16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:01
Jamiyat 👁 2,767

Rahmat va magʻfirat oyi

Rahmat va magʻfirat oyi

Bismillahir rohmanir rohiym!

Alloh taolo Ramazoni-sharif oyida kishilarni hidoyat sari boshlovchi, insoniyatga baxt-saodat yoʻllarini koʻrsatuvchi Qurʼoni karimni nozil qilgan. Shuning uchun bu kunlarni kechalari toat-ibodatda, kunduzlari roʻzador boʻlish bilan oʻtkazamiz.

Ramazon roʻzasi Qurʼon va hadis orqali musulmonlarga farz boʻlgan amallardandir. Bu haqda Alloh taolo Qurʼoni karimda: «Ey imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli boʻlsangiz» («Baqara» surasi, 183-oyat). Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom: «Kimki Ramazon oyida roʻzaning farzligiga ishongan va Alloh taoloning roziligini istagan holda roʻza tutsa, uning oʻtgan gunohlari kechiriladi», - dedilar.

Roʻzaning mukammal boʻlishi uchun roʻzador yolgʻon soʻzlash, igʻvo va boʻhton qilish, noloyiq soʻzlar bilan oʻzgalar dilini ogʻritish kabi illatlardan oʻzini saqlashi lozim. Bu borada Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v)ning muborak hadislarida: «Qaysi bir roʻzador yolgʻon gapirish va unga amal qilish kabi gunohlarini tark etmasa, unday kishining faqat yeb-ichishini tark etib yurishiga Alloh muhtoj emas»,- deb marhamat qildilar.

Ramazoni-sharif toat-ibodat, qut-baraka, baxt-saodat oyidir. Shuning bilan birga, bu oyda gunohlar magʻfirat etilib, tavba-tazarrular, chin ixlos va eʼtiqod ila qilingan duolar mustajob boʻlib, qalblar taskin topadi, qilingan xayrli ishlar savobi bir necha bor ziyoda qilingan holda qabul qilinadi. Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislarida: «Agar ummatlarim ramazondagi fazilatlarni bilganlarida edi, yilning hammasi ramazon boʻlishini orzu qilardilar», - deganlar. Chunki ramazondagi toat-ibodatlar maqbul, duolar mustajob, gunohlar magʻfirat, jannat roʻzadorlarga mushtoq boʻladigan oydir.

Bu oyda mehr-muruvvat, saxovat, oliyhimmatlik koʻproq qilinadi, gina-kuduratli insonlar ham bir-birlariga quchoq ochadilar, oʻzaro uzr soʻrashadilar. Bilamizki, kechirimli va mehr-shafqatli boʻlish har bir musulmon uchun ham qarz, ham farzdir.

Bu oyda musulmonlar ulkan savoblar umidida eng ezgu ishlarni amalga oshiradilar. Alloh taoloning yaxshi ishlar uchun ajru mukofotlarni bir necha barobar koʻpaytirib ato etadigan bu kunlarni gʻanimat bilib, gunohlardan poklanishga, xayrli ishlarni koʻpaytirishga shoshilmogʻimiz lozim. Roʻzador kishi oʻzini turli nojoiz amallardan va shahvatga chorlovchi holatlardan ehtiyot qilib asrasa, aziz va hurmatli insonga aylanadi. U oʻzining odamiyligini va mayliga tobe hayvonlardan farqli ekanini sezadi. Shuningdek, roʻza roʻzadorni boshqalarga rahmdil va mehribon boʻlishga oʻrgatadi. Inson roʻza orqali oʻz qadrini biladi va zaif ekanini ham xis qiladi. Kim oʻz qadrini yaxshi bilsa, unga yaxshiliklar eshigi ochiladi va toʻgʻri yoʻlda boʻladi. Roʻzador qachon oʻzida ochlik va chanqoqlikni sezsa, oʻzi kabi ochlik va chanqoqlik azobini tortayotgan kambagʻal va bechoralarga yaxshilik etishga harakat qiladi. Insonlarga yaxshilik qilish, ularga ehson va yordam berish roʻzaning eng ulugʻ belgilaridan ekani namoyon boʻladi.

Roʻza oʻzining mana shunday sifat va koʻrinishlari bilan barcha musulmonlarni hayotda oʻzaro yaxshilik yoʻlida hamkorlik qilishga, imon, xolislik va samimiylik bilan yaxshi amallarni qilishga targʻib va tashviq qiladi. Koʻngli va qoʻlini ochib, feʼlini kenglik va saxovatpeshalik hamda yaxshilik fazilatlari ila bezab, roʻzador boʻlgan hamyurtlarimizning Alloh yoʻlidagi barcha amallarini Yaratganning oʻzi qoʻllab, ulugʻ Ramazon oyining barcha savoblariga musharraf etsin.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.


A.MATSAFOYeV,

"Yusuf Eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.

(Foto - http://muslim.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026