“Men aytmoqçi bölgan qöşiqlar” kitobi taqdimoti
Xudoybergan Jumamurodovning nomi tumanimiz adabiyot ixlosmandlariga yaxşi taniş. Uning turli yillarda tuman ommaviy axborot vositalarida yoritilgan şeʼrlari, maqolalari mazmunli va ixçam ifoda etilganligi bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Özining butun hayotini yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga va ijodga baxş etgan ijodkor öqituvçi hozir keksalik nafaqasida bölişiga qaramay, ijoddan töxtagani yöq. Adabiyot ixlosmandlariga yangi şeʼrlarini tuhfa qiliş barobarida turli yillarda yozgan şeʼrlarini jamlab kitob holida naşr qildirdi. Kitobni “Men aytmoqçi bölgan qöşiqlar” deb nomladi.
Yaqinda özi mehnat qilgan 12-sonli maktabda mazkur kitobning taqdimot marosimi ötkazildi.
Maktab maʼmuriyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida taşkil etilgan tadbirda Özbekiston MTDP tuman Kengaşi raisi Ş.Yangiboyeva, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi boşliği M.Safarboyev, tuman madaniyat bölimi xodimi Oybek Begimovlar qatnaşdilar.
Tadbirda maktab diretori M.Qutlimurodov, öqituvçilar R.Böronova, M.Safarboyevalar özlarining kitobdan olgan taassurotlari haqida, kitobning badiiy qimmati haqida gapirdilar.
Maktab öquvçilari “Men aytmoqçi bölgan qöşiqlar” kitobidan şeʼrlarni ifodali öqidilar.
Tadbir badiiy kitob tarğibotiga xizmat qilişi bilan juda ahamiyatli böldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶