Harbiylar va yoşlar iştirokida «Yurt qayğusida 365 kun» kitobi taqdimoti ötkazildi
Mamlakatimizda yoş avlodning maʼnaviy yetukligi, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini yuksaltiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sanaladi. Xususan, bu boradagi ezgu taşabbuslar nafaqat taʼlim muassasalarida, balki harbiy qismlar va huquq-tartibot idoralari tizimida ham keng quloç yoymoqda. Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli Amudaryo tumanida joylaşgan harbiy qism harbiy xizmatçilari hamda yoşlar iştirokida tuman axborot-kutubxona markazida ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham şular jumlasidandir. Uşbu kitobxonlik soati oddiygina uçraşuv emas, balki harbiy xizmatçilar va ösib kelayotgan yoş avlod örtasidagi öziga xos maʼnaviy köprik vazifasini ötadi. Tadbirning asosiy maqsadi yoş askarlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularning intellektual salohiyatini oşiriş va mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirişdan iborat böldi.
Bu galgi maʼrifat soati Prezidentimizning ötgan yil davomidagi faoliyatiga oid "Yurt qayğusida 365 kun" nomli asarining keng jamoatçilikka, xususan, harbiylarga taqdimotiga bağişlandi. Mazkur kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan teran fikrlar va hayotiy xulosalar iştirokçilar tomonidan katta qiziqiş bilan kutib olindi.
Tadbir davomida yiğilganlarga mutaxassislar tomonidan asardagi bunyodkorlik ğoyalari, taraqqiyotning maşaqqatli, ammo şarafli yöllari haqida atrofliça maʼlumotlar berildi. Uşbu ğoyalar Vatan sarhadlarini qöriqlayotgan, xalq osoyiştaligini taʼminlaşni öz hayotining boş maqsadi deb bilgan harbiy xizmatçilarimiz çinakam maʼnaviy va ruhi ozuqa böldi, desak mubolağa bölmaydi. Ayniqsa, muddatli harbiy xizmatni ötayotgan yoş yigitlar asarda yoritilgan ezgu maqsadlarni, yurt qayğusi va quvonçini özida mujassam etgan sahifalar bayonini katta eʼtibor va hayajon bilan tingladilar.
Oçiq va samimiy ruhda ötgan muloqot jarayonida askarlar özlarini qiziqtirgan barça savollarga soha mutaxassislari va ziyolilardan aniq hamda asosli javoblar oldilar.
Uçraşuvning rasmiy qismidan söng, tadbir çinakam mutolaa bayramiga ulanib ketdi. Harbiy xizmatçilar va yoşlar tuman axborot-kutubxona markazining boy fondi, bu maskanda saqlanayotgan turli yönalişlardagi, jumladan, tarixiy, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanişdilar. Har bir askar özining şaxsiy qiziqişlari va dunyoqaraşidan kelib çiqqan holda sara asarlarni tanlab, mutolaa qiliş imkoniyatiga ega böldi.
Kutubxonaning şinam öquv zallarida kitob mutolaa qilayotgan harbiy libosdagi yigitlarning körinişi har qanday kişida havas uyğotadi. Çunki jismonan baquvvat, jangovar şayligi yuqori bölgan askarning maʼnan ham yetuk bölişi uning yengilmasligidan dalolat beradi. Bundan taşqari, axborot-kutubxona markazi tomonidan yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar yoşlarga öz ustida işlaş va bilimlarini mustahkamlaş uçun keng maydon yaratib berdi.
Xulosa örnida şuni taʼkidlaş joizki, mazkur maʼrifiy tadbir nafaqat kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga, balki yoşlarning intellektual salohiyatini beqiyos darajada boyitişga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu kabi uçraşuvlar ösib kelayotgan avlodni Vatanga çeksiz sadoqat, fidoyilik va yuksak maʼnaviyat ruhida kamolga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, aynan şunday ezgu va davomli taşabbuslar ertamiz egalari bölgan mard öğlonlarning yurt ravnaqi, uning tinçligi va kelajagi yölidagi masʼuliyatini yanada oşirişi şubhasizdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶