18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 01:14
Jamiyat 👁 2,115

Oila qadriyatlariga amal qilish – jamiyatni yuksaltiradi

Oila qadriyatlariga amal qilish – jamiyatni yuksaltiradi

Oila – nihoyatda koʻnglimizga yaqin, har birimiz uchun muqaddas qadriyatlar, anʼanalar maskani. Biz qayerda boʻlmaylik, har doim ana shu qutlugʻ makon bagʻriga oshiqib turamiz. Bilamiz, ana shu makon bizning hovurimizni oladi, shu makon bagʻridagina oʻzimizni erkin his etamiz, koʻnglimiz taskin topadi. Shuning uchun ham oilamiz shaʼni, obroʻsi, sirlari biz uchun aziz. Bu muqaddas qoʻrgʻonning mustahkamligini saqlash xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bobomeros qadriyat. Bu taomilni avloddan-avlodga olib oʻtib, izchil targʻib qilish mustaqillik yillarida davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Tuman FHDYo boʻlimi mudirasi Sanobar Xolboyevaning muxbirimizning oila mustahkamligini taʼminlash borasidagi savollariga bergan javoblarida ham oila qadriyati, asriy anʼanalarga munosabat masalalariga alohida urgʻu berilgan.

– Sanobarxon, oilani mustahkamlash, yoshlarni turmushga tayyorlash boʻyicha joylarda qilinayotgan ishlarning koʻpchiligi rasmiyatchilikday boʻlib tuyuladi, siz qanday fikrdasiz?

– Yashirishning hojati yoʻq, koʻpchilik hollarda shunday. Bu masʼul tashkilotlarning oʻzaro munosabatlari, toʻgʻrisi, mustahkam emasligidan. Ularning faoliyatlari oʻzaro muvofiqlashtirilmagan. Mahallalarda, oʻquv muassasalarida oila mustahkamligi mavzusiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etganimda bunga koʻp marta guvoh boʻlaman. Yoshlar ongida oila qadriyatlari, muqaddas anʼanalarimiz, oilaviy munosabatlar, ayniqsa, yosh er-xotinning odob-axloq masalalari, oʻzbek oilasi tutumlari kabi mezonlarni shakllantirishdagi loqaydligimiz oqibatida koʻpchilik oilalarda arzigulik sabablarsiz ajralish holatlari kelib chiqayotir.

– Jamiyatimizda oila mustahkamligi bilan shugʻullanadigan asosiy institut – mahalla hisoblanadi. Lekin koʻpchilik mahallalarda bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻyilmayaptimi?

– Toʻgʻri aytasiz. Aynan yuqoridagi savolingizning ham, bu savolingizning ham javobini mahalladan izlab koʻrsak, toʻgʻriroq boʻladi. Sababi, har bir oila mahallada istiqomat qiladi. Bu oila hayoti qanday kechayotir, tinchmi, notinchmi? Mahalla masʼullari buni juda yaxshi bilishadi. Lekin bilish bilan ish bitmaydi, oila hayotiga oid muammolar yechimi bilan shugʻullanish, agar koʻngilsiz holatlar boʻlsa, mahallada faoliyat olib boruvchi “Qaynonalar maktabi”, “Yarashtirish komissiyasi”, “Ota-onalar universiteti” kabi jamoatchilik tuzilmalari bilan birgalikda uni bartaraf etish lozim boʻladi. Lekin nikohlanuvchi yoshlar orasida shunday holatlarga duch kelamizki, kelin-kuyov juda yaqin bir chiziqda tutashgan qarindoshlar, hatto salomatligi nikohlanish uchun toʻgʻri kelmaydigan, baʼzan esa telefon yoki internet tarmogʻi orqali tanishgan yoshlar boʻlib chiqadi. Axir turmush qurish oila borasidagi huquqlarni qoʻlga kiritishdangina iborat emasda. Oila qurish – jamiyat oldidagi burch va majburiyatlarni ham zimmaga olish degani. Huquq va burch masʼuliyati unutilgan joyda hayot izdan chiqadi. Burch va masʼuliyat boʻlmagan oilada umumiy intizom yoʻqoladi, har kishi oʻzining bilganini qilib yuraveradi. Mana, oila mustahkamligiga putur yetkazadigan unsur ham shu – masʼuliyat va burchning yoʻqolishi.

Bir voqeani aytib beray: tumanning u chetida yashovchi bir yigit bu chekkasidagi yashovchi qiz bilan oʻzaro tanishib, oʻzlari yetaklashib FHDYo boʻlimiga kelishdi. Ikkala quda taraf ham: “yoshlar oʻzlari topishibdi, rozi boʻlmay qayerga ham boramiz?” – qabilida toʻy taraddudini boshlashdi. Bu jarayonga na qoʻni-qoʻshnilar, na mahalla-koʻy aralashdi. Qiz uzatgan oilani ham, oʻgʻil uylantirayotganni ham hammadan koʻproq biladigan avvalo, mahalla raisi, maslahatchi, qoʻni-qoʻshni emasmidi? Hech kim yigitning ham, qizning ham kamchiligini aytgisi kelmadi. “Ezgu ishning yoʻlini toʻsmayin”, – deya biladigan haqiqatlarini yashirishdi. Vaholanki, yigit giyohvand ekan...

Toʻylaridan ikki oy oʻtib-oʻtmay, eri xumori tutganida xotinini kaltaklayvergach, kelin chiday olmay, ota-onasinikiga ketib qoldi. Ota-onasinikida farzandli boʻldi. Qizi maktabga chiqqanida ikkinchi turmush qurdi. Ikkinchi turmushidan ham bir nafar farzandi bor. Qiz ikkinchi turmushidan rozi, koʻngli toʻq, lekin baribir, u hayotda azob tortdi, ezildi, familiyalari boshqa-boshqa farzandlarning onasi boʻldi. “Bolalarimning familiyalari boshqaligidan hech koʻnglim toʻlmaydi”, - deydi u.

Endi qarangda, shu ayol birinchi turmush qurayotganida bu nikohni toʻxtatib qolish mumkin emasmidi? Nega mahalla masʼullari, yoshlarni nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtkazuvchi shifokorlar bu nikoh maqbul emasligini aytishdan oʻzlarini toʻxtatib turdilar? Qani endi ayting, bu nikohga kirishilayotgan paytda “ezgu ishni buzgim kelmadi”, qabilida ish tutganlarning xatti-harakatlari masʼuliyatsizlikmi, burchni unutishmi? Albatta, har ikkisi ham!

– Oila qurishga oshiqayotgan yoshlarga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?

– Jaloliddin Pumiyda shunday bir hikmat bor:

“Yenglar, ichinglar”ni quloqqa ildi.

“Isrof etmangiz”ni faromush qildi.

Nazarimda ushbu misralarda biz insonlarning toʻliq qiyofamiz aks etib turibdi. Oila – faqatgina huzur-halovat maskani emas, balki inson zimmasidagi juda katta masʼuliyat va burch hamdir. Oilada tinchlik, xotirjamlik, tartib-intizom masʼuliyatini unutish ham – isrofdir. Shuning uchun ham isrofki, bu qoidalar unutilgan joydan baraka qochadi, mehr-oqibat yuz oʻgiradi. Mehr-oqibat suvidan ichmagan, qutbaraka fayzidan bahramand boʻlmagan farzand jamiyatning bir ogʻriq tomiridir. Bu – jamiyat uchun isrofdir.

Demak, oilalarimiz bagʻri obod, barakali, fayzli boʻlmogʻi uchun yoshlarimiz turmush qurishlaridan avval bobomeros oila qadriyatlarini chuqur anglasinlar, deyman. Oila anʼanalari – muqaddas qadriyat. Hatto uning sirlarini asrab, tutumlariga amal qilib yashash – jamiyatimizda oila qoʻrgʻonini nafaqat mustahkamlaydi, balki millat oriyatini, obroʻsi va shaʼnini yuksaltiradi.

– Sermazmun suhbatingiz uchun katta rahmat!

– Salomat boʻling.

Suhbatdosh

Pobiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026