Har bir sinfda bilim va ilhom nafasi
Aniq maqsad, yuqori şijoat va ilhombaxş muhit – Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabida taşkil etilgan “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri bu yerda öqiş niyatidagi talabgor-iştirokçilar qalbida ana şunday iliq taassurotlarni qoldirdi. Maktabdagi taʼlim sifati, öquvçilarning zukkoligi hamda zamonaviy bilimlarga bölgan intilişini tadbir davomida his etiş qiyin emas edi. Taqdimotçi-öquvçilarning işonçli, ravon va mazmunli çiqişlari maktabda amalga oşirilayotgan taʼlim-tarbiya işlarining samaradorligini yorqin namoyon etdi. Mehmonlar maktabda yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar bilan tanişiş barobarida, bu dargohda kamol topayotgan yoş avlodning yuqori salohiyatiga ham guvoh bölişdi.
“Oçiq eşiklar kuni” doirasida taʼlim-tarbiya jarayoni, öquvçilarning bilim darajasi, isteʼdod va qobiliyati, pedagoglarning faoliyati keng jamoatçilikka namoyon etildi.
Tadbirda talabgor öquvçilar, ularning ota-onalari, maktablardan psixologlar iştirok etdi. Mehmonlar uçun har bir fanga möljallangan maxsus öquv sinfxonalari, fan-laboratoriya xonalari, zamonaviy kompyuter sinfxonalari, bir söz bilan aytganda, maktabda yaratilgan barça şaroitlar namoyiş etildi. Mehmonlar dars maşğulotlari, tögaraklar faoliyati va ijodiy işlar bilan yaqindan tanişişdi. Ayniqsa, tadbirning öquvçilar tomonidan erkin tarzda zukkolik bilan olib borilişi bu yerdagi taʼlim muhiti darajasini yaqqol körsatib berdi.
Jumladan, kimyo va biologiya fanlari uçun möljallangan, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalarida yuqori sinf öquvçilari iştirokida oçiq dars maşğulotlari taşkil etildi. Darslar davomida öquvçilar nazariy bilimlari va amaliy könikmalarini namoyon etişdi. Ular turli tajriba va kuzatuvlar orqali tabiat qonunlarini tadqiq etiş, ilmiy yondaşuv asosida xulosalar çiqariş qobiliyatiga ega ekanliklarini namoyiş qilişdi. Bu esa öquvçilarning faqat nazariy emas, amaliy bilimlarga ham ega ekanligini körsatdi.
Bundan taşqari, tadbir doirasida öquvçilar sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari va robototexnika yönalişlarida ham bilim va könikmalarini namoyon etişdi. Ular tomonidan tayyorlangan dasturiy modellar, turli sensorli qurilmalar va robototexnik jihozlar namoyiş qilindi. Bu esa öquvçilarning raqamli texnologiyalarga bölgan qiziqişini, innovatsion fikrlaş va ilmiy ijodkorlik salohiyatini yaqqol körsatdi.
Şuningdek, çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik faniga ixtisoslaştirilgan sinfxonalardagi moddiy-texnik baza ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Uşbu sinflarda harbiy qurol-aslahalar, himoya vositalari va öquv qöllanmalari namoyiş etildi. Tadbir iştirokçilari uşbu jihozlar bilan bevosita tanişiş, ularning tuzilişi va qöllanilişi haqida amaliy maʼlumotlarga ega bölişdi. Bu esa yoşlarda Vatanga sadoqat, masʼuliyat va harbiy-maʼnaviy tarbiyaga bölgan qiziqişni oşirişga xizmat qildi.
Bunday tadbirlar maktab faoliyatidagi şaffoflikni taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar muassasaning kundalik hayotini öz közlari bilan körib, işonç va hamkorlikni yanada mustahkamlaş imkoniga ega böladilar. Şu bilan birga, maktab jamoasi uçun ham bunday oçiq muloqot motivatsiya manbai bölib xizmat qiladi — ular öz işlarini xolis baholaş va kelgusidagi faoliyatni yanada takomillaştiriş imkoniyatiga ega böladilar.
Tadbir davomida bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida taʼlim sifatiga ijobiy taʼsir körsatişi şubhasiz. “Oçiq eşiklar kuni” maktabning jamoatçilik oldidagi nufuzini oşiriş, yoşlarga yangi imkoniyatlar eşigini oçiş va iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş borasida muhim vosita böldi. Bu nafaqat tarğibot, balki muassasaning yanada rivojlanişiga xizmat qiluvçi amaliy natijalarni ham berişi bilan ahamiyatlidir.
Bunday tadbirlar orqali maktab jamoasi, öquvçilar va ota-onalar örtasida samarali muloqot, hamkorlik va özaro işonç mustahkamlanişi taʼlim sifatini yangi bosqiçga kötarişi şubhasiz.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶