Imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi
Mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, uning huquq va erkinliklarini, şuningdek, qonuniy manfaatlarini taʼminlaş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Yangi Özbekiston şaroitida bu boradagi islohotlar kölami yanada kengayib bormoqda. Bugungi kunda jamiyatimizning har bir aʼzosi, ayniqsa, imkoniyati çeklangan fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oşiriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va maʼnaviy dunyoqaraşini boyitiş maqsadida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Insonparvarlik va mehr-oqibat tamoyillariga asoslangan bunday yuksak eʼtibor natijasida köplab yurtdoşlarimiz özlarini jamiyatning tölaqonli aʼzosi sifatida his etmoqda. Zero, heç bir inson davlat va jamiyat eʼtiboridan çetda qolmasligi şart.
Ana şunday ezgu maqsadlar va olijanob taşabbuslarning amaliy ifodasi sifatida Amudaryo tumanida öziga xos maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbir bölib ötdi. Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Özbekiston nogironlar jamiyatining Amudaryo tuman bölimi hamkorligida taşkil etilgan tadbir nafaqat maʼlumot almaşiş yoki rasmiy uçraşuv maqomida, balki iştirokçilar örtasidagi samimiy diydorlaşuv, qizğin muloqot va kötarinki kayfiyat ulaşuvçi haqiqiy döstlik bayramiga aylanib ketdi.
Mazkur tadbirning mazmun-mohiyatini yanada teranroq oçib berişda va yiğilganlarning köngliga yöl topib, ularga quvonç ulaşişda jamiyatimizdagi saxovatpeşa insonlarning örni beqiyos ekanligi yana bir bor öz tasdiğini topdi. Xususan, tadbir jarayonida faol iştirok etgan va yaqindan kömak körsatgan homiy Dildora Hayitboyeva öz taşabbusi bilan barçaga örnak böldi. Uning mehr-muruvvatga yöğrilgan ezgu işlari, tadbir iştirokçilariga körsatgan beğaraz eʼtibori va ğamxörligi davraga özgaça şukuh hamda kötarinki ruh bağişladi. Bunday saxovatli insonlarning borligi jamiyatimizdagi hamjihatlik va mehr-oqibat riştalarining qançalik mustahkam ekanligidan yaqqol dalolat beradi.
Tadbirning badiiy qismi esa yiğilganlar qalbida unutilmas va yorqin taassurotlar qoldirdi. Keçada «Soğlom avlod» nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotining jajji tarbiyalanuvçilari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan jozibali, şöx va rang-barang milliy hamda zamonaviy raqslar tadbir dasturini yanada boyitdi. Ularning yuzlaridagi beğubor va quvnoq tabassum, samimiy çiqişlar va bolalarça sof isteʼdod tomoşabinlarga olam-olam quvonç ulaşib, çinakam bayramona va kötarinki muhitni yaratdi. Bolajonlarning bunday eʼtibori imkoniyati çeklangan insonlarning qalbiga katta dalda böldi.
Tadbir nihoyasida sözga çiqqan iştirokçilar özlariga körsatilgan bunday yuksak eʼtibor va ğamxörlik uçun taşkilotçilarga va homiylarga özining çeksiz minnatdorçiligini izhor etdilar. Ularning taʼkidlaşiça, bu kabi madaniy-maʼrifiy uçraşuvlar insonlar örtasidagi mehr-oqibat, döstlik va hamjihatlik riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Tadbir söngida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan tadbirni yuqori saviyada taşkil etişda jonbozlik körsatgan Axborot-kutubxona markazi mutaxassislariga taşakkurnoma topşirildi. Bunday ezgu taşabbuslar kelgusida ham izçil davom etişi, jamiyatimizda mehr-muruvvat va insonparvarlik ğoyalari yanada keng quloç yoyişi şubhasiz. Zero, bir-biriga yelkadoş va mehribon bölgan xalqning kelajagi buyuk, maʼnaviyati esa yuksak böladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶