16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:11
Adabiyot 👁 478

Olim boʻlsang olam seniki, kitob oʻqisang...

Olim boʻlsang olam seniki, kitob oʻqisang...

Aslida har kimning oʻz dunyosi bor, har bir insonning oʻz haqiqati bor. Ana shu haqiqatni anglab yetishda, hayotda nima toʻgʻri-yu, nima notoʻgʻri ekanligini tushunib yetishda esa bizga kitoblar yordamga keladi.

Nigoh tashlasangiz, kitob oʻqiydigan inson bilan kitob oʻqimaydigan insonning jisman farqi yoʻq. Biroq, ikkisi oʻrtasidagi falak bilan yerchalik farq ruhiyatda, maʼnaviyatda. Chindanda, baʼzida adabiy va maʼnaviy olami boy boʻlgan odam bilan suhbatingiz soz, davra fayzli, koʻngillar obodday tuyuladi goʻyo. Haqiqatan shunday. Koʻngil mulki badavlat, kitoblar dunyosiga oshno inson har doim qadrli va ibratli boʻladi.

Demak, kitob insonni ulugʻlaydi!

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant loyihasining maqsadi esa jamiyatdagi ana shunday maʼnaviyati boy oʻquvchi yoshlarni izlab topish, ularning kitoblarga doʻst tutinishi va yuksak salohiyatli, komil insonlar boʻlib yetishishiga zamin yaratishdir.

Yaqinda ushbu grant loyihasi doirasida Amudaryo tumanining 3-sektori hududidagi Kuyuk koʻpir ovulida joylashgan 14-sonli maktabga tashrif buyurdik.

Gazeta tahririyati va Amudaryo televideniyesi tahririyati bilan hamkorlikda oʻquvchi yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida tashkil qilingan “Kitobxon yoshlar” tadbirida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi fotomuxbiri Mahmudjon Shomurodov, 14-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Jasur Sidabullayev, shu maktabning qozoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Mayra Umirbayeva, Amudaryo televideniyesi muxbiri Aziza Madrahimova hamda maktabning bir guruh kitobxon yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Jasur Sidabullayev ochib berdi. U oʻz soʻzida bugungi globallashuv jarayonida yoshlar kitobga emas, balki, koʻproq telefonga bogʻlanib qolayotganini taʼkidlab, oʻquvchining shaxs sifatida kamol topishida avvalo kitob eng yaxshi va ishonchli doʻst ekanligini urgʻuladi.

Gazeta muxbiri Mahmudjon Shomurodov esa ijodga qiziqadigan, kitobxon oʻquvchilar uchun “Jayhun ilhomlari” NNT qoshidagi kutubxona eshiklari har doim ochiq ekanligini aytib, kitobxonlikning ahamiyati haqida gapirdi.

Shundan soʻng, Amudaryo televideniyesi muxbiri Aziza Madrahimova inson kamolotida badiiy kitoblarning oʻrni haqida gapirib, maʼnaviyatli inson boʻlishning kaliti – kitob oʻqish va uni uqish ekanligini sodda va samimiy yoʻsinda tushuntirdi.

Darhaqiqat, oʻquvchilarni kitobxonlikka jalb qilishda, ayrim yoshlarning telefon sabab “virtual” boʻlib qolgan hayotiga maʼrifat ziyosini olib kirishda aynan adabiyot fani oʻqituvchilarining oʻrni beqiyosdir. 14-sonli maktabning qozoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Mayra Umirbayeva ana shunday ziyoli oʻqituvchilardan. Tadbir davomida u oʻquvchilarga oʻzi oʻqigan badiiy kitoblardagi hikmatli soʻzlarning magʻzini uqtirib, inson hayotida ikkita nur borligini: biri – quyosh nuri boʻlsa, ikkinchisi – kitoblardan olinajak maʼrifat nuri ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbir oʻquvchilarning qozoq va oʻzbek adabiyoti namoyondalarining durdona sheʼrlaridan parchalar oʻqishi bilan davom etdi. Larisa Pirjanova, Guljayna Toʻxtasinova kabi oʻquvchilar qardosh qozoq xalqining mashhur shoiri Abay ijodidan namunalar oʻqidi.

Ha, har narsa tilda aytilishi oson. Biroq, amalda bajarilmasa foydasi yoʻq. Demoqchimizki, uyda yoki shaxsiy kutubxonangizda kitob koʻp boʻlsa-yu, lekin ularni oʻqimasangiz, uqmasangiz, kitoblarni chang, shuuringizni “mogʻor” bosadi. Bunday boʻlmasligi uchun harakatni, mutolaani ayni zamon boshlang, aziz kitobxon! Shu kabi ezgu fikrlar ila taʼlim maskaniga tashrifimizni yakunladik.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026