12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:04
👁 6,878

HAR MANZILDA HURLIK NAFASI

HAR MANZILDA HURLIK NAFASI

Mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi oldidan

Dörman ovuli:

Dörman! Tumanimizning yil sayin ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişida öziga xos örni bor, zahmatkaş va omilkor insonlar yurti. Barça jabhalarda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasidan keyingi yillarda ovul hayoti özgaça çiroy kasb etdi, turmuş farovonligi oşdi. Bir tomoni Turkmaniston davlati bilan çegaradoş, qolaversa, Xorazm viloyatiga yaqin hudud bölgan bu makon aholisi boşqa ovullardan farqli, köpmillatli. Xususan, özbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, rus, tatar kabi turli millat vakillari ahil-inoq yaşaşmoqda, mustaqillikni mustahkamlaş, öz yurtini köz qoraçiğidek asrab, yanada ravnaq toptiriş yölida bir  jon-u bir tan bölib mehnat qilişmoqda, öz turmuşini kun sayin öz  qöllari bilan obod qilişmoqda.

Ovulda bugungi kunda 16 ta fermer xöjaliklari, 28 ta maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, 13 ta şoli, un xorozlari, 26 ta xususiy dökonlar, 2 ta göşt dökonlari, 4 ta FAP, 1 ta qişloq vraçlik punkti, 1 ta kasb-hunar kolleji, 4 ta umumtaʼlim maktablari faoliyat yuritmoqda.

 

Yuksaliş – mehnat mevasi

Har qanday taraqqiyot ezgu maqsadlar yölida qilingan mehnatlar samarasidir. Ovulda öz oilasining obod, farovonligini taʼminlab, yurtdoşlariga ham qayişayotgan tadbirkorlar köp.

Yakka tadbirkor Raʼno Vafoyeva xususiy dökon oçib, kundalik ehtiyoj mollari bilan savdo qila boşlaganida qisqa vaqtda dökon  peştaxtalarini bunçalik töldirib taşlay olarman, deb öylamagan ham bölsa, ehtimol? U har bir işni puxta olib borişga intildi, hisob-kitobni qatʼiy   yurgizdi va olayotgan daromadi hisobiga aholiga kerakli mollarning turini köpaytirdi. Dökon binosining kiçkina bir xonasida tikuvçilik tsexi taşkil etdi. Qizi Nafisa Ollaberganovani elita pardalari tikiş çevariga şogirdlikka berib, hunarli qildi va qarindoşi Omongul Yöldoşeva ikkoviga ikkita tikuv maşinasi sotib olib berib, işga qöşdi.

Bugun Nafisa va Omongullar tikkan nafis va bejirim, zamonaviy andozalardagi pardalar hammaga manzur bölayotgani bois buyurtmalarning izi uzilmaydi.

 Ovul körkiga-körk

qöşib turgan ikki qavatli mahobatli, atrofi did bilan ekilgan gullar, manzarali, mevali daraxtlar bilan yanada özgaça nafosat kasb etib turgan ulkan bino – Dörman  qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji ovul yoşlarining turli  kasb-hunar sirlarini mukammal egallaşida muhim omil bölmoqda.

Kasb-hunar taʼlimi maskani 2003-2004 öquv yilida foydalanişga topşirilgan bölib, 720 öquvçi öringa möljallangan. Taʼlim-tarbiya olib, kasb-hunar sirlarini mukammal egallayotgan 1202 nafar öquvçilarning 387 nafari kollejni joriy yilda 11 ta yönaliş böyiça bitirib, mustaqil hayotga uçirma böldilar. Ularning 149 nafari oliy öquv yurtlariga kiriş uçun test sinovlari topşirgan bölsalar, qolganlari öz ixtisosliklari böyiça işga joylaşdilar.

2013-2014 öquv yili uçun 8 ta yönalişda 420 nafar öquvçilar qabul qiliş rejalaştirilgan bölib, bu jarayon davom etmoqda. Kollejda fan xonalari, öquv-tajriba laboratoriyalari, sport zali mavjud bölib, öquvçilarning bugungi kun talabiga mos taʼlim-tarbiya olib, kasb-hunar sirlarini mukammal egallaşlariga xizmat qilmoqda. Şuningdek öquv-tajriba uçastkasida öquvçilar olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaydilar.

Tajriba uçastkasidagi barça işlarni ustozlari nazoratida öquvçilarning özlari olib boradilar. Qişloq xöjalik texnikalarining işlaş jarayoni bilan tanişadilar.

18 nafar işlab çiqariş taʼlimi ustalari, 50 nafar oliy maʼlumotli ustoz-öqituvçilarning öquvçi-yoşlarni ilmli, zukko, intiluvçan va malakali kasb-hunar egasi qilib tarbiyalaşdek ezgu maqsadlar yölidagi mehnatlari öz natijasini berayotir. Kollej bitiruvçilari orasidan oliy öquv yurtlarida öqiyotganlari, hunari orqasidan obrö-eʼtibor topayotganlari ham köpçilik. Ötgan yili kollej öquvçilarining "Şunqorlar” guruhi Urgançda bölib ötgan Respublika "Yoş çegaraçilar” harbiy sport musobaqasida qatnaşib, bellaşuvning 12 ta medalini yengib olişga muvaffaq böldi.

Şuningdek harbiy taʼlim fani öqituvçisi Otamurod Yusupov 2012-yilda öquvçilarni çaqiriqqaça tayyorlaş böyiça mamlakatimiz miqyosida ötkazilgan tanlovda uçinçi darajali diplom bilan taqdirlandi.

- Bu kollejimizdagi barça öqituvçilarimizni, işlab çiqariş taʼlimi ustalarini öz kasbiga yanada masʼuliyat bilan yondoşişga, sidqidildan mehnat qilişga çorladi, - deydi kasb-hunar taʼlimi maskani direktori muovini Gulçehra Jumatova.

 "Oq oltin” ovuli

Imkon topib

Izlagan imkon topar, izlamagan bahona. Bu iboraning naqadar haqliligiga çor-atrofimizga qarab hammamiz qayta-qayta iqror bölamiz. Işbilarmon, tadbirkor kişilarning yurtimiz farovonligi yölidagi faoliyatiga havas qilamiz.

Jumurtovdagi sanoat korxonalaridan birida işlaydigan oq oltinlik Bahrom Yangiboyevning oilasi keyingi yillarda biroz iqtisodiy noçorlikni boşidan keçirdi. Bolalar ulğaysa, taşvişlari ham ulğayarkan-da, korxona berayotgan maoş bariga kamlik qildi. Er-xotin ikkovi ötirib bu masalani hal qiliş yöllarini izlaşdi, axiyri tadbirkorlik faoliyatini boşlaşga qaror qilişdi. Uylariga şoli, un xorozlari qurib ham ovuldoşlarining kuniga yaraşdi, ham oilasini noçorlikdan qutqarişdi. Ötgan yili Bahrom tadbirkorlik faoliyatini yana kengaytirib, uvada paxtalarni tozalaş tsexini ham qurib, işga tuşirdi.

Bu işlarni amalga oşirişda unga turmuş örtoği Muhabbat Yusupova, öğli Zokirlar yaqindan yordam berişmoqda.

 

"Tölqin” ovuli:

Tobora rivojlanib, faoliyat turi kengayib borayotgan fermer xöjaliklari haqida gap ketganda, "Tölqin” ovulidagi aka-uka fermerlar – Şuhrat, Qudrat, Islom Matkarimovlar tilga olinişi bejiz emas.

Şuhrat Matkarimov çorvaçilikka ixtisoslaşgan "Tölqinli Ismoil çorvador”, Qudrat köptarmoqli "Amudaryo sohili” Islom esa yangi soha – baliqçilikka ixtisoslaşgan "Amu tölqini baliği” fermer xöjaliklarini taşkil etişganiga hali köp bölmasa-da faoliyati köplar örnak olsa, arzigulik.

Aka-ukalarning tinmay izlanib, örganib, intilib fermer xöjaligini ravnaq toptiriş yölida qilayotgan mehnatlari bejiz ketmayapti.

Ular mamlakatimizda fermerlik faoliyatining rivojlanişi uçun agrar sohada amalga oşirilayotgan islohotlar, qişloq mulkdorlariga qaratilayotgan eʼtibordan unumli foydalaniş evaziga köpgina yutuqlarga erişmoqdalar.

"Tölqinli Ismoil çorvador” fermer xöjaligi taşkil etilgan 2009-yilda 67 boş qoramoli bölgan bölsa, bugungi kunda 120 boşdan oşdi. Asosan bördoqi mollarni parvarişlaş uçun ixtisoslaşgan xöjalikda yetiştirilgan mahsulot tuman markazidagi öz maxsus savdo dökonida sotilmoqda. Bularni amalga oşirişda ovulning beş nafar yigiti doimiy iş bilan taʼminlangan. "Amudaryo sohili” fermer xöjaligi ham ötgan yilni barça sohalarda foyda bilan yakunladi. Yangi soha – baliqçilikka ixtisoslaşgan "Amu tölqini baliği”, fermer xöjaligida ikkita inkubatsiya tsexi işga tuşirilib, ötgan yili 100 ming dona, joriy yilda 200 ming dona bir yillik baliq çavoqlari yetiştirildi va tuman hududidagi 67 ta fermer xöjaliklariga şartnoma asosida yetkazib berildi. 5 gektarlik hovuzda mahalliy baliq turlari parvariş qilinmoqda va şu yilning kuzida baliq ovlaş boşlanadi.

Mazkur xöjaliklarda ovulning 70 nafardan ziyod yigit-qizlari iş bilan taʼminlangan.

 Tajriba va ilm mujassam bölsa...

Ilgarilari dehqonçilikda pişiqçilik degan davr bölar edi. Hozir bozorlarimizda yilning istalgan davrida istalgan  poliz mahsulotlarini, sabzavotlarni, mevalarni xarid qiliş mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni ana şunday darajaga yetkazdi.

Oramizda şunday insonlar borki, dehqonçilikda ham ilmi, ham omilkorligi, tajribasi tufayli yuqori hosil olişda köplar örnak olsa, arziydi.

Tölqinlik asli kasbi öqituvçi Pölat Abdurahmonov ana şundaylarning biri. Intiluvçan yigit ovulda birinçilardan bölib un, şoli xorozlarini  qurib, işga tuşirdi. Oilasi  tomorqasida turli meva, sabzavotlar yetiştiriş bilan çegaralanmay, 1 gektar ijara yeri, 35 sotixlik dehqon xöjaligi yeridan ham unumli foydalanayapti.

Bu yil köklamda u dehqon xöjaligi ijara yerida 300 tup olma, 300 tup anor köçati ekdi va durkun rivojlanişiga erişmoqda. 150 tupdan ziyod nok, olma daraxtlari mevasidan odamning zavqi keladi.

Mevali, manzarali daraxtlar tupidan bir-ikki qariç yuqorisidan şol mato bilan belboğsimon qilib öralganini körib hayratlandik.

- Bu tekinxör kuşandalarga tuzoq, - deydi dehqon yigit kulib. – Bilasizmi, ular kunning eng issiq vaqtida daraxt tagiga tuşib soya tuproqda jon saqlaşadi, keçqurun yana oziqlangani daraxtga tirmaşadi. Şunday vaqtda bu "belboğ” ularga tuzoq böladi. Şuning uçun daraxtlarimga boşqalarga öxşab qayta-qayta dori sepavermayman-u lekin mevalarimizga qurt kamdan-kam tuşadi.

- Uning har bir otiziga qarab hayratlanmay, "barakalla”, demay ilojingiz yöq. Olma, anor köçatlari orasida sarxil qovunlar pişib turgan bölsa, olmazor oralariliğidagi buğdoy örniga sabzi ekilibdi. Otiz çetlarida boğloğlik turgan zotdor mollar ham oila aʼzolarining mehnatini köz-köz qilib turibdi.

Bu işlarda oila bekasi Zulfiya, farzandlari Sabohat, Muhabbat, Furqat, Doniyorlar doim Pölatga kömakdoş. Öz turmuşini öz mehnatlari bilan ziynatlagan oila turmuşi köplarga ibrat bölgulik.

  Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026