Limon ekişni yölga qöyiş orqali tomorqadan olinadigan daromadni 2-3 hissa oşiriş çoralari körilmoqda
Amudaryo tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi tomonidan usta dehqonlardan iborat guruh tuzilgan bölib, uşbu guruh aʼzolari iştirokida tomorqalardan samarali foydalaniş, yiliga 2-3-marta hosil oliş böyiça öquv seminarlari taşkil qilinib kelinmoqda.
Bugungi kunda tumandagi aholi tomorqalarida 1183ta issiqxonalar mavjud bölib, şundan yangidan barpo etilgan issiqxonalar soni 729tani taşkil qiladi.
Aholi tomorqa yerlarida Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi jamğarmasi mablağlari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratiş orqali limonçilikni yölga qöyiş, şu yöl bilan tomorqadan olinadigan daromadni 2-3 hissa oşiriş va qöşimça iş örinlarini yaratiş közda tutilmoqda.
Ekin maydonlaridan samarali foydalanişni taʼminlaşda tomorqa egalarining bilim va tajribalarini oşiriş, ularni zarur maʼlumot va axborotlar bilan taʼminlaş muhim ahamiyatga ega.
Şu maqsadda Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi bölim boşliği Mehriddin Muhammadiyev, Qoraqalpoğiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi örinbosari, jamğarmaning hududiy vakili Allaniyoz Ajimov, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi boş mutaxassisi Bahodir Allanazarov, markaz agronomi Javlon Rajabovlar Xolimbeg ovuli hududidagi tomorqaçi yer egasi, “Namunali tomorqaçi” kökrak nişoni sohibi Erkin Qöşayev xonadonida bölişdi.
Masʼullar tomorqada taşkil qilingan 2 sotixli issiqxonaga ekilgan limon va yetiştirilayotgan limon köçatlari holati bilan tanişib, vegetatsiya davrida qilinişi kerak bölgan agrotexnik tadbirlar böyiça tavsiyalar berdilar.
Şundan söng masʼullar Qoramon mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egasi “Namunali tomorqaçi” kökrak nişoni sohibi Farhod Yaxşimov xonadonida ham limon köçatlarini parvarişlaş holati bilan tanişdilar. Farhod Yaxşimov kelgusi yilda aholiga 1000 tup limon köçatini yetkazib beriş, şu orqali tomorqalardan olinadigan daromadlarni oşirişga hissa qöşişni öz oldiga maqsal qilib qöygan. Mehmonlar tomorqaçining faoliyatiga omad tilab, uning taşabbuslarini ommaliştiriş böyiça fikrlaşdilar.
Ilhom Polvonov, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶