12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:36
👁 3,316

FAROVONLIKKA HISSA

FAROVONLIKKA HISSA

 Aytişlariça, bir kişining tört öğli bor ekan. Öşa odam öğillari kömagida har kuni örmondan ötin kesib aravada bozorga olib borib sotib tirikçilik qilarkan. Bir kuni "betob” bölib yotib qolibdi va öğillarini yoniga çaqirib:

- Bolalarim, sizlar özlaringiz örmondan ötin çopib, bozorga sotib rözğor keragini olib kelinglar. Endi yoş bola emassizlar, ulğayib qoldinglar. Mening tuzalişimni kutib ötirmang, oç qolib ketasizlar, - debdi.

- Ota, nimalar deyapsiz, bu işni eplolmasak, yo aravamiz buzilib qolsa, yo ötinimizga xaridor çiqmasa, holimiz ne keçadi? - deb eʼtiroz bildirişibdi öğillar.

- Sizlar xotirjam boraveringlar, hammasini zarurat örgatadi, - debdi ota bamaylixotir.

Bundan taskin olgan öğillar örmonga jönaşibdi. Aravani ötinga töldirib endi bozorning yöliga çiqişganida aravaning bir ğildiragi öz öqidan çiqib ketib, arava ağdarilib qolibdi. Şunda törtala öğil navbatma-navbat:

- Zarurat! Aravamizni tuzatib ber, - deb qiçqirişibdi.

Endi kelib qolar-ov deb kutib ötirişibdi. Heç kimdan darak bölmagaç, çaqirganimizni eşitmadi şekilli, deb aka-ukalar baravar jör bölib çaqirişibdi.

Bu orada kun yarmidan oğib, peşinga yaqinlaşibdi. Şunda öğillarning kattasi ukalariga:

- Inilarim, zarurat aftidan olisroq joyga ketgan körinadi. Qança çaqirsak ham kelmayapti. Agar uning kelişini kutsak, bozorga keçikamiz va yeguliksiz qolamiz. Kelinglar, yaxşisi özimiz tuzatişga harakat qilib köraylik.

Şunday deb aka yengini şimarib işga tuşibdi. Inilari qöllaridan kelganiça kömakdoş bölibdi. Hademay arava ğildiragi öz öqiga joylanib yölga tuşibdi. Öğillar çopgan ötinini bir amallab sotib, zim-ziyo tunda zörğa horib-tolib uyiga kirib kelişibdi va bölgan voqealarni otasiga birma-bir aytib berişibdi.

 - Biz qança çaqirsak ham siz aytgan zarurat kelib örgatmadi, sozlab ham bermadi.        Çaqira-çaqira umidimizni uzib, axiyri özimiz aravani sozlab oldik.

Şunda özini bemorlikka solib körpa-töşak qilib yotib olgan quv ota kula-kula:

- Bolalarim, aravangizni özlaringizning sozlab olganingiz – şu zaruratning örgatgani, yordam bergani. Agar örmonda bu işga zarurat tuğilmaganida hali ham örganmagan bölardingizlar. Zaruratni anglab, bunçalik evini qilibsizlar, barakalla öğillarim, - debdi. – Eng yomoni zarurat tuğilganida biror tadbir köra olmaslik...

Şu rivoyat har gal esimga tuşganida yurtimiz istiqlolning ilk yillarida boşidan keçirgan oğir kunlarni eslayman. Faqatgina xom aşyo yetiştiruvçi baza vazifasini ötagan mamlakatimiz sobiq ittifoq tarkibidan ajralib çiqqan davrlardagi ahvoli juda noçor edi. Dökonlarda ölçovlik oziq-ovqat mahsulotlarini oliş uçun ikki kunlab navbatga turgan vaqtlarimiz ham böldi, bozorlar böm-böş. Buning ustiga tinç hayotimizga tahdidlar... Oradan ötgan tarixan qisqa davrdagi erişilgan obod va farovon hayot, dasturxonlarimizdagi tökinlik, barça jabhalardagi yuksak taraqqiyot, tinç-osudalik – xalqimizning bu sinovlar, maşaqqatlarni mardona yengib, yanada yuksaliş sari dadil odimlayotganini körsatadi. Bu - davr taqozosini zaruratni töğri anglab, töğri tadbir köra olganlik natijasi, desam mubolağa bölmas. Çiroyli köçalar, keng yöllar, biri-biridan fayzli hovlilar, har ikki xonadondan bittasidagi özimizda işlab çiqarilgan avtomaşinalar, mamlakatimizning xalqaro maydondagi tobora oşib borayotgan obrö-eʼtibori şu möʼjaz yurtimizda      umrguzaronlik qilayotgan odamlarning aql-zakovati, fidoyi mehnati mahsulidir. Şularni öylaganingda yuraging faxru iftixorga tölib ketadi. Bu ezgu evrilişlarga hissa qöşayotgan odamlar haqida tölib-tölib yozging kelaveradi.

"Manğit işlab çiqariş tijorat markazi” masʼuliyati çeklangan jamiyati tumanimizdagi istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yangi texnologiyalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş tufayli iş kölami va sifatini oşirib, nufuzi ortib borayotgan korxonalardan sanaladi.

Bu yerda mehnat qilayotgan 35 nafar işçining har biri öz işining ustasi. Ular asosan qişloq xöjalik texnikalari uçun ehtiyot qismlar tayyorlab berişadi.

Elektr dvigatellarni taʼmirlaş tsexi yetakçisi Xudoyor Bekçonov öğli Şuhrat va şogirdi Rustam Karimovlar kömagida qişloq xöjalik maşinalarining kuygan dvigatellariga qayta "jon” bağişlaşadi.

Bejizga motor ulovning yuragi deyişmaydi. Texnikalarga quvvat berib turuvçi bu qism ham vaqt ötib eskiradi yo notöğri boşqariş tufayli işdan çiqib qoladi.

Mazkur tsexda ana şunday dvigatellar taʼmirlanib, yaʼni kuygan simlari qayta öralib, ikkinçi bor texnik xizmatga qaytariladi.

Unça katta bölmagan tsex törida xuddi kalava ip singari sariq mis simlar ğaltaklari bir  tekis taxlangan.

- Bu biz uçun eng kerakli ehtiyot qism, - deydi Xudoyor aka. – Uni maxsus uskuna yordamida kerakli uzunlikda örab olib, motor içidagi kuygan sim örniga joylaymiz.

Xudoyor aka bu gaplarni xuddi jöngina işdek gapirdi. Asli işdan çiqqan  dvigatel içini oçib, kuygan qism simlarini yeçib olişni ham oddiy odam eplaşi qiyin. Örgimçak töridan ham murakkab, göyo çevar töquvçi töqiganday qilib motor içiga qayta öralgan simlarni körgan odamning hayrati oşadi. Bu borada tumanimizda yagona usta hisoblangan Xudoyor Bekçonov yetakçiligidagi tsexga buyurtmalarning keti uzilmaydi.

Xudoyor Bekçonov bu hunarni yigit yoşida sobiq Manğit ip yigiruv-töquv fabrikasida işlagan davrida, 1983-1998-yillar oraliğida örgandi. U dastlab şu yerda işlaydigan Tsoy Ilya ismli koreys ustaga şogird tuşdi. U kişi öz işining puxta bilimdoni bölganidan şogirdlariga qattiqqöl va hunar sir-asrorlarini erinmay örgatadigan odam edi. Xudoyordagi hunarga iştiyoq va quntni sezib, unga özgaça bir ixlos bilan qaradi.

Hademay Xudoyor uning işonçini oqlab, özi ham mustaqil işlay oladigan böldi.

- Ikki yilça u kişidan örgangan kasbim bir umr hamrohim bölib qoldi. Mana endi öğlimga örgatayapman, - deydi Xudoyor aka.

2001-yildan beri mazkur korxonada mehnat qilib kelayotgan Xudoyor Bekçonovga hunari nafaqat hamroh böldi, balki umrini bezadi. Kasbidagi halol mehnati bilan obrö-eʼtibor topdi, oilasida beş nafar farzandni kamolga keltirdi, öqitib, hunarli qilib, el xizmatiga qöşdi. Har gal navbatdagi buyurtmasiga qöl urar ekan, uni sozlab berişi tufayli qişloq xöjaligida qanday işlar amalga oşirilişi mumkinligini qalban his qilib turadi, öz mehnati bilan tumanimiz qişloq xöjaligining rivojlanişiga ulkan hissa qöşayotganidan quvonadi. Negaki tsexda yiliga 100 donadan ziyod dvigatel taʼmirlanib, ekspluatatsiyaga jönatilayotgan bölsa, şunça ehtiyot qismni yangidan sotib oliş uçun neça yuz millionlab pul sarflangan bölar edi. Bularni bir hisob-kitob qilib körgan odam Xudoyor Bekçonovning tumanimiz iqtisodi yuksalişida qançalik uluşi borligini çuqur anglaydi. Aslida ham, yurtimizning kun sayin obod, farovon bölib borayotgani Xudoyor Bekçonov singari fidoyi insonlari mehnati tufayli emasmi? 

Oygul RAJABOVA.

Suratda: X.Bekçonov (örtada) şogirdlari bilan.

M.ŞOMURODOV olgan surat.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026