Oq oltin ovuli dalalarida qut-baraka nafasi ufurmoqda
Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli özining yam-yaşil tabiati, keng va serhosil dalalari, sermeva boğlari, mehnatkaş xalqi hamda gözal manzaralari bilan bir bor mehmon bölgan inson qalbida umrbod ajoyib xotira bölib qoladi. Amudaryo sohilidan esib turuvçi mayin, salqin şabada tabiatning xuşböy ifori bilan dimoğingizga xuş yoqadi, tanangizga kuç-ğayrat, tetiklik bağişlaydi. Öpkangizni töldirib, toza havodan nafas olasiz. Jumurtov va Qoratov qir-tepaliklari bir qadam masofada, xuddi qarşingizda turganday tuyiladi.
Kun yorişib, quyoş osmonga boş qöymasidan oldin, mirişkor dehqonlar va tadbirkor fermerlar özlarining qadrdon dalalari tomon oşiqadi. Şu bois, Amudaryo tumanida yetiştiriladigan qişloq xöjaligi mahsulotlari, ayniqsa paxta va ğallaning ilk hosil karvoni bayrami aynan Oq oltin zaminidan boşlanişi bejiz emas. Ovul odamlari uçun qişloq xöjaligi tirikçilik manbai böliş bilan birga turmuş tarzi, hayot falsafasiga aylangan.
Dastlab Amudaryo tumanida joriy yil paxta va ğalla yetiştiriş böyiça qilinayotgan işlarga eʼtibor qaratsak: joriy yilda “Eco teks” MÇJ paxtaçilik klasteri bilan tumandagi 348 ta fermer xöjaliklari 13 ming gektar yer maydonida paxta yetiştiriş böyiça kontraktatsiya şartnomalari imzolaşgan. Erta bahorda ekilgan çigit ayni kunlarda bir tekis unib, baravj rivojlanmoqda. Paxta maydonlarida tuproqni çuqur yumşatiş, öğitlaş kabi agrotexnik tadbirlar öz vaqtida amalga oşirilmoqda. Har gektardan örtaça 44 tsentner yuqori sifatli paxta hosilini oliş va umumiy hosil xirmonini 57 ming 220 tonnaga yetkaziş közda tutilgan.
Ayni paytda paxta maydonlarida iş qizğin tus olgan. Ğöza qator oralariga dastlabki işlov beriş, oziqlantiriş, ğözani yaganalaş kabi agrotexnik tadbirlar sifatli amalga oşirilmoqda. Keng dala uzra esayotgan mayin şamol daryo va toğ havosini ufuradi. Uzoqda qator-qator teraklar saf tortgan, yanada olisda esa toğlar közga taşlanadi. Musaffo osmon, ona zamin va inson mehnati uyğunlaşgan bu gözal manzara qalblarga şukronalik va ezgulik bağişlaydi. Nazarimda bu dalalarda hayot nafaqat moddiy, balki maʼnaviy mazmun kasb etadi.
Tumanda paxtadan taşqari, ğalla yetiştirişga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Amudaryolik ğallakor fermerlar “Qipçoq ğalla klaster” MÇJ bilan tuzilgan kontraktatsiya şartnomalari asosida joriy yilgi hosil uçun 6 ming gektardan ortiq yerda buğdoy yetiştirmoqdalar. Yaqin kunlarda hosil örim-yiğim işlari boşlanadi. Dehqon yuzida şodlik ifodasi. Çunki keng ğalla dalalarida pişib-yetilayotgan böliq buğdoy boşoqlari möl hosildan darak beradi. Vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlar öz natijasini körsatyapti.
Oq oltin ovuli hududida faoliyat yuritayotgan 14 ta fermer xöjaligi tomonidan joriy yilda 850 gektar yerga paxta, 25 gektarga esa buğdoy ekildi. Ekiş jarayonlari sifatli, agrotexnik talablarga töliq rioya qilingan holda amalga oşirildi.
Paxta dalalarida yerni çuqur yumşatiş, suspenziya qiliş, mineral va mahalliy öğitlar bilan boyitiş, şuningdek, zararkunandalarga qarşi kuraşiş kabi agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda, aniq reja asosida olib borildi. Mehnat natijalari allaqaçon öz samarasini bera boşlagan.
Buğdoyzorlarda ham agrotexnik tadbirlar puxta reja asosida amalga oşirildi. Yerni ekişga tayyorlaş, uruğlik tanlaş, vaqtida suğoriş hamda ekinni turli zararkunandalardan asraş maqsadida bajarilgan işlar hosildorlikni oşirişga xizmat qildi.
Oq Oltin ovulidagi fermer xöjaliklari orasida Mahmud Yusupov raisligidagi “Saragul Yöldoşeva” fermer xöjaligi 62 gektar yerda paxta va ğalla ekib, hosildorlikni oşiriş uçun barça imkoniyatlardan samarali foydalanmoqda. Şuningdek, Ğulomjon Allaberganov raisligidagi “Sobirova Malika” fermer xöjaligi ham ğalla, kartoşka va boğdorçilik sohalarida faoliyat yuritib, ovul farovonligiga öz hissasini qöşmoqda. Har bir ekin öz vaqtida, agrotexnik talablarga muvofiq yetiştiriladi.
Aholi bandligini taʼminlaş maqsadida ovul yoşlariga ajratilgan dalalarda ham iş qizğin. Serunum tuproq dehqon mehnatiga munosib javob qaytaradi. Qay tarafga nazar taşlamang, mehnatsevarlik bilan uyğun gözal manzaralar. Kartoşka ekilgan maydonlarda qaynoq mehnat nişonasi közni quvontiradi. Egatlarni töldirgan turli ekinlar allaqaçon hosilga kirgan. Yoş dehqonlar egatlarga işlov berib, ona yer bağridan öz mehnatlari bilan undirayotgan ziroat salmoğidan mamnun.
Pomidor ekilgan maydonlar ham gullab-yaşnamoqda. Bu gözal manzaralarni körib, dehqonning yuzidagi tabassumni, könglidagi mamnuniyatni his etmaslik mumkin emas. Dalalarning boşqa çekkasida esa yerga bağir bosgan qovun va tarvuz palaklari hosilga kirgan. Qalin palaklar közni quvnatadi, şodlik bağişlaydi. Har bir egat tökinlik va barakadan darak beradi göyo.
Fayzga töla olmazorlar ham hosil yukidan egilib turibdi. Yaqin kunlarda ertagi olmalar pişib, oilalar dasturxonlarini bezaydi. Ha, oq oltinlik mirişkor dehqonlarning mehnati har faslda öz sözini aytadi. Ona yer fidoyi mehnatni mukofotlaydi, halol mehnatdan esa xalqimiz dasturxoniga qut-baraka yoğiladi.
Oq oltin ovulliklar tabiatan kamtar va mehnatsevar. Qişloqda hayotning öziga xos ritmi bor: kun yorişmasidan uyğoniş, dalaga yöl oliş, kun davomida samarali mehnat qiliş va keçqurun oila davrasida hordiq çiqariş — bular oq oltinliklar hayotining kundalik stsenariysi, halol mehnat qilib, farovon turmuş keçiriş esa umrining asl mazmunidir.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶