishoni taʼsis etilgan.

Mashhur hind davlat va jamoat arbobi Javoharlal Neru: “Bobur dilbar shaxs, uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor inson boʻlgan, u sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi koʻrardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq boʻlib, koʻp yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan”, – mazmundagi fikrini yozib qoldirgan.

Men buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining muxlisi sifatida shoir gʻazallari va masnaviylaridan ruhiy quvvat olaman. Istardimki, har bir oʻquv muassasasida Z.M.Bobur ijodiga bagʻishlangan adabiy kechalar yil davomida oʻtkazilsa, albatta, buyuk bobokalonimizning buyuk maʼnaviy merosi har bir qalbda ona yurtga muhabbat, vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlab, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qilardi.

Zuhra AHMEDOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026