RAHMAT VA MAĞFIRAT OYI
Alloh taolo Ramazoni şarif oyida kişilarni hidoyat sari boşlovçi, insoniyatga baxt-saodat yöllarini körsatuvçi Qurʼoni karimni nozil qilgan. Şuning uçun bu kunlarni keçalari toat-ibodatda qoim, kunduzlari rözador böliş bilan ötkazamiz.
Ramazon rözasi Qurʼon va hadis orqali musulmonlarga farz bölgan amallardandir. Bu haqda Alloh taolo Qurʼoni karimda: "Ey imon keltirganlar!Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham röza tutiş farz qilindi, şoyad (u sababli) taqvoli bölsangiz” (Baqara, 183-oyat), - deya bandalarni köngil sofligiga çaqiradi.
Payğambarimiz Muhammad alayhissalom: "Kimki Ramazon oyida rözaning farzligiga işongan va Alloh taoloning roziligini istagan holda röza tutsa, uning ötgan gunohlari keçiriladi” - dedilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo Odam bolasining hamma amali özi uçun, faqat röza Men uçundir va uning mukofotini Men – Özim berurman, dedi. Röza saqlovçidir. Qaçon qaysi biringiz rözador bölsa, fahşdan gapirmasin va baqir-çaqir qilmasin. Agar birortasi u bilan sökişmoqçi yoki urişmoqçi bölsa, men rözadorman, desin. Muhammadning joni qölida bölgan zot ila qasamki, albatta, rözador oğzining hidi Allohning nazdida muşkning hididan xuşböyroqdir. Rözadorga ikki xursandlik bordir. U ikkisini ham yaşagay. Qaçon iftor qilsa xursand bölgay va qaçon Robbisiga muloqot bölganda rözasi ila xursand bölgay”, - dedilar”.
Rözaning mukammal bölişi uçun rözador yolğon sözlaş, iğvo va böhton qiliş, noloyiq sözlar bilan özgalar dilini oğritiş kabi illatlardan özini saqlaşi lozim. Bu borada Payğambarimiz Muhammad (s.a.v)ning muborak hadislarida: "Qaysi bir rözador yolğon gapiriş va unga amal qiliş kabi gunohlarini tark etmasa, unday kişining faqat yeb-içişini tark etib yurişiga Alloh muhtoj emas”, - deb marhamat qildilar.
Ramazoni şarif toat-ibodat, qut-baraka, baxt-saodat oyidir. Şuning bilan birga, bu oyda gunohlar mağfirat etilib, tavba-tazarruʼlar,çin ixlos va eʼtiqod ila qilingan duolar mustajob bölib, qalblar taskin topadi, qilingan xayrli işlar savobi bir neça bor ziyoda qi-lingan holda qabul qilinadi.
Payğambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislarida deydi: "Agar ummatlarim ramazondagi fazilatlarni bilganlarida edi, yilning hammasi ramazon bölişini orzu qilardilar”. Yana bir hadisda aytadilarki: "Ramazon oyining birinçi ön kunligi Rahmat, ikkinçi ön kunligi mağfirat va uçinçi ön kunligi dözaxdan xalos böliş kunlaridir”.
Rahmat nafaqat Alloh taoloning bandalarga rahmati, balki bandalarning bir-birlariga rahmli-şafqatli bölişini ham öz içiga oladi. Öz ixtiyori bilan oç qolgan, taşna bölgan odamda öz-özidan rahm-şafqat hislari uyğonadi. Özgalarga yaxşilik qiliş tuyğulari kuçayadi. Buni röza tutgan har bir odam darhol mulohaza qiladi. Ayniqsa oçlik va taşnalikni öz tanasida sinab körgan şaxs, turli sabablarga köra doimo oç qolganlarga rahm-şafqat qiliş lozimligini töla tuşunib yetadi. Şuning uçun ham, rözadorlardan kambağal-miskinlar foydasiga xayr-sadaqa qiliş köpayadi.
Röza tufayli musulmonlar içida özaro tenglik, birodarlik, mehribonlik aloqalari yana ham ortadi. Boy-badavlat kişilar, podşoh va hokimlarning saroylari-yu qasrlarida ham, kambağal, beva beçoralarning kulbalarida ham bir xil holat, bir xil ruhoniyat hukm suradi. Balki, saroy va qasrlarning eşiklari oçilib, kambağallar içkariga taklif etilib, aziz va möʼtabar mehmonlarga aylanadilar. Yoki aksinça, boylar, amirlar, hokimlar boşlarini egib, kambağal, beva-beçoralarning kulbalariga iftorlik, xayr-sadaqa, zakotlarini kötarib borib, Alloh uçun qabul qilişlarini söraydilar.
Imom Buxoriy va Imom Muslimlar Abdulloh ibn Abbos ro-ziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: "Rasululloh sallollohu alayhi vasallam eng saxiy odam edilar. U kişining eng saxiy bölişlari Ramazonda bölar edi”, deyilgan. Demak, Ramazoni şarif oyining savoblari faqat rözador bölişdagina emas, balki atrofimizdagi ğarib-u miskin, kam taʼminlangan kişilarga körsatadigan mehr-muruvvat hamda xayr-ehsonlarimizda ham namoyon böladi.
Yusuf eşon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.
(Foto - http://www.uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶