Nukusda Britaniya tajribasi orqali yer unumdorligini tiklaş yöllari muhokama etildi
Orolböyi mintaqasida yerlarning degradatsiyasi va çöllaniş muammosi keskin tus olayotgan bir paytda Qoraqalpoğiston Respublikasida tuproq unumdorligini qayta tiklaş va suv resurslaridan oqilona foydalaniş yöllarini izlaş muhim ustuvor vazifaga aylanmoqda. Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida ayni şu dolzarb mavzuga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy tadbir – “Olti dyuym tuproq” nomli hujjatli film taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirda Buyuk Britaniyaning Toşkentdagi elçixonasi vakillari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Taşqi beğaraz kömak mablağlarini jalb etiş va donorlar bilan işlaş bölimi masʼullari, Qişloq xöjaligi vazirligi xodimlari, sohaviy ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, şuningdek, institutning professor-öqituvçilari, doktorantlar va faol talaba-yoşlar iştirok etdi. Xalqaro hamkorlik doirasidagi bunday muloqotlar mintaqadagi ekologik xavfsizlikni taʼminlaşga qaratilgan yagona yondaşuvni şakllantirişda muhim ahamiyatga kasb etdi.
Mazkur taqdimotdan közlangan asosiy maqsad — degradatsiyaga uçragan yerlarning unumdor qatlamini qayta tiklaş böyiça Buyuk Britaniyaning ilğor, innovatsion tajribasini çuqur örganiş hamda uni Qoraqalpoğistonning şörlangan va qurğoqçil şaroitida qöllaş imkoniyatlarini atrofliça muhokama qilişdan iboratdir. “Olti dyuym tuproq” filmi aynan tuproqning hayotiy ahamiyati va uni saqlaş usullariga bağişlangan bölib, u global iqlim özgarişlari fonida mahalliy agrar sektorni barqaror rivojlantirişga undaydi.
Tadbir davomida iştirokçilar ekologik muammolar, tuproq resurslarining samarali boşqaruvi, barqaror qişloq xöjaligi amaliyotlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida faol fikr almaşişdi. Olimlar va mutaxassislar Orolböyi mintaqasidagi tuproq şörlanişi va çöllaniş jarayonlariga qarşi kuraşişda xorijiy innovatsiyalarni qöllaşning ahamiyatini alohida qayd etib, buning uçun fan va amaliyot örtasidagi integratsiyani kuçaytiriş lozimligini taʼkidlaşdi.
Filmda yoritilgan ilğor tajribalar va innovatsion yondaşuvlar institut olimlari va talabalarida katta qiziqiş uyğotdi. Institut rektori Berdiyar Jollibekov boşçiligida ötkazilgan muhokamada iştirokçilar bu tajribani Qoraqalpoğistonning tuproq-iqlim şaroitida qanday qilib muvaffaqiyatli joriy etiş mumkinligi haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Xususan, asosiy eʼtibor qurğoqçilikka çidamli, kam suv talab qiladigan navlarni joriy etiş, suvni tejovçi agrotexnologiyalarni keng qöllaş va tuproqni himoya qilişning organik usullarini rivojlantirişga qaratildi. Bu kabi oçiq muloqotlar yoş olimlar va talabalarni global muammolarga mahalliy yeçim topişga undaşi bilan birga, kelgusidagi ilmiy-tadqiqot işlari uçun yangi, amaliyotga yönaltirilgan mavzular va yönalişlar oçib berişi bilan ham ahamiyatlidir.
Tadbir yakunlangandan söng, institut rektori Berdiyar Jollibekov Buyuk Britaniyaning Toşkentdagi elçixonasi vakillarini institutdagi yangi, zamonaviy laboratoriyalar bilan taniştirdi. Uşbu laboratoriyalar tuproq tarkibini aniq tahlil qiliş va ilmiy hamkorlik uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qilişi taʼkidlandi.
Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida ötkazilgan uşbu tadbir Qoraqalpoğistonning ekologik va qişloq xöjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, mintaqaning yaşil iqtisodiyotga ötişini yanada jadallaştiriş va bu jarayonda ilmiy asoslangan tajribalarni amaliyotga keng joriy etişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶