24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:28
Jamiyat 👁 699

Olis Ukrainaning qishloqlaridan Mangʻitgacha: urushdan jabr chekkan oila qismati

Olis Ukrainaning qishloqlaridan Mangʻitgacha: urushdan jabr chekkan oila qismati

Buvim Mariya Zaxarovna Kuxarskaya 1925-yilda Ukrainaning Krasilovskiy tumani Yavorovtsi qishlogʻida  oddiy ishchilar oilasida tugʻilgan.  Onasi Anna uy yumushi bilan, uchta qizalogi – Mariya, Nadya va Ninalarning tarbiyasi bilan mashgʻul edi. Otasi Zaxariy esa shakar zavodida bosh injener boʻlib ishlardi.

1942-yil iyun oyida bu hudud fashistlar tomonidan bosib olinib, urush tufayli qishloqdagi hamma yosh yigit va qizlar surgun qilingan, shu payti buvim hali 17 yoshga ham toʻlmagan qiz edi. Hammani vagonlarga xuddi qoʻy kabi qamab, Germaniyaga surgun qilishgan. Mening buvijonim shu payti Bavariyadagi Xyundstefan oblastiga qullikga mahkum qilingan edi.

Vagondan tushgach, asir va asiralarni qayergadir guruh-gurh qilib boʻlishgan. Taqdir taqozosi bilan u Gershpek Anders va Anna ismli nemis oilasiga tushib qoldi. Buvimning yangi xoʻjayini ham 1917-yildagi urushda Xorvatiyada  asirga tushib, qul boʻlgan ekan. Shuning uchun u boshqalardan farqli ravishda qoʻl ostidagilarga muloyim va gʻamxoʻr edi.

Buvim yoshligidanoq juda chaqqon va epchil boʻlgan. Gektar-gektar maydon yerlarni ekkan, samon-oʻtlarni gʻaramlab, kartoshka va boshqa ekinlar yigʻim-terimida qatnashgan.

Epchil va chaqqon boʻlganligi sababli xoʻjayinning xotini uni yoqtirmagan va azob berishga uringan. Lekin, xujayin va uning katta oʻgʻli uni qoʻllab-quvvatlashgan, qoʻshni qishloqlarga qullikka tushgan hamkishloq dugonalarini koʻrish uchun imkoniyat berishgan.

Xoʻjayini buvimni “Maydl” deb chaqirishgan. Unga rahm qilib, qoʻliga ruchka va qogʻoz berib, uyiga tirikligi haqida xat yozishga ruxsat bergan.

Buvimni chaqqon va epchilligi uchun uni xoʻjayinining shahridagi ogʻaynilari ham yoqtirishar edi. Ular shahardan eski kiyimlarni olib sotish bilan shugʻullanishganligi sababli unga baʼzan bir-ikkita ustki kiymlarni ham berishgan ekan.

Nemislar oʻzaro bazm va zifatlar uyushtirgan paytlari buvim ularga xizmat qilib yurib, ona Vatanida nima boʻlayotgani, yurtdoshlarining taqdiri qanday kechayotganini eshitar edi.

Uch yarim yil deganda urushda fashistlar yengilib, AQSh, Frantsiya, Buyuk Britaniya va sobiq SSSP ittifoqchiligidagi qoʻshin Germaniyani ham qoʻlga kiritadi. Bir necha yillik qullikdan keyin buvim ham boshqa tirik qolgan qishloqdoshlari qatori ozod boʻlgan.

Buvim urushdan keyingi tiklanish yillarida asli samarqandlik boʻlgan oʻzbek yigiti bobom – Joʻra Poʻlatov bilan tanishib, unga turmushga chaqadi. Urush tugagan boʻlsa ham, xalq xoʻjaligining deyarli barcha sohalari izdan chiqqan, xalq tun-u kun mehnat qilardi. Yosh er-xotin bir necha yillar Bokuda yashab, fidoyilik bilan ishlab, mehnat qilishadi. Keyinchalik bobom va buvim Samarqandga, undan esa xizmat vazifasi taqazosiga koʻra Toshkent viloyatiga koʻchib kelishadi.

1960-yilda qizi ularning qizi – mening onam Natalya tugʻiladi. U 1981-yilda mangʻitlik yigit – dadam Chorsham Tojimurodovga turmushga chiqadi.

Har gal onam menga bobom va buvimning urush yillarida boshidan kechirganlari haqida soʻzlaganda tinchlikning, mustaqillikning qadri qanchalik ulugʻ ekanini his qilaman.

N.Tajimuratova, 38 maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026