ISTEʼDODLI XONANDA RAHMATJON
Amudaryoda isteʼdodli yoşlar köp. Sport, sanʼat, şeʼriyat, ilm-fan va boşqa yönalişlarda öz iqtidorini namoyon etib kelayotgan, elimiz faxriga aylangan qobiliyat egalari diyorimizni dunyoga tanitmoqda. Bugungi kunda biri çempion, biri şoira, biri sanʼatkor, yana biri bilimdon va zukko bölgan yoşlarga havas qilib, orzu-maqsadlari yölida intilayotgan yigit-qizlar safi ortayotgani juda quvonarli.
Sanʼat olamiga endigina qadam qöygan, özining muallifligidagi qöşiqlari bilan elimizda tanila boşlayotgan sozanda va xonanda Rahmatjon Örozimbetov ham isteʼdodli yoşlardan. U ayni paytda Çoyköl ovulidagi Madaniyat markazida estrada tögaragi rahbari bölib işlaydi. Rahmatjon ijrosidagi xalqona qöşiqlar allaqaçon öz muxlislarini topgan. Xuşovoz xonandaning çiqişlari, nafaqat yoşlar, balki kattalarga ham juda manzur bölmoqda.
Rahmatjon 1995-yilda Qipçoq ovulida tavallud topgan. Uning sanʼatga, musiqaga qiziqişiga dadasi Ollambergan aka sababçi böldi. Köpinça oila davrasida ötirişganida Ollambergan aka doira çalar, bunday lahzalar ular uçun juda zavqli edi. Doirani yaxşigina çaladigan Ollambergan akani töy-haşamlarga xizmatga tez-tez çaqirib turişar, gohida katta farzand Rahmatjon ham unga ergaşardi. Şundanmi, u kiçikligidan soz çalişga havasmand böldi. Ovuldagi 18-sonli maktabda öqiy boşlagan Rahmatjonning eng sevimli darslari qatoriga musiqa darsi ham qöşildi. Musiqa öqituvçisi Erkaboy Xöjaniyozov undagi isteʼdodni payqab, alohida şuğullana boşladi.
Rahmatjonning qönğiroqdek ovozi borligi uçun unga musiqaga moslab qöşiq kuylaşni ham örgata boşladi. Keyinçalik uning qöşiqlari maktabdagi tadbirlarda yangray boşladi. Ota-onasi ham farzandidagi qiziqişga qarab, uning ovuldagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga tögarak maşğulotlariga qatnaşişiga imkoniyat yaratişdi. Musiqa maktabiga 3-sinfligidan qatnay boşlagan isteʼdodli Rahmatjon 9-sinfga qadar ustozi Töliboy Hayitboyevdan doira, surnay va qöşnay çalişni mukammal örganib oldi. Şu paytlarda turli körik-tanlovlarda, tadbirlarda faol qatnaşdi, sovrinli örinlarni qölga kiritib, barça yaqinlarini yanada quvontirdi.
Rahmatjon uçun musiqa hayot mazmuniga aylandi. U 9-sinfni tugatganidan söng, Ellikqalʼa tumanidagi Otajon Xudoyşukurov nomli Sanʼat va pedagogika kollejida anʼanaviy çolğu ijroçiligi yönalişida tahsil oldi. Uşbu maskanda bolomon va klarnetda ham kuy çalişni örgandi. Mahoratli ustozlardan sanʼat olamining sir-asrorlarini töliq bilib olişga harakat qildi.
Maromiga yetkazib çalgan navolari, xuş ovozda kuylagan qöşiqlari el nazariga tuşa boşlagan Rahmatjon 2018-yilda tahsilni Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutida musiqiy taʼlim yönalişida davom ettirdi. Öqişni tugatguniça sanʼat sohasida közga körinişga ulgurgan yoş isteʼdod egasi tumanga kelganidan söng, Çoyköl madaniyat markazida iş boşladi. Öz ustida işlaşda davom etayotgan Rahmatjon özining muallifligida qator qöşiqlar yaratdi. Ayniqsa, ellikqalʼalik şoir Xursand Karimov qalamiga mansub “Hayotimsan”, Yoqdi mani”, qöşiqlari, elimizdagi havaskor ijodkorlar şeʼrlaridan yaratgan “Amudaryo qizlari”, “Döstim” deb nomlangan qöşiqlari muxlislariga juda manzur böldi.
Hozirgi kunda estrada yönalişida 20 nafarga yaqin yoşlarga musiqadan saboq berib kelayotgan yoş xonandaning kelgusidagi rejalari katta. U mutoz yönalişda ham qöşiq kuylab, öz repertuarini yanada boyitiş, xilma-xil mavzularda xalqning dilidan joy oladigan köplab qöşiqlar yaratiş niyatida.
Mamlakatimizda yoşlar kamoloti yölida yaratilayotgan çeksiz imkoniyatlardan unumli foydalanyotgan Rahmatjon singari yoşlar jamiyatda öz örnini topişga, maqsadi sari intilib, xalqqa nafi tegadigan insonlar bölişga harakat qilişmoqda. Endigina elga tanilayotgan yoş xonanda yurt xizmatida bölib, xalqimiz eʼtirofiga sazovor bölişni eng katta baxt deb biladi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶