Orzular ortidan – Janubiy Koreya sari
Bugungi yoşlarning orzulari ulkan, maqsadlari aniq. Ular orzular sari dadil intilmoqda, dunyoni zabt etiş yölida tinimsiz öqib izlanmoqda. Mavjuda ham ana şunday yoşlardan biri sanaladi. U hozirda Janubiy Koreyaning nufuzli Sejong universitetida iqtisodiyot yönalişida tahsil olmoqda.
Mavjuda özining bilimga çanqoqligi, tirişqoqligi va qatʼiyati bilan döstlari orasida ajralib turadi. Maktabda öqib yurgan paytlaridayoq matematika va ingliz tilini örganadi. IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topşirgani unga xorijda tahsil olişga imkon berdi.
Bugungi kunda u Janubiy Koreyadagi talabalar qatori bilim olib, öz ustida yanada köproq işlamoqda. Yangi muhit, yangi madaniyat va tilga tezda moslaşgan Mavjuda öz hayotini özi mustaqil boşqarişni örganmoqda. Bu esa unga yanada kuç, işonç va tajriba baxş etmoqda.
Albatta, bu yutuqlarning ortida faqatgina öz mehnati emas, balki mehribon oilasining doimiy yordami, işonçi va qöllab-quvvatlaş ham muhim örin tutadi. U har doim ota-onasining duosi va yordami bilan orzulari sari dadil intilmoqda.
Mavjuda kelajakda Janubiy Koreyadagi yirik va nufuzli korxonalardan birida faoliyat yuritişni niyat qilgan. U xalqaro tajriba orttirib, öz bilimi bilan nafaqat Özbekiston yoşlari hayotiga ham ijobiy özgarişlar olib kirişni istaydi.
U tengdoşlariga şunday maslahat beradi:
- Heç qaçon orzularingizdan voz keçmang. Oldingizga aniq maqsad qöying. Bilimga intiling, doim öz ustingizda işlang, til örganing. Til – bu imkoniyatlar kalitidir. Mehnat heç qaçon besamar ketmaydi.
Haqiqatan ham Mavjudaning hayoti – yoşlar uçun ibrat, orzular sari yöl esa faqat harakat bilan qisqaradi. Mavjuda – bugungi yoşlar uçun tirişqoqlik, bilimga intiliş va orzular sari dadil yurişning yorqin timsolidir. U öz mehnati, sabr-toqati va qatʼiyati bilan nafaqat şaxsiy yutuqlarga erişmoqda, balki öz tengdoşlariga ham namuna bölayotgan yoşlardan biridir.
Orzulari yölida intilgan inson yöl topadi, harakat qilgan inson esa maqsadiga erişadi. Şunday iqtidorli, orzulari ulkan va mehnatkaş yoşlar bor ekan, Özbekiston kelajagi porloq bölişiga şubha yoq.
Şahlo Yangiboyeva, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶