Orzular röyobi
Dunyoda orzu-armonsiz odam bölmasa kerak. Orzular insonga qöşqanot bölib, juda bölmaganda xayolan yuksak-yuksaklarga parvoz qiladi,kimdir uçuvçi bölişni, kimdir kosmonavt bölişni, yana kimdir general bölişni orzu qiladi. Orzuga ayb yöq deyişadi-ku axir.
Bundan ön olti yil ilgari ellik yoşida bevaqt dunyodan ötgan rahmatlik Bozorboy Erdoşevning bu hayotda orzulari köp, armonlari bisyor edi. Armiya xizmatidan keyin harbiy bölib qolmoqçi edi. Lekin oilada tönğiç farzand bölgani uçun ota-ona raʼyigaqarab sobiq "Kommunizm” kolxozida, hozirgi "Tölqin” xöjaligida avtomobil haydovçi bölib işga ötdi va umrining oxirigaça öz kasbiga sodiq qoldi. Ammo harbiy böliş orzusi hamon köngil törida saqlanib qolaverdi va öz orzusining uşalişini farzandlarida körişni istadi. Bu orzu istakni tönğiç öğli Ilhom Erdoşevga köngil yorib aytib uqtirdi, takror-takror quloğiga quydi. Ilhom ham ziyrak bola emasmi, dadasining nima demoqçi ekanligini uqdi va dadasi erişolmagan orzuni öz toleida körişni niyat qildi. Ezgu niyat albatta uşaladi, agar unga çin ixlos bilan intilsa, butunsaʼyi-harakatlari şunga yönalsa.
Bozorboy Erdoşevning quloğiga Urgançda harbiy akademik litsey borligi çalinib turardi. Vaqt topib, mazkur bilim dargohigaborib öqişga kiriş tartib-qoidalari bilan tanişib qaytdi. 33-sonli umumtaʼlim maktabida aʼlo baholarga öqiyotgan öğli Ilhomga bu borada juda jön va qiziqarli qilib gapirib berdi. Bundan keyin Ilhomning harbiylikka bölgan qiziqişi yanada kuçaydi. 8-sinfni bitkazişi bilanoq zarur hujjatlarni tayyorlab, dadasi bilan birgalikda Urgançga jönadi. 1995-yilda Urganç harbiy akademik litseyini bitkazib, öqişni davom ettiriş uçun Samarqand oliy harbiy qömondonlik avtomobil muhandislik bilim yurtiga öqişga kirdi. Bundan dadasi Bozorboy Erdoşev va onasi Bibisara Qöçqorovalar behad xursand bölişdi. Nafaqat xursand bölişdi balki solih va qobil öğlidan mamnun va rozi bölişdi. Çunki, otasining orzulari uşalayotgan edi. Lekin mazkur oliy harbiy bilim yurtining 3-bosqiçini bitkazib, 4-bosqiç kursanti bölgan kezda otasi Bozorboy aka olamdan ötdi. Yillar ketidan yillar bir-birlarini quvlaşgandek ötaverdi. Bizning udumimiz böyiça ota örni böş qolmasligi kerak. Bu masʼuliyatli oğir vazifani tönğiç öğil Ilhom Erdoşev öz zimmasiga oldi. Tabiatan vazmin, aql-zakovatli, hayotda har işning közini biladigan va tadbirkorona harakat qiladigan mohir taşkilotçi, kezi kelganda topqir va epçil, çaqindek tez harakat qiladigan abjir harbiy yigit bölib kamolga kelgan yigit hozirda Samarqandda Markaziy harbiy okrugda podpolkovnik, maxsus botalon komandiri bölib xizmat qilmoqda. U otasi orzularini röyobga çiqariş uçun juda köp harakatlar qildi va ukalari Omonboy hamda Qurbonboy Erdoşevlarni öz safiga – harbiylar safiga qöşdi. Omonboy Erdoşev hozirda Şimoliy-Ğarbiy harbiy okrugning "Qösköl” garnizonidagi harbiy qismda serjant, vzvod komandiri bölib öz burçini ado etmoqda. Uning Vatanimizga sadoqatli xizmatlarini davlatimiz yuksak baholab, mustaqilligimizning 21 yilligi arafasida "Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan mukofotladi.
Mayor Qurbonboy Erdoşev ham akasi Ilhom Erdoşevning qöllab quvvatlaşi natijasida Samarqand oliy harbiy qömondonlik avtomobil muhandislik bilim yurtida tahsil oldi. Erdoşevlar uçun muqaddas oliy öquv dargohi bölib qolgan bu maskan ularni kamolot çöqqilari sari yetakladi. Hozirda mayor Qurbonboy Erdoşev Farğonada-Şarqiy harbiy okrugda namunali xizmat qilmoqda.
Ayni davrda aka-uka Erdoşevlar Vatan oldidagi öz burçlarini sidqidildan ado etiş asnosida öz oilalari, bola-çaqalari bilan baxtiyor hayot keçirmoqdalar.
Yillar ötaverar, davrlar va zamonlar ötaverar. Ammo hayot öz yölida davom etaveradi. Kimki, bu hayotda özidan öçmas iz qoldirib, yaxşi nomu yaxşi amallar hadya etib, hayot atalmiş muqaddas kitob sahifalariga zarhal harflar bilan yozilgan bitik qoldirsa, öşa odamning umri va xizmatlari hamda mehnatlari köpçilikka ibrat bölğusidir.
Yuqorida nomlari zikr etilgan solih va qobil farzandlarning sevimli va aziz volidai muhtaramasi Bibisara Qöçqorova tumanimiz qişloq xöjaligining muhim tarmoqlaridan biri bölgan yetti xazinaning biri - pillaçilikni rivojlantirişga, qolaversa "Tölqin” xöjaligida pillaçilikni rivojlantirişga baholi qudrat hissa qöşib kelmoqda. U şu xöjalikda qirq ikki yildan buyon, yaʼni, 1972-yildan beri pillaçilik böyiça boş mutaxassis – pillaçilik agronomi bölib işlab kelmoqda. Davlatimiz uning sohani rivojlantiriş böyiça köp yillik mehnatlarini munosib baholab "Şuhrat” medali bilan mukofotladi. U oltmiş tört yoşni töldirayotgan bölsa-da özining sevimli sohasini yanada rivojlantiriş yölida betinim mehnat qilib jon kuydirmoqda. Oilada esa ham ona, ham ota masʼuliyatini ado etmoqda. Uning uçun oliy baxt - doimo mehnat qilib farzandlari va nevaralari baxtini va kamolini körişdir.
Suratda: "Sodiq xizmatlari uçun" medali sohibi, serjant O.Erdoşev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶