FAYZLI XONADON
Yurtboşimiz taşabbusi bilan joriy yilning "Obod turmuş” yili deb eʼlon qilinişi munosabati bilan tumanimiz qişloqlari, barça mahallalarimizda ham uy oldi tomorqa yerlarining unumdorligi oşirilib, xonadonlar obodligi uçun xizmat qilmoqda.
Xususan, tumanning "Bosuv” mahallasi hududida yaşovçi Öğiljon momo Rahimovalar oilasi ana şunday halol mehnatlar evaziga fayzga ega bölgan ibratli xonadonlardan biridir. Farzand tarbiyasiga nihoyatda eʼtiborli bölib yondoşgan Öğiljon momo turmuş örtoği rahmatli Qozoq bobo bilan birgalikda 5 ta öğil va 5 ta qizni voyaga yetkazdi. Ularni mehnatsevar, öz işiga puxta, birovdan yordamini ayamaydigan qilib katta qildi.
Hozir ularning katta öğli Fayzulla Buyuk ipak yöli qurilişida mehnat qilmoqda. Saʼdulla tadbirkor, Zarifboy quruvçi, Muzaffar dehqonçilik bilan şuğullanadi, kiçik öğli Raşid Toşkent Tibbiyot oliygohi Nukus filialida prorektor, rafiqasi ham şu filial öqituvçisi. Qizlarining biri öqituvçi, yana biri şifokor bölib faoliyat körsatmoqda. Ularning oilasida har kim işdan böş vaqtlarida erta bahordan to qişgaça tomorqa yerida köpgina poliz ekinlarini yetiştirib, oilaning moddiy ahvolini taʼminlabgina qöymasdan, mahalliy aholi dasturxoni tökinligiga ham hissa qöşmoqdalar. Bundan taşqari, parrandaçilik bilan ham şuğullanişadi. Uşbu tomorqaga kirsangiz, göyo quşdek yengil his qilasiz özingizni. Boisi, tört tomoni boğ-roğ, mevali daraxtlar, poliz ekinlaridan iborat tomorqadan toza havo-dala nafasi ufuradi.
Tomorqasida asosan kartoşka, pomidor, karam, bodring, piyoz kabi poliz mahsulotlari yetiştiriladi.
Mevali daraxtlardan esa örik judayam köp. Örikning har xil navlari mavjud bölib, mevalari möl.
Xonadon sohiblari özlaridan ortgan meva-poliz mahsulotlarini bozorga sotuvga çiqarib, daromadlari evaziga har öğil öziga hovli solib, maşina, uy-joyga ega bölişgan.
Öğillarini, qizlarini uy-joyli qilib, ayni kunda haqiqiy obod turmuş egasi sifatida el-yurtda obrö-eʼtiborga ega Öğiljon momo keksaydim, deb qöl qovuştirib ötirmaydi. Har işda farzandlariga maslahatgöy, kömakdoş. Oilada öziga loyiq işlarni qilib ketaveradi.
- Hayot - harakat, degani. Tirik jon qarab ötirmasligi kerak. Bolalarimga ozgina kömagim tegsa ham harna, - deydi Öğiljon momo kulib. 75 yoşdan oşgan hamon tetik va bardam momoga bolalaringizning rohatini körib yanada uzoq yaşang, deya tilak bildirdik.
Aziza MADRAHIMOVA,
Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶