12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:25
Adabiyot 👁 7,090

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

ONA TILIM, SENDAN FAXRLANAR EL

Yassaviy nazdida topolgan kamol,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

Tanilib, olamga körsatgan visol,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Uluğ bobolarning nazari tuşgan,

Donolar, fozillar ijod etişgan.

Asrdan-asrga mahkam tutaşgan,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Mahmud Qoşğariydek buyuk faylasuf,

«Devoni Turkiy»ni qilgandir tavsif.

Tarixga, ötmişga boğlangandir ip,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Maşhur bitiklaring merosdir özi,

Ötmişga taqalar hayot ildizi.

Söfiy Olloyorning hikmatli sözi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Turkiygöy Navoiy başorat qildi,

Beş doston – buzilmas imorat qurdi.

Bu esa şarafdan dalolat erdi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Ona tilim, bu kun qudrating oşdi,

El aro dovruğing – qiymating oşdi.

Özbek deb tanilding – hurmating oşdi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Şoirlar nazdida sözlaring guldir,

Bitikda har satr – izlaring guldir.

Sen borki, davlatim, diyorim guldir,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Öz tilin bilmagan elin sevolmas,

Kimki eldan yiroq, erkin yurolmas.

Özga bir tillarning zavqin surolmas,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Onalar allasin qilsa xirgoyi,

Çaqaloq yuzida kulgi – çiroyi.

Sensan faqat malham, dardga davoyi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Sözlar ziynatidan kamol topgan til,

Köngil bisotidan visol topgan til.

Buyuk meroslarni yaratolgan til,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

 

Dilsayyor bu oqşom quvonib boqdi,

Sözlar marjonidan gul-çeçak taqdi.

Qalbimda ilhomim daryodek oqdi,

Ona tilim, sendan faxrlanar el.

Xudoybergan JUMAMURODOV.

 

EʼTIROF

(Nilufar Xolboyevaga)

Eng yuksak mavqega qilib muyassar,

Köp tuyğu joy olgan bizning siynadan.

Borliqning gultoji deya insonni,

Haqning özi şular bilan siylagan.

 

Biri – qalblardagi mehr tuyğusi,

Doim olğa undab borguvçi quvvat.

Hayot gözalligin taʼminlab turar,

Yaxşilar könglida bölgan muruvvat.

 

Ular bor – ğaflatdan uyğonar dillar,

Köz oçar hattoki mudragan dunyo.

Şundan alloma-yu mumtoz şoirlar,

Mehrni bilganlar oftobday göyo.

 

Asli yaxşilarning qalblari bilan,

Tabiatda yaxlit bir boğlaniş bor.

Şu sababdan yer ham tekis aylanar,

Hamda qayta-qayta keladi bahor.

 

Turmuş maşaqqatin yuklab yelkaga,

Oila, rözğori taşvişin tortib.

Mehribon insonlar ilm-u hunarin,

Şogirdlarga berar özidan ortib.

 

Ularning qalbida Vatan degan söz,

Boğliqdir şogirdlar iqboli bilan.

Şu sababdan ne-ne mungli köngilning,

Hayotda munosib örni topilgan.

 

Ustozlar tufayli bardavom hayot,

Va köhna tarixdan şu narsa ayon:

Fidoyi insonlar bor ekan, şaksiz,

Yangi iqtidorlar bölar namoyon.

Ahmad Nafasov.

 

Tarqoq xayollar

Yana ilhom oğuşida mast...

Qalbim rangin tökkum qoğozga.

Neçun  faqat özim-çun yaşaş,

Nima berdim aziz onamga?

 

Tilda erur balki bor sevgim,

Gunoh ona, sizni bilmaslik.

Hayot – qaçon arziyman axir,

Armonim çin farzand bölmoqlik.

 

Yuragimda orzu va kuraş,

Ruhim içra samoviy qudrat.

Lek tirikman oldingda doim,

Boşim egik, etolmayman rad.

 

Menga ayon, hali oldinda,

Barin xira sezib turibman.

Şeʼrdan bölak baxtim, azizim,

Darddan ortiq neni olursan...

 

Istagayman, isyon közlarim,

Közingizga töqnaş kelmasin.

Haqdan sinov kelsa ham mayli,

Izimizda armon kulmasin.

 

Ezgulikdan bezab guldasta,

Yoruğlikni aylagum tilak.

Kelajakdan kulgu taralsin,

Qutluğ tonglar bölsin muborak!

Şahzod Anvar.

 

Keç söralgan uzr

Bugun boşim egib sörayman uzr,

Qança gunohlarim borligi uçun.

Şunda yoşingizni artasiz pinhon,

Keçiring, közingiz namligi uçun.

 

Dilingiz qançalar oğritdim, bilmam,

Aytganingiz qança qilolmadim ham.

Qöydim sizdan qança besöroq qadam,

Keçiring, soçingiz oqligi uçun.

 

Bilmadim, keçalar uxlamay bedor,

Tebratdingiz yotgan beşigim takror.

Men bugun şu haqda öyladim ilk bor,

Keçiring, beorom umringiz uçun.

 

Sizni qança aldadim, baʼzida çin,

Mening gunohimdir balki keksalik.

Aybimdir yuzingiz qoplagan ajin,

Keçiring, har çiziq, ajinlar uçun.

 

Bugun şeʼr yozyapman, böş sözlar bilan,

Oqlanarmi şunda farzandlik burçim.

Bunga umrim yetmasligin bilaman,

Keçiring, sözimning kamligi uçun.

Nodira YaNGIBOYeVA.

 

Sevdim, desam...

Sevdim, desam yolğon demanggiz,

Yolğon bölsa tiğsiz söyinglar.

Xayolimni obqoçdi bir qiz,

Unga meni maqtab qöyinglar.

 

Orqasida yurmayin daydib,

Işonçimni oqlab qöyinglar.

Men haqimda yaxşi gap aytib,

Şu qizga bir maqtab qöyinglar.

 

Menga bölsa aytar sözinggiz,

Töy kunimga asrab qöyinglar.

Öşa qizga tuşsa közinggiz,

Meni biroz maqtab qöyinglar.

 

Unga ayting Majnunlarga xos,

Telbalarga doirligimni.

Faqat sizdan bitta iltimos,

Aytib qöymang şoirligimni!

Komronbek Kamol,

M.Yusuf nomidagi jamoat fondi tomonidan ötkazilgan «Yoş ijodkorlar» festivalining Özbekiston Respublikasi bosqiçi ğolibi.

 

ZULFIYaXONIM QIZLARI

Siz şunçalar orastasiz,

Har yumuşda sariştasiz.

Barçinoy-u Kumuşdeksiz,

Zulfiyaxonim qizlari!

 

Quvonç-şodlik yuzingizda,

«Doim olğa» sözingizda.

Atlas köylak egningizda,

Zulfiyaxonim qizlari!

 

Arzigaysiz havas qilsa,

Yöllaringiz gulga tölsa.

Hamma qizlar sizdek bölsa,

Zulfiyaxonim qizlari!

 

Yursam deyman izingizdan,

Mardlik yuqsin qalbingizdan.

Harorat bor sözingizda,

Zulfiyaxonim qizlari!

Inobat ODILBOYeVA.

 

Hayot falsafasi

Tiniq osmon...

Samoda sayr qilib yurardi burgut,

Falakning gardişin qarangki şu on.

Qaydandir paydo böldi qop-qora bulut.

 

Şunda... Çaqmoq çaqib dovul boşlandi,

Quşlar pana joyda saqlardi sukut.

Vaqt ötmay osmonning közi yoşlandi,

Lekin mağrur uçib yurardi burgut.

 

Quşçalar qoçardi burgutni körib,

Hayvonlar panada jonin saqlardi.

Burgut-çi, u ötkir közlarin tikib,

Öljasini izlab, mağrur boqardi.

 

Şu payt eşitildi kuçli bir tovuş,

Burgut qoyalardan tuşib kelardi.

Örmonni larzaga soluvçi bu quş,

Oddiy bir ovçiga mağlub, qulardi...

Muhayyo Örinboyeva,

70-sonli maktab öqituvçisi. Köçat eking!

 

Köçat ekib, boğ yarating,

Çor-atrofga nur tarating.

Bu dunyoni yaşartirib,

Yangi olamlar yarating.

 

Har niholni quyoş quçib,

Tongda quşlar qönib, uçib.

Toza havolarni soçib,

Ona yurtga nur tarating!

Doniyor BOZORBOYeV,

8-sonli IDUM öquvçisi.

 

Ota-onam – davlatim

Dunyolar kerakmas, yonimda tursa,

Quvonsam, quvonib, baxtimni körsa.

Onam jannatimdir, otam – davlatim,

Ular borligidan gullaydi umrim.

 

Döstlarim tursalar yonimda, tikka,

Öşal dam yetgaydir boşlarim kökka.

Ota-onam körib döstlar himmatin,

Quvonsalar, şudir tengsiz davlatim.

 

Ota-onam doim bölsa yonimda,

Hayot zavqi jöş uradi qonimda.

Ular erur boşim uzra oftobim,

Ota-onam mening tengsiz davlatim.

Maftuna MURODOVA.

 

Yöllar

Har kimni har manzil tomon çorlaydi,

Unda baxt quyoşi mudom porlaydi.

Zamon ötaverar heç töxtamaydi,

Bepoyon orzuga çorlaydi yöllar.

 

Boğ-u böstonlarda oçilar gullar,

Gullarni körganda yayraydi dillar.

Ajib bir hislarni tuyar köngillar,

Jöşqin orzularga çorlaydi yöllar...

Şahlo QUROLOVA,

62-sonli maktab öquvçisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026