VATANGA MAʼNAVIY IFOR SOÇMOQQA INTILGAN BOLALAR MASKANI
Qadim Xorazm va Qoraqalpoq zaminining ajib sir-sinoatlarini, ildizlari olis ming yilliklarga borib taqaluvçi ikki buyuk xalqning urf-odat va anʼanalarini, madaniyati, tarixi va umummilliy qadriyatlarini özida mujassam etgan ölmas, boqiy sanʼati hamon dunyo xalqlarini öziga rom etib keladi. Xususan, Qiliçboy va Manğit masxarabozlik, baxşiçilik sanʼatining öziga xos yumoristik xususiyatlari bilan uyğunlaşib ketgan qoraqalpoqlarning ajoyib afsonasi – Ömirbek laqqi latifalari zamonlar oşa sayqallanib, bugungi davr sanʼati sahnalaridan tuşmay kelayotganining özi sanʼatsevar xalqimiz yaratgan bebaho durdonalarning qadri, yoş avlod taʼlim-tarbiyasida tutgan örni buyukligidan.
Men har gal Manğit şahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oldidan ötganimda, bu gözal maskanda sanʼat sirlarini örganayotgan yoş ijroçilarning çiqişlariga guvoh bölganimda könglimdan bir öy keçadi: “dunyoda musiqa, sanʼat bölmasa, insoniyat manqurtlarga aylanib qolarmidi, yaxşiyamki sanʼat bor, musiqa bor...”
Ha, azizlar ana şu gözal olam – musiqa va sanʼat borligi uçun biz gözalliklardan hayratlaniş, zavqlanişni bilamiz, quvonç, şodlik hissini tuyib yaşaymiz. Özbek milliy sanʼatining afsonasiga aylangan “Lazgi”, “Tanovar”, “Şoşmaqom”, Qoraqalpoqlarning “Dembermesi”, bir neça daqiqalik ohanglarga butun Qoraqalpoq kengliklarini, öziga xos milliy mentalitetini singdirolgan betakror qoraqalpoq simfoniyalarida xalqning qudratli qalbi mujassam.
– Ana şunday jozibali ohanglar sehrini tuyib ulğayganimiz uçun farzandlarimiz ham sanʼatsevar, intiluvçan, –deydi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Yöldoşboy Abdalov. – Öquvçilarimiz orasida sanʼatni saodat, buyuk imkoniyat deb bilguvçi iqtidorli bolalar köp. Pedagogika jamoamiz esa juda ahil.
Ötgan asrning 68-yilida taşkil etilgan mazkur musiqa va sanʼat ilm dargohini ötgan yillar davomida yuzlab yoşlar bitirib, Özbekistonning turli hududlariga uçirma böldilar. Hayoti va faoliyati uşbu bilim maskani bilan boğliq Usmon Ahmedov, Gulmirza Rahmatullayev, Gulmirza Nurmatov, Şukurulla Gulmonov, Hamza Bobojonov kabi el sevgan sanʼatkorlar boşlab bergan uluğ va şarafli sanʼat yölida fidoyilik körsatib kelayotgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi nafaqat bugungi Amudaryo tumani, balki Qoraqalpoğiston va Özbekiston Respublikasi madaniyati va sanʼati sohasi rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan nufuzli taʼlim maskanlaridan biri hisoblanadi.
Şaxsan Prezidentimizning yuksak eʼtibori va körsatmalari bilan mamlakatimizda bolalar musiqa va sanʼat maktablarini jahon anzodalari darajasidagi taʼlim-tarbiya maskanlariga aylantiriş borasidagi tizimli çora-tadbirlar tufayli 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi uçun yangi zamonaviy öquv binosi qurib berildi.
1990-yilda bunyod etilgan muassasa binosi 2015-yilda qayta rekonstruktsiya qilinib, binoning barça sinfxonalari, isitiş tarmoqlari yangidan jihozlandi. Muassasaning içki devorlari, şifti havo ötkazuvçanlik xususiyatiga ega qoplamalar bilan qoplandi, pollarga esa laminat töşaldi. Energiya tejamkor çiroqlar örnatilib, 150-öringa möljallangan tantanalar zali ovoz kuçaytirgiçlar, rangli yoruğlik tarqatuvçi moslamalar, ekran-proyektor, özbek musiqa çolğulari jamlanmasi, harakatni yozib turuvçi videokameralar bilan jihozlandi.
Bugungi kunda muassasada 43 nafar mutaxassis öqituvçilar 12ta yönaliş böyiça iqtidorli yoşlarga sanʼat sirlaridan saboq berişadi. Ularning 10 nafari öz mutaxassisliklari böyiça oliy, 30 nafari örta maxsus maʼlumotga ega. 3 nafar öqituvçi esa örindoşlik asosida faoliyat yuritişadi.
Öquvçilarning özlari tanlagan yönalişlar böyiça çuqur bilim olişlari uçun muassasada barça zarur şaroitlar yaratilgan. Yönalişlar böyiça sinfxonalarda 10ta fortepiano, 2ta royal, musiqa asboblari, solfedjio xonasida elektron doskaning mavjudligi öquvçi-yoşlarning özlari tanlagan yönalişlar böyiça çuqur bilim olişlarini taʼminlamoqda. Bu maktab öquvçilari erişayotgan yutuqlarda yaqqol namoyon.
Şunisi eʼtiborga munosibki, ön ikkita yönaliş – fortepiano, xalq çolğulari, puflab çalinadigan çolğular, torli-kamonli çolğular, bayan-akkordeon, çolğulari, anʼanaviy xonandalik va baxşiçilik, tasviriy sanʼat, xoreografiya, estrada xonandaligi, teatr sanʼati, anʼanaviy ijro, baxşiçilik sanʼati yönalişlarida taʼlim olayotgan öquvçilar har 2-yilda bir marta ötkaziladigan M.Qori Yoqubov nomidagi, M.Aşrafiy nomidagi körik-tanlovlarning doimiy iştirokçilari va ğoliblaridir. Muassasa öquvçilaridan Doniyor Rahimboyev, Javlon Hayitboyev, Jahongir Aminboyev, Nurxon Dösboyev, Şarofaddin Saparboyev, Azizbek Soatboyev, Abror Adilboyev, Zilola Qodirovalar 2020-2021-yilda bölib ötgan M.Qori Yoqubov nomidagi körik-tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida öz yönalişlari böyiça faxrli 1-örinni, Jamşid Saliyev, Jasur Örinboyevlar 2-örinni, Jörabek Sidabullayev 3-örinni egallaşdi. Mazkur körik-tanlovning Özbekiston Respublikasi bosqiçida maktabning 3 nafar öquvçisi 3-örin sohiblari bölişdi. Şuningdek, “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari ansambllari” Respublika körik-tanlovida maktabning bir yöla uçta ansambli – Xalq çolğulari ansambli, xalq çolğulari orkestri, anʼanaviy maqom ansambllari faxrli 2-örinni egallaşdi.
Maktab öquvçilari deyarli har yili ötkaziladigan “Kamalak yulduzlari” körik-tanlovi, sanʼat yönalişidagi körik-tanlovlarning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlarida doimiy ravişda 1-, 2-, 3-örinlarni egallab kelişadi. Bugungi kunda xoreografiya sinfi öquvçisi Guliraʼno Örinboyeva hamda tasviriy sanʼat yönalişining aʼloçi va iqtidorli öquvçisi Bahoroy Hidoyatovalarning nomi sanʼat va tasviriy sanʼat şinavandalariga yaxşi taniş.
– Maktabimizda öqiş istagini bildirayotgan öquvçi-yoşlar, farzandlarining qiziqiş va iqtidorlarini qöllab-quvvatlayotgan ota-onalar safi yil sayin oşib bormoqda, – deydi mamnuniyat bilan Yöldoşboy Abdalov. – 2023-2024 öquv yilida 12ta yönaliş böyiça 1-sinflarga 69 nafar iqtidorli bolalarni qabul qildik. Ayni paytda 170 nafar öquvçi musiqa yönalişida, 72 nafari sanʼat yönalişida tahsil olişmoqda. Barça yönalişlar böyiça 242 nafar bola musiqa va sanʼat sirlarini örganişmoqda.
Muassasada öziga xos qatʼiy tartib-intizomga asoslangan maʼnaviy muhitning mavjudligi har bir öquv yili uçun belgilangan öquv rejasining muvaffaqiyatli amalga oşişini taʼminlamoqda. Oçiq darslar, har bir çorak böyiça öquvçilarning hisobot kontsertlarida ota-onalarning ham iştiroki belgilangan rejaviy dars-maşğulotlarining sifatli amalga oşirilişida muhim omil bölmoqda.
– Öquvçilarimiz hamma narsaga – rejalaştirilgan dars-maşğulotlarini uzviy ravişda özlaştiriş barobarida davlat tadbirlarida faol iştirok etişga ham ulgurişadi, – mamnunligini yaşirmaydi Y.Abdalov. – Musiqa va sanʼat bilan şuğullanayotgan öquvçi-yoşlar özlari taʼlim olayotgan maktablarida ham juda faol, intiluvçan.
Sanʼatsevar bolalarning bilim va iqtidoridan quvonib sözlayotgan Y.Abdalovning fikrlarini tinglarkanman, Prezidentimizning: “...umumtaʼlim maktabini bitirib çiqayotgan yoşlarimiz heç bölmaganda bitta çolğu asbobini çalib bilişlari kerak, sanʼatga oşna bölgan insonning qalbi toza böladi, Vatanimiz kelajagi uçun ana şunday tozaqalb, intiluvçan yoşlar kerak...” degan sözlarini esladim.
Darvoqe, qalbi toza, intiluvçan yoşlarda xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyğulari kuçli böladi. Modomiki, Uçinçi Renessans sari qadam qöyayotgan ekanmiz, har bir yoşning qalbida ana şunday gözal tuyğularni uyğotişimiz, ularni haqiqiy vatanparvar, xalqparvar qilib tarbiyalaşimiz zarur. 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida, nazarimda ana şunday yoşlar tahsil olişmoqda. Atrofi mevali va manzarali daraxtlar bilan qurşalgan bahavo, obodon öquv maskanining har bir sinfxonasida qadim va hamişa navqiron, nafosatli, jozibali ölmas ohanglarga yanada gözal sayqallar berib, berilib kuy ijro etayotgan sozanda bolalar, “Şoşmaqom”, “Tanovar” va “Dembermes”ning dillarni örtaguvçi ohanglariga jörovoz kuylayotgan göyanda bolalar, oromijon “Lazgi”, qoraqalpoqlarning “Olti qiz” raqslari sehrini ajib jilvalari bilan vujudlarga singdirişga intilayotgan soçlari jamalak qizaloqlar, tasviriy sanʼatning jilvakor ranglariga har birimizni maftun etmoqqa qodir musavvir bolalarning orzu-intilişlaridan köngillar yuksaladi. Havaslar, hayratlar oğuşida ijodkor bolalar davrasida qolgimiz keladi. Beixtiyor ularning iqtidoridan, kamolot sari dadil qadamlaridan ruhlanamiz va yoş boşidan el-yurtga maʼnaviyat ulaşişga intilayotgan sanʼatsevar bolajonlarni çin dildan olqişlaymiz.
Ulardir Amuning asl ildizi,
Kelajak osmonin yoruğ yulduzi.
Vatanga maʼnaviy iforlar soçgan,
Elim, yurtim, degan har öğil-qizi.
Tiladim: yöllari bölsin çaroğon,
Boşidan nur soçsin quyoşli osmon.
Ulardir orzular qanotlarida
Dunyoga tik boqqan hur Özbekiston!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶