HAYoTGA INTILGAN AYoL VA NOŞUKUR ER QISMATI
Taqdir taqozosi bilan Sanobar sevib-sevilib turmuş qurdi. Oilasiga mehr berdi. Epçilligi va çaqqonligi tufayli qaynota va qaynonaning sevimli keliniga aylandi. Eri esa usta. Loy işlarida mohir va epçil. Yoş oilada bir öğil va bir qiz dunyoga keldi. Oila atalmiş bu qörğonning devorlari yanada mustahkamlandi. Yangi imorat qurib, köçib ötişdi. Birovdan oldin, birovdan keyin, deganlaridek asta-sekin rözğor kamçiliklari barham topdi. Lekin nogahonda, eri oğir kasallikka çalindi. Tez-tez şifoxonada davolanadigan bölib qoldi. Sanobar erini yolğiz qoldirmadi, har kuni hol-ahvolidan xabar olar, dori-darmonlarini izlab, topib berar, dardiga şerik bölişga harakat qilar edi. Bu yangi oilaga köz tegdimi yoki kattalar aytganidek, şayton oraladimi, soğaya boşlagan eri Sanobarga sovuq munosabatda böla boşladi. Kasalxonada qandaydir qiz bilan tanişdi-yu, eri aynidi-qoldi. U qiz deyarli har kuni turli xil taomlar olib kelib, bu oilali, böş-bayovgina yigitning es-huşini öğirladi.
Eri kasalxonadan çiqib, öşa qizni uyiga boşlab keldi. Ikki norasida gödakning yuziga oyoq qöydi, xotini va ota-onasidan, qarindoşlaridan voz keçdi.
Bir oydirki, bir hovlida bir xonada Sanobar farzandlari bilan yaşaydi. Yana bir xonada esa eri bilan öşa benomus qiz.
Yiğlayverib Sanobarda kuç-iroda qolmadi, farzandlari bilan ota-onasinikiga köçib ötdi. Eridan köngil uzdi, bu oilani qayta tiklab bölmasligini tuşundi, "ğişt qolipdan köçgan” edi. Sanobarning aqlli-huşli, mehnatsevarligini butun qişloq ahli bilardi. Ota-onasi Sanobarni qöşni qişloqqa, befarzand bir oilaga uzatdilar. Sarvar Sanobarning farzandlarini özining farzandlaridek mehr berib tarbiyaladi. Ularni öqitdi, oliy maʼlumotli qildi...
Bugun Sanobar qizini uzatayotir. Qiziga yaxşi tarbiya berib, öqitgan, otalik mehrini bergan Sarvar oq fotiha berib uni yangi oila bağriga kuzatdi.
Qizining haqiqiy otasi esa...
"U otami? – öyladi Sanobar, – gulday farzandlarining, oilasining qadriga yetmagan noşud, noşukur banda u! Unga otalik hayf”.
Darvoqe, sobiq erining hayoti sira önglanmadi. Yaxşi körib uylangan ayoli nogiron bolani dunyoga keltirdi. Tuğma kar va soqov bu bola ikki adaşgan bandaning oğir gunohi tufayli öz tengqurlari bilan çopqillab öynaşdan, gapirişdan, eşitişdan mahrum. Xuddi ota-onasining gunohi jabrini tortayotganday, doimo boşini egib, maʼyus yuradi.
Sanobarning hayoti esa havasga loyiq, öğli ham, qizi ham el ardoğiga munosib ustoz-muallim. Şuni aytadilar-da, farzandni dunyoga keltirişdan ham, uning tarbiyasi muhim, deb.
Zuhra AHMEDOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶