XAVFLI KASALLIKLARNING OLDI OLINADI
19-iyun kuni tuman hokimligining favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasi majlisi boʻlib, unda "Amudaryo tumanida Qrim-Kongo gemorragik isitma va kuydirgi kasalliklari boʻyicha epidemik va epizootik vaziyat hamda bu kasalliklarning oldini olish borasida kechiktirib boʻlmaydigan profilaktik chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi masala muhokama etildi.
Majlisda tuman hokimi S.Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi FFV Boshqarmasi xodimi B.Abdugʻaniyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya boshqarmasi xodimi A.Jumamurotov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi DSENM xodimi I.Boynazarov, komissiya aʼzolari, tegishli korxona hamda tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Majlisda soʻzga chiqqan rahbarlar hamda mutaxassislarning fikr va mulohazalariga asosan Qrim-Kongo gemorragik isitma va kuydirgi kasalliklari tarqalishining oldini olish yuzasidan barcha chora-tadbirlarni belgilash, bu masala boʻyicha tegishli soha xodimlarining masʼuliyatini oshirish va sanitariya-targʻibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan qaror qabul qilindi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶