ISTEʼDODLI YoŞLAR – YuRTIMIZ FAXRI
Mamlakatimizda aholi, ayniqsa olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam oliş xizmatlari körsatiş darajasini oşiriş, barça hududlarda teatr, tsirk va boşqa turdagi ommaviy-madaniy va kontsert tomoşa tadbirlarini tizimli ravişda yölga qöyiş, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yoş ijodkorlarni izlab topiş va qöllab-quvvatlaş, isteʼdodlarini namoyiş etişlariga şaroit yaratiş borasidagi amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar özining ijobiy natijalarini berayotir. Xususan, çekka hududlarda faoliyat yuritayotgan Madaniyat markazlari tögaraklarida faol iştirok etayotgan yoşlar orasidan turli nufuzli körik-tanlovlar ğoliblari yetişib çiqmoqda, tögaraklar aʼzolari tomonidan turli muhim sanalar, qutluğ bayramlar munosabati bilan ötkazilayotgan madaniy kontsert tomoşalari tobora keng aholini qamrab olmoqda.
Qangli ovulida joylaşgan Qangli Madaniyat markazi xususida ham xuddi şunday fikrlarni bildirişimiz mumkin. Ötgan yillar mobaynida markaz tögaraklarining iqtidorli iştirokçilaridan şakllantirilgan badiiy jamoa tumanimiz miqyosida ötkaziladigan turli bayram tadbirlarida. Köngiloçar tomoşalarda iştirok etişib, çiqişlari xalqimizga manzur bölmoqda.
Ayni kunda mazkur madaniyat markaziga Rajabboy Eşboyev rahbarlik qilmoqda. Muassasa öz faoliyatini hududdagi 67-, 29-, 39-, 61- va 74-sonli umumiy taʼlim maktablari bilan hamkorlikda taşkil etgan. Uşbu taʼlim maskanlarining öquvçi-yoşlari Madaniyat markazida faoliyat yuritayotgan rubob, baxşiçilik tögaraklari, estrada xonandaligi va gitara tögaraklari maşğulotlariga faol qatnaşib, musiqa va sanʼat sohasida maktablarida olgan bilimlarini mustahkamlab, iqtidorlarini yuksaltirmoqdalar. Olimboy Eşimbetov rahbarligidagi rubob, Davronbek Yendirboyev rahbarligidagi estrada xonandaligi, Alişer Xudoyberganov rahbarligidagi gitara çolğusi tögaraklarida musiqa va sanʼat sirlarini örganayotgan 40 nafardan ziyod yoşlarning yilning har çoragidagi hisobot kontsertiga soha xodimlaridan taşqari ovul aholisi ham iştirok etadilar va kontsert dasturini tomoşa qilib, madaniy hordiq çiqaradilar.
Samandar Abdullayev estrada xonandaligi tögaragi aʼzosi, qöşimça rassomlik, baxşiçilik tögaraklariga ham qatnaşadi. 2004-yilda tuğilgan bu isteʼdodli yigit ikkinçi guruh nogironi bölişiga qaramay, öz ustida tinmay işlaydi, köp şeʼrlar öqiydi va öziga maʼqul bölganini tanlab, mustaqil kuy bastalab, özi ijro etadi. Könglidagi qöşiqqa siğdira olmagan his-tuyğularini, olam rangini böyoqlarda aks ettirişga intiladi.
U ötgan yili nogironligi bölgan yoşlar örtasida ötkazilgan “Vatan mening nigohimda” nomli rasmlar tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi. U asosan portret janrida ijod qiladi. Şuningdek tabiat manzaralarini çizişga ham qiziqadi.
Samandar Abdullayev Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qöşiqçilari tanlovi, “Yagonasan muqaddas Vatan!” qöşiqlar tanlovi tuman bosqiçida ham muvaffaqiyatli qatnaşdi va ijrosi tinglovçilarga maʼqul böldi.
U ötgan yili umumiy örta taʼlim maktabini tugatdi, biroq oliygoh talabasi böliş nasib etmadi. Uning maqsadi sanʼat yönalişida oliy taʼlim olib, yoşlarga örgatişdir.
Uning qiziqişlarini dadasi Yoqubboy Abdullayev, akalari ham hurmat qilişadi. Boisi dadasining özi sanʼat şinavandasi, doira, rubob çalişdan zavq oladi, farzandlarini ham sanʼatsevar qilib tarbiyalaşga intilgan. Butun oila jam bölib ötirgan vaqtlarida rubob, doira “tilga” kirib, şöx qöşiqlar yangraydi, özlari bundan çeksiz zavq olişadi. Samandar uçun esa buningday maşğulotlar şunçaki qiziqiş emas, tanlagan ixtisosligi. Uning isteʼdodini imkon qadar yuksaltirişga intilayotgan Qangli Madaniyat markazi ijodiy xodimlari tögarak maşğulotlarini avj oldirişayapti.
- Sanʼatda öz sozi, ovoziga ega şunday yoşlar köpligi barça uçun quvonarli, - deydi tuman Madaniyat bölimi mutaxassisi Nasiba Eşçonova.
Ha, çindanda iqtidorli, isteʼdodli yoşlar yurtimiz faxri. Samandar Abdullayevga esa ijodiy barkamollik tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶