“Obod turmuş yili“ yangiliklari
Mahallada oziq-ovqat dökoni
Uzoq yillar xalq taʼlimi tizimida matematika fani öqituvçisi, yuqori malakali uslubçi, maktab direktori vazifalarida işlab, nafaqaga çiqqan Manğit şahrining Oybek nomli mahallasi faoli Roziya Qutlimurodova jamoatdan uzilib, uyida ötirib qolişni öziga ep körmadi. Mahalladoşlariga biron yengillik yaratişni öyladi. Mahalla guzarida oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi dökon oçib, savdo-sotiq işlarini yölga qöydi. Mahalla ahlining kundalik ehtiyoj mollarini keltirib, ularning, oğirini yengil qildi. Dökonda xaridorlar uçun yaratilgan şart-şaroitdan mahalladoşlari mamnun.
Maktab hududi obodonlaştirildi
Yangi 2013-2014 öquv yili uçun puxta taraddudni körib qöygan 22-sonli umumtaʼlim maktabida ayni kunlarda keng qamrovli obodonlaştiriş işlari olib borildi. Maktabning oçiq stadioni, yölaklar taʼmirlanib, daraxtlarga şakl berilib, oqlandi. Bundan taşqari, maktab joylaşgan hududdagi Manğit-Qipçoq guzar yölining maktab hududiga yaqin qismi maktabning texnik xodimlari tomonidan obodonlaştirildi.
Çet tili xonasi jihozlandi
Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligiga qaraşli 8-sonli ixtisoslaştirilgan Davlat umumtaʼlim maktabida yangi öquv yiliga tayyorgarlik işlariga bu yil alohida ahamiyat qaratildi. Ayniqsa, çet tillari böyiça fan xonalarini jihozlaşda yangi innovatsion loyihalarga keng örin berildi. 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan "Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni maktab çet tillar öqituvçilari uçun bu borada dasturilamal bölmoqda.
- Öqituvçilarning til örganişida uslubiy va körgazmali öquv qurollarining örni katta, - deydi maktabning ingliz tili fani öqituvçisi Raʼno Davletova. - Şu bois, çet tili sinfxonasini özbek va ingliz tillaridagi suratli plakatlar, savol-javoblar orqali aks ettirilgan suratli lavhalar bilan bezatdik.
Çunki bunday usullar öquvçilarning çet tilini örganiş imkoniyatini yanada oşiradi.
Öquvçilar kasb-hunarli bölişadi
"Böz yop” OFY hududidagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida öquvçilarni keyingi uzluksiz kasb-hunar taʼlimiga jalb qiliş bilan qamrab olişga alohida eʼtibor qaratilgani bois, maktabning 51 nafar bitiruvçi-öquvçilari yangi 2013-2014 öquv yilida özlari tanlagan kasb-hunar yönalişlari böyiça va akademik litseylarda öqişni davom ettiriş imkoniga ega böldilar.
"Mahalla kitobi” qöl kelmoqda
"Çoy köl” OFY raisi Raşid Yöldoşev rahbarligida tez-tez OFY faollari bilan uçraşuvlar, "Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari töğrisida”gi yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati xususida suhbatlar ötkazib, tuşuntiriş işlari olib boriladi.
- Uçraşuvlarda yiğin aholisi hayotiga oid muammolarni hal etiş çoralari köriladi, - deydi diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi R.Orziboyeva. – Bunda bizga "Mahalla kitobi” qöl kelmoqda.
Kun tartibida inson soğligi
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan taşkil etilgan körik-tanlovda "Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yanada yaxşilaşda, aholi orasida, ayniqsa yoşlarga soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda OAVlarning rolini oşiriş” mavzusidagi loyihasi bilan iştirok etib, Davlat granti sohibi bölgan "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati uşbu loyiha asosidagi rejaviy işlar va tadbirlarni muvaffaqiyatli bajarişga kirişdi.
Şu yilning 26-iyul kuni mazkur loyiha doirasida Manğit şahrining Beruniy mahallasi aholisi, tibbiyot xodimlari, tuman xotin-qizlar qömitasi xodimlari iştirokidagi "Soğlom turmuş tarzi – salomatligimiz garovi” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Davra suhbatida Beruniy MFY raisi Ş.Nurimbetov, tuman xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova, tuman "Salomatlik” markazi direktori J.Yavqaşov, markaz şifokori I.Sariboyev, tuman DSENM şifokori M.Norboyev, tuman tibbiyot birlaşmasi tuğruqxona bölimi şifokori Ş.Yoqubovalar mahalla aholisini qiziqtirgan savollarga javob beriş bilan birga, jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda har bir şaxsning tutgan örni haqida qiziqarli suhbatlar ötkazişdi. Loyiha muvofiqlaştiruvçisi A.Jumaniyozov va loyiha noziri O.Rajabovalar davra suhbati iştirokçilarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶