KELINNING QÖLI EGRI BÖLSA...
Bozorgul ena harbiyda işlaydigan öğlini, nevaralarini körib keliş uçun Farğona şahriga ketadigan böldi. Çoli tuşmagur ertadan keçgaça arnasoy böyidagi boğdan beri kelmaydi.
– Eksam-tiksam elga naf, mendan keyingilarga davlat-da, – deydi. Kenja öğli Narimonjon hali öqib yuribdi. Biri öqişni tugatsa, yana biri – magistr bölaman, dedi, böldi, endi olimlikning öqişiga kirib olgan. Sira uylanaman, demaydi. Katta kelini juda epli, har yili yozda, kuzda kelib turli şarbat-u murabbo deysizmi, marinadli tuzlamalarmi, möl-möl qilib tayyorlaydi. Xonadon ombori turli bankalarga töla.
Bozorgul ena bot-bot qöşni kelin ovqatmi, issiq nonmi olib çiqqanida bir banka konservalangan mevami, tuzlamami berib turadi.
Qöşnilari biram yaxşiki, baʼzan ularga "özing olib çiqaqol”, deb omborxona eşigini oçib beradi.
– Qizim, Farğonaga, Nurali akanglarnikiga ketayotirman, – dedi yon qöşnisining kenja kelini Noilaga. – Şu, Kamol bobongning oş-ovqatiga qarab turgin-a!
– Yaxşi borib keling, momo, özim qarayman, heç qayğurmang, – dedi muloyimlik bilan Noila.
Bozorgul ena ketgan kunning ertasiga tuşlikda Noila Kamol boboga bir kosa ovqat olib çiqdi. Hamma yoq suv quygandek jim-jitlik. Bozorgul ena tayinlagani uçun tovuqlarning don-dunidan ham xabar olib turgan Noila hovlini bir aylanib çiqdi. "Bobo hali boğdan qaytmabdi-da”, öyladi u. Haqiqatan ham Kamol bobo şu kuni boğida qolgan edi. Noila qarasa, omborxona eşigida qulf yöq, şu topda köngliga şayton oraladimi, qölidagi kosani çorpoyaga qöyib, asta omborga kirdi. Qator terib qöyilgan bankalarga qarab yurdi. "Ikkitasini olib çiqib ketsam, kim bilib ötiribdi?” – könglidan ötdi uning. Bankalarni oldi-yu, heç narsa körmaganday, çiqdi-ketdi.
Ikki haftalardan söng Bozorgul ena Farğonadan qaytib keldi.
– Noila, – dedi qaynonasi, – Bozorgul enang yöldan çarçab kelgan, aytib çiq, birga ovqatlanamiz.
Qöşnilar oçilib-soçilib ovqatlandilar. Bozorgul ena Farğonadagi kelini berib yuborgan pişiriqlarni dasturxonga qöyarkan:
– Şu kelinim juda pazanda-da, omborda qatorlaştirib qöygan bankalarning-ku sanoği yöq, – dedi ğururlanib.
– Ketişingizda ovora bölib ikki banka tuzlama qoldiribsiz, maza qildik, uyimizdagi tugagan edi, – dedi Noilaning qaynonasi Salima ena minnatdor ohangda.
Dasturxonga çoy keltirib qöyayotgan Noila közlarini olib qoçdi. Bozorgul ena sir boy bermadi.
– Hay, Salimajon, menda bor, sendayam bor, degani. Şunça yil seniki, meniki demadik, endi ham demaymiz. Muhimi, köngillar töğri bölsin, ha, köngillar toza bölsin.
Heç narsadan bexabar Salima ena qöşnisining gaplarini boş irğab maʼqulladi.
Bozorgul ena Noilaga heç narsa demadi. Noila ham "kampir bilmadi”, deb öylab qöydi.
Oradan beş-ön kunça vaqt ötib, Bozorgul ena Noilaga:
– Qizim, men Nukusga, Narimonjonni körgani ketayotirman, bugun öşa yoqda yotib qolaman, bobong ham boğda pişiqçilik, kelolmasa kerak. Şu, tovuqlarning don-duniga qarab tursang, – dedi. U ataylab omborxona eşigidagi qulfni kaliti bilan qoldirdi...
Nukusdan kelib, töğri omborxonaga kirdi. Belgilab qöygan bankalaridan uçtasi yöq edi. Bu haqda lom-mim demay, bir haftani ötkazib, Salima enanikiga çiqdi. Salima ena azbaroyi quvonganidan Bozorgul enani uy töriga ötqazdi.
– Sizga ming rahmat, – dedi rostmana minnatdorlik bilan. – Doim mening bolalarimning ham ğamini çekib yurasiz. Rustamjonning tuğilgan kunida ikki banka tuzlama bilan bir banka şarbat bergan ekansiz, Noila aytdi. Dasturxonga möl-kölgina yetganini körsangiz, Rustamjon ham rosa quvondi!
Bu gal Bozorgul ena qöşni kelinning "sir”ini oçişga qaror qildi.
– Noilaxon, qizim, – çaqirdi u hovlida timirskilanib yurgan kelinçakni. – Qani, beri kel, bolam.
Noila Bozorgul ena bu safar ham bilmaydi, degan işonç bilan supa yoniga kelib salom berdi.
– Barakalla, qizim, boşing omon bölsin, – dedi hamon sir boy bermay Bozorgul ena. – Qizim, men bergan bankalarni bi-i-ir qatorlaştirib qöyçi! Hali Farğonadan yozda çeçang kelsa, kerak böladi.
Noila şoşib qoldi. Közini yerdan uzmay, asta orqasiga burilayotgan edi-ki, Bozorgul ena yana gap qotdi.
– Töxta, kelin, avval men bankalarni qanday berganimni va qanday olib çiqqaningni qaynonangga aytganingday qilib bi-i-ir aytib ber...
Noila ham uyatdan, ham noqulay holatidan yiğlab yubordi.
– Yiğlama, – dedi Bozorgul ena. – Şularni yolğon aralaştirmay, öğirlamay, sörasang ham berardim, qizim! Mening omborimda turganidan Salimajonning bolalari yeb, lazzatlangani yaxşi. Sen bir emas, ikki marta yolğonga yurding. Ikki bora omonatga xiyonat qilding. Qaynonang, ering, mehmonlaringga öğirlik luqma yedirding! Şu işni bir oğiz özimga aytib qilganingda olam guliston edi. Mayli, men roziman, bolam, lekin qilgan gunohingga rozi emasman. Toki bu odatingni taşlamas ekansan, men senga heç qaçon işonmayman. Elda bir gap bor:
– Kelinning qöli egri bölsa, avval erni, söngra elni quritadi.
– Salima, – dedi ketar çoğida Bozorgul ena – bu iş sodir bölmadi, men heç narsa körmadim va demadim. Sen ham şunday qil, bu gap elga oralamasin. Kelin feʼlini töğrilasin!
Noila uyatdan qaltirab-qaqşab yiğlagança ikkala kampirdan keçirim söradi.
Sandiqni oçgan
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶