18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 11:54
Maqolalar 👁 1,090

Kechiktirilgan toʻy

Kechiktirilgan toʻy

(Xoh ishoning, xoh ishonmang)

Aytishlaricha, bir odam doʻkonga kirib juda koʻp narsa xarid qilibdi. Sotuvchi yigit esa bu mayda-chuydalarning hisobini chiqarolmay rosa boshi qotibdi. Bir necha marotaba choʻtning donalarini u yoqdan-bu yoqqa surib, hisobdan yanglishaverib, axiyri narxi chiqqanidan “varra”, deb yuboribdi.

Shunda haligi sodda xaridor:

– “Varrang”dan ham ber bir kilo, – dermish.

Bu gaplarda qanchalik haqiqat yoki hazil borligini bilmadim-u, ammo ancha yillar oldin xuddi shunga oʻxshash hodisa bizning qahramonimiz Tursunboyning ham boshidan oʻtgan. Nimalar boʻlganiga aniqlik kiritish uchun Tursunboy haqida qisqagina maʼlumot berib oʻtamiz.

Tursunboy oilada yolgʻiz farzand boʻlib oʻsdi. Oʻrta maktabni bitirgan yili ota-onasi koʻzimiz tirikligida orzu-havasimiz ushalsin, deb uylantirib qoʻyishdi. Sanamjon ham epli-uquvli, oilaga qayishadigan kelin boʻlib chiqdi.

Tursunboy oʻzi tugʻilib-oʻsgan qishloqda el qatori yashab, dehqonchilik qildi, chorvachilik bilan shugʻullandi, halol mehnati bilan bola-chaqasini boqdi. Oʻsha paytlardagi qonunga koʻra, oilada yolgʻiz farzand boʻlgani uchun harbiy xizmatga olinmadi. Taqdir hukmi – vaqti-soati yetib, ota-onasi birin-ketin bu yorugʻ olamni tark etishdi.

Tursunboyning gʻalati bir odati bor, bu ham boʻlsa, koʻpchilikdan oʻzini olib qochadi. Odamovi. Uning yurish-turishi shu darajada yashirinki, har bir odamga laqab qoʻyish odat boʻlgan bu qishloqda unga laqab ham topilmagan. Bu beozor yigit deyarli dunyo koʻrmay yashayverdi. Bir-ikki marotaba uzoq qarindoshlarining toʻy-maʼrakalari sabab boʻlib, qoʻshni tumanga borganini aytmasak, boshqa biror yoqqa qishloqdan qadam bosib chiqmadi hisob.

Xullas, ana shu Tursunboy oʻgʻlini uylantiradigan, toʻy qiladigan boʻlib qoldi. Hamqishloqlari hali-hanuz aytib-aytib, kulib eslaydigan ajabtovur hangoma ana shu toʻy arafasida sodir boʻldi.

Maʼlumki, toʻyga katta xarajat kerak. Tursunboyning uyi katta qishloqning bu tomonida boʻlsa, oziq-ovqat doʻkoni qishloqning narigi tomonida. Masofa ancha olis. Shu bois, Tursunboy toʻy xarajatini bir yoʻla olib kelish maqsadida Sobir traktorchini yolladi. Harbiy xizmatdan yaqinda qaytib kelgan oʻsha paytdagi yigitlarning odatlariga koʻra, oʻrni kelsa ham, kelmasa ham ruscha aralashtirib gapiradigan Sobir traktorchi kelishilgan paytda Tursunboyning eshigi oldida paydo boʻldi, Sobir oʻzining toʻpori hazillari bilan baʼzan odamlarni aldab, chuv tushirardi. Shu sababli uni “Sobir shayton” deb chaqirishardi.

Tursunboy doʻkondan yashik-yashik aroq, katta idishlarda yogʻ, qoplab un, guruch, kartoshka, piyoz, sabzi, qoʻying-ki, katta toʻy uchun nima zarur boʻlsa, barchasini xarid qildi. Traktor tirkamasi xarajatlarga liq toʻldi.

Koʻzlangan xarajatlar olib boʻlinganidan keyin sotuvchi yigit hisob-kitobni boshladi. U choʻtning donalarini u yoqdan-bu yoqqa surib hisoblab, onda-sonda koʻrsatkich barmogʻini peshonasiga tirab “mazgi”, deb qoʻyardi. Keyin hisob-kitobni yana boshidan boshlardi.

Avvaliga Tursunboy bu holatga eʼtibor bermay turdi. Bu hol qayta-qayta takrorlanaverganidan soʻng Sobirni bir chekkaga chaqirib, “mazgi” degani nima oʻzi, deb soʻradi soddalik bilan. Sobir bunga javoban, sotuvchi yigit: “miyam achib ketdi, esimdan chiqdi”, – deyapti, desa ham boʻlardi. Biroq odatiga koʻra shaytonligi tutib, Tursunboyga vaziyatni boshqacha tushuntirdi.

– Tursunboy aka, yaqinda “mazgi” degan qimmatbaho aroq chiqqan. Shu aroqdan juda boʻlmasa bir yashik olib, nozik mehmonlarning oldiga qoʻymasangiz, toʻyingizni hech kim toʻy demaydi. Bu yigit oʻsha aroqdan bir yashik oldi, deb qoʻshib hisoblayapti, ehtiyot boʻling, pand yeb qolmang.

Bundan keyingi hodisalar koʻz ochib-yumguncha shiddat bilan oʻtdi. Yuvoshgina koʻringan Tursunboy birdan sherga aylanib, sotuvchi yigitning yoqasidan boʻgʻib oldi.

– Otangni koʻrdik, enangni koʻrdik, yaxshi odamlar edi, – dedi iyagi qaltirab, – sen qayerdan chiqding, haromi. Meni jinni, deb oʻyladingmi? Borib qara, men “mazgi”dan bir shisha ham olganim yoʻq, mana, Sobir guvoh!

Sotuvchi yigit hech narsaga tushunmay hayron, Tursunboy esa quturgandan-quturib, bir qoʻli bilan sotuvchi yigitni boʻgʻib, boshqasi bilan urardi. Sobirning ularni ajratish uchun qilgan harakatlari zoye ketdi. Oxiri Tursunboy sotuvchi yigitning koʻylagining yoqasini yulib oldi. Sabr-bardoshi tugagan sotuvchi choʻt bilan Tursunboyning boshiga soldi.

Boshi yorilgan Tursunboyni “tez yordam” mashinasida kasalxonaga olib ketishdi. Xaridorni urgan sotuvchi yigitni esa masalaga oydinlik kiritish uchun militsionerlar kuzatuvida hibsxonaga joʻnatishdi. Hazil qilaman, deb qovun tushirgan Sobir shayton mulzam boʻlib, xarajat toʻla tirkamani doʻkon qorovuliga topshirib, uyiga qaytdi.

Toʻy oʻn besh kunga kechiktirildi. Toʻy kuni boshi doka bilan oʻralgan Tursunboy mehmonlarni kutib olarkan. Sobir shayton uning yoniga kelib:

– Toʻyga sotuvchi yigitni ham taklif qildingizmi? – deb soʻradi quvlik bilan.

Tursunboy Sobirga qarab biroz angrayib turdi, keyin koʻrsatkich barmogʻini peshonasiga tirab, sekingina “mazgi” deb qoʻydi.

Bu uning “miyam achib ketdi, esimdan chiqibdi”, degani boʻlsa kerak...

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026