Jayxun ilhomlari
UMR – DARYo
Men umrni öxşatdim oqar daryoga,
Jilğa bölib boşlanar aslida hayot.
Eng gözal manzilim – yoşlik mavjida,
Şoşilib-entikib yetdim voyaga.
Oyoğim baʼzida yerga tegadi,
Baʼzida tegmayin yelib boraman.
Yoşligim şuuri qayerda qoldi,
Men şuni bilolmay doğda qolaman.
Ötgan yöllarimga qayrilib boqsam,
Juda olislarda qolib ketibdi.
Qançalik soğinmay, qançalik kuymay,
Çehram gözalligin olib ketibdi.
Umrim ötayapti suv kabi oqib,
Orzular köp edi, dilda armonlar.
Men unga yetişib, erişib bölmay,
Ötib ketgan ekan qança davronlar.
Gar soğinib boqsam, uzoq ötmişga,
Közim ilğay olmas uning izlarin.
Oqlar ham oralab mayin soçimga,
Xira tortgan bugun çaros közlarim.
Gar biz istasak, istamasak-da,
Bosib boraverar keksalik toşi.
Yoşligim xotirlab, gözal yoşligim,
Şaşqator böladi közimning yoşi.
Esimda: talabalik davrlar edi,
Toşkent oqşomi gözal va sokin.
Xuşçaqçaq kulardik döstlarimiz-la,
Orzular bir olam, qalblarda hokim.
Döstlarim şöx edi, qalbi beğubor,
Biri Qaşqa, biri Surxon dilbandi.
Sölim Farğonadan edi Zulxumor,
Men esa Amuning şöx bir farzandi.
Barimiz şöx-şaddod, baxtiyor edik,
Dunyoda özimiz tengsiz sezardik.
Köçalar guvohdir, xiyobon guvoh,
Göyoki jannatning boğin kezardik.
Mana, yillar ötdi, şafqatsiz oqim,
Meni uzoqlarga oqizib ketdi.
Ming afsus, betakror, gözal yoşligim.
Tölqinlar qaʼrida yöqolib ketdi.
Men umrim öxşatdim oqar daryoga...
Guloyim Aytboyeva,
Melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kolleji öqituvçisi.
Iqbol tongi
Yana çiqdim sahar tongni körmoq-çun,
Netay, axir tongni beadad sevsam.
Hatto doş berolmas allalagan tun,
Közlarim uyquni itqitar, yumsam.
Sokin tun bağrida uxlar badiiyat,
Mangu qonun şarhin qadrlab, qöllab.
Tong – mehmon, men – mezbon qölim köksimda,
Şukr tönin kiydim salomim yöllab.
Huv ana, körinar çaqnab tong, yulduz,
Ufqning boşida yorqin toj bölib.
Taroqning tişiday nurlar taralib,
Yangi tong otmoqda iqbolga tölib.
Zulfiya OLLOYoROVA.
Otam sözlari
Otam sözlariga hayron bölardim,
Nonga zor bölganmiz baʼzan, desalar.
Non tişlab könglim zil, vayron bölardim,
Şukur, non köpaydi, arzon, desalar.
Guldirab ketganda tunmi, tong samo,
Qitʼa, yurt, ellarda xavf zarbin sezib.
Muhtojlik azobin totmay jon, ammo,
Muhtojlik nolasin eşitdim tözib.
Dasturxon ustida rizqim bor bölsa,
Buğdoyzor şovullab tursa beorom.
Bolalar oç bölsa, yerda xor ölsa,
Qandoq tomoğimdan ötadi taom.
Ertangni öylayman çöçib dafʼatan,
Butun bölarmikan dunyo, nasibang?..
Çinoroy ÖRINBOYeVA.
Baxtli yurt farzandlari
Ey, mening bolajon, mehmondöst ölkam,
Boğ-u çamanlari şunçalar körkam.
Senga sodiq böliş bizning burçimiz,
Bağringda baxtlidir har bir öğil-qiz.
Musaffo osmon-u, zilol suvlaring,
Köm-kök adirlar-u, baland toğlaring.
Seni dildan his qilib, közlar quvonar,
Quçoğingda barça şod-xurram yaşar.
Gullarga boy, gözal Namangan şahring,
Farğona, Andijon, Samarqandlarda.
Bobolarim qurgan zör binolaring,
Sening noming öçmas mangu dillarda.
Mustaqilsan, butun dunyo tan oldi seni,
Men ham sening bağringdagi farzanding.
Köklarga kötaraman bayroğing, albat,
Madhingni baralla kuylar Inobat.
Inobat Odilboyeva, Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi.
Hayot, menga tegma...
Men hali gödakman, juda ham yoşman,
Hayot, menga tegma, sinovingni qöy.
Men hali toşlarga tegmagan boşman,
Hayot, menga tegma, öyinlaring qöy.
Sabrim yöq azobga, qiynoqlarga heç,
Baxtni ham, dardni ham tuşunmayman men.
Sen neçun qiynaysan meni erta keç,
Hayot, aslo tegma, çidolmayman men.
Onamning bağridan hali ketgim yöq,
Qalbida quvonç-la, yaşasam deyman.
Men yaşab ötayin sendan könglim töq,
Şu hayot maʼnosin anglasam deyman.
Qaniydi, yaşasang bir umr baxtli,
Heç kim azob bermasa, bölsang baxtiyor.
Qaniydi, bölolsang vafoli, ahdli,
Xudo ham yetkazsa eng vafoli yor.
Hayot, menga tegma, sinovingni qöy,
Insonlar quvonçin körib, zavqqa töy.
Dildora RAJABOVA,
Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçisi.
Xulosa
(Xiyonatkorga)
Olislardan turib qilma xulosa!
Duç kelgan inson-la etma murosa!
Gap tegsa, özni etma mudofaa,
Iforsiz gul bilan bir bor yaşab kör!
Xiyonatkor kimsaga aytar sözim yöq,
Men uni körişga körar közim yöq.
Qalbimga otgandir taqdir kamon öq –
Iforsiz gul bilan bir bor yaşab kör!
Holimni köribsan, şukringni ayla,
Sözlarim botmasin, fikringni ayla.
Yaxşimi, yomonmi, yölingni angla,
Iforsiz gul bilan bir bor yaşab kör!
Şunda çiqarasan qatʼiy xulosa:
«Garçi gul bölsa-da, misli alaf-a?»
Yuzingni burgança eng sönggi dafʼa,
Mayin iforlarga bağring oçib kör!
Maqsud Rahmatullayev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶