“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq qiliş masalasida yiğiliş ötkazildi
Davlat muttasil rivojlanar ekan, huquqbuzarliklarni sodir etiş turlari ham murakkablaşib boradi. Şu bois, bugun mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali taşkil etiş va amalga oşiriş nafaqat içki işlar organlarining, balki huquqni muhofaza qiluvçi barça taşkilotlar faoliyatining muhim yönalişlaridan biri sanaladi.
4-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği örinbosari, polkovnik Oybek Kamolov iştirokida yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda tumandagi fuqarolar yiğini raislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamçilari, xotin-qizlar faollari hamda yoşlar yetakçilari ham iştirok etişdi.
Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev olib bordi. Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Özbekiston Respublikasi kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Özbekiston Respublikasi Yoşlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 30-mart kungi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş mexanizmlarini belgilaş töğrisida”gi qöşma qarorining mazmun-mohiyati keng tarzda tuşuntirildi.
Unda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği örinbosari, polkovnik Oybek Kamolov huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasidagi islohotlarning bugungi holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişda mahalla va mahallalardagi yoşlar yetakçilari, hokim yordamçilari, xotin-qizlar faollari hamda profilaktika inspektorlarining örni haqida söz yuritdi. Şuningdek, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida işlaşni taşkil qiliş va uni amalga oşiriş mexanizmlari haqida maʼlumot berildi.
Bunda avvalo, ijtimoiy profilaktika obʼekti bölgan şaxslar toifasiga bandligi taʼminlanmagan, mehnatga layoqatli va doimiy daromad manbaiga ega bölmaganlar, alkogol, qimor, tavakkalçilikka ruju qöygan yoşlar, nizoli oilalar hamda boşqa salbiy illatlarga ega bölgan şaxslar kiritilişi aytib ötildi.
Endilikda mana şunday fuqarolarni barvaqt aniqlaş va ularning jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etişiga yöl qöymaslik maqsadida profilaktika inspektori aholini “xonadonbay” va “fuqarobay” örganişi zarurligi taʼkidlandi.
Mahalla raislari va xotin-qizlar faollari öz mahallasidagi nizoli oilalar bilan muntazam ravişda muloqotni yölga qöyişi, ularni yaraştirişga erişişi lozimligi ham qayd etib ötildi.
Taʼkidlanganidek, hokim yordamçisi bandligi taʼminlanmagan aholining iş bilan band bölişiga, doimiy daromad manbaiga ega bölişiga kömaklaşişi zarur. Yoşlar etakçisi esa, yoşlar bilan tizimli ravişda işlaşişi, ularning böş vaqtini mazmunli ötkazib, har xil qimor öyinlari va alkogol mahsulotlariga ruju qöyişining oldini olişi zarur.
Qoraqalpoğiston Respublikasida yangidan tatbiq qilinayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, içki işlar organlarining, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan özaro hamkorlik töğrisida imzolangan “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş mexanizmlarini belgilaş töğrisida”gi qöşma qarori öylaymizki, mahallalar obodligi va osudaligi, fuqarolar xavfsizligini taʼminlaşda muhim omil bölib xizmat qiladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶