18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 13:06
Maqolalar 👁 1,768

Koʻngildagi insho

Koʻngildagi insho

Sinfxona jim-jit. Oʻquvchilar “Ona – mehribon inson” mavzusida insho yozishmoqda. Oʻqituvchi bolalarga bir-bir razm solarkan, nigohi orqa partada oʻtirgan Sardorda toʻxtadi.

“Qiziq, –deb oʻyladi muallima ayol ichida. – Sardor bu mavzuda nima deb yozar ekan? Axir ... uning onasi yoʻq-ku!”

Muallima Sardorning shaxsiy hayotini yaxshi bilardi. Toʻgʻrisi, onasi bor, hayot, lekin u Sardorni goʻdak paytidayoq nomaʼlum sabablarga koʻra dadasiga tashlab ketib qolgan. Sardor dadasining qoʻlida tarbiyalanmoqda.

Nima qilganda ham ayol kishi emasmi, muallimaning Sardorga rahmi keldi: “shu mavzuda insho yozish unga ogʻir botmasmikan? Ona mehrini koʻrmagan boʻlsa? Dasturda shu mavzuda insho yozish bor ekan, nima qilaylik endi...”

Sardor oʻz xayollari bilan mashgʻul. Televizorda koʻrganlari, odamlardan eshitganlari, kitoblarda oʻqiganlarini jamlab, tasavvuridagi ona qiyofasini oq qogʻozga tushirmoqda: “Ona dunyodagi eng mehribon inson, – deb yozardi u. – Ona bizni dunyoga keltirgan, oq yuvib-oq tarab oʻstirgan. Doimo mehribon koʻzlari bilan boqadi bizga. Qornimizning toʻq, ust-boshimizning toza boʻlishi uchun qaygʻuradi. Ertalab maktabga kuzatib qoʻyadi, maktabdan kelsak, yaxshi keldingmi, bolam, deb kutib oladi. barchaga mehribonlik qil, yaxshi odam boʻl, deb oʻrgatadi...”

Sardor shu tarzda yozaverdi, yozaverdi...

Endi muallimaning koʻzi hech narsa yozmay, chuqur xayolga berilib oʻtirgan Dilshodga tushdi: “Oʻylanib oʻtirganiga qaraganda koʻp narsani yozsa kerak. Dilshodlarning oilasi ishbilarmon, tadbirkorlar oilasi. Savdo bilan shugʻullanishadi. Badavlat yashashadi. Dilshod onasining erkatoyi. Nimani xohlasa, shuni olib beradi. Qiziq, u onasi haqida nimalarni yozarkan?”

“– Onalarning hammasi ham mehribon emas, – deb oʻylaydi Dilshod, – mana, mening onam – nuqul tergagani-tergagan. Meni yaxshi koʻrmaydi. Kuni-kecha kompyuter oʻynashga boraman, pul bering, desam koyib tashladi. Uyda ikkita kompyutering bor, oʻshalarni oʻyna, emish. Boshqa bolalar bilan tortishib oʻynamasang, puling koʻpligini koʻrsatolmasang, oʻyinning qizigʻi qoladimi? Bolalarni uyga olib kelib kompyuter oʻynayman desam, buzilib qoladi, deb bermaydi. Qizgʻanchiq! Maktabga dadamning mashinasida hammaning havasini keltirib boraman desam, sinfdoshlaring bilan piyoda boraver, deb meni tushirib, oʻzi mashinaga oʻtirib, ketib qoladi. Qarab tursin hali, katta boʻlsam, “Kaptiva” olaman, men ham ularni mindirmayman. Dadamdan yashirincha pul soʻrasam, bermadi. U dadamni ham qoʻrqitib qoʻlga olgan. Shunday ayolni mehribon ona deb boʻladimi?..”

Bir haftadan keyin insholar natijasi eʼlon qilindi. Oʻquvchilarga yozgan insholariga yarasha baholar qoʻyildi.

Eng qizigʻi, Dilshod bu mavzuda hech narsa yozmagani maʼlum boʻldi. U oʻqituvchining savoliga: “nima yozishni bilmadim”, deb yerga qarab turaverdi.

Sardorning yozgan inshosi esa eng yuqori bahoga munosib deb topildi. Yoʻq, Sardor bu inshoni yozmadi. U, mening onam boʻlsa, mana shunday ayol boʻladi, deb goʻdakligidanoq mudom koʻnglida tugib yurgan buyuk orzusini oq qogʻozga tushirdi, xolos. Bu koʻngilda allaqachon tayyor boʻlgan insho edi.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026