Yurt obod, el farovon
ÖzA, A.Ortiqboyev, 30.07.2013 13:59
Eng uluğ, eng aziz bayramimiz – Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yilligi tobora yaqinlaşmoqda. Mamlakatimizda uşbu qutluğ sana oldidan amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlarini sarhisob qilib, navbatdagi marralarni yana bir bor belgilab oliş yaxşi anʼanaga aylangan.
Bu borada Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan işlar xususida tuman hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Rajabboy Yöldoşev Özbekiston Milliy axborot agentligi – ÖzA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:
– Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan keng kölamli islohotlar tufayli yurtimiz tobora obod va farovon bölib, barça yutuğimizning bunyodkori bölgan xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqaraşi, işga, hayotga munosabati tubdan özgarib, ertangi kunga, öz kuçi va imkoniyatlariga işonçi mustahkamlanib borayotir.
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimiz iqtisodiyotida ham barqaror ösiş surʼatlari taʼminlanib, ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar qölga kiritilmoqda.
Sanoat salohiyatini rivojlantiriş maqsadida 2013-2015-yillarda tumanni kompleks rivojlantiriş dasturi işlab çiqilib, izçillik bilan amalga oşirilayotir. Uşbu dastur doirasida investitsiya loyihalari dasturi, mavjud sanoat korxonalarini töliq quvvatda işlatiş, böş turgan bino va inşootlarda işlab çiqarişni taşkil etiş hamda tijorat banklari tasarrufidagi korxonalarning işlab çiqariş hajmini oşiriş hisobidan kam quvvatli, iqtisodiy noçor korxonalarni moliyalaştiriş, 2012-2016-yillarda xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş hamda qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqariş, yaʼni çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik, asalariçilik sohalarini rivojlantiriş dasturlari işlab çiqildi.
Şu kabi keng kölamli işlar natijasida "Asia silk” şöʼba korxonasi hamda poyabzal, kiyim-keçak, mebel, kolbasa mahsulotlari işlab çiqaradigan korxonalar, sutni qayta işlaş kompleksi, Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 25 million dona ğişt işlab çiqariş quvvatiga ega "Qoraqalpoqqişloqqurilişservis” korxonasi, zamonaviy sovutgiçli "sendviç” panelli meva-sabzavot saqlaydigan omborxonalar işlab turibdi.
Angliyaning "Welroy Technology LLP” kompaniyasi bilan birgalikda qiymati 29 million AQŞ dollariga teng bölgan "Amudaryoteks” xorijiy korxonasi, "Zhas metall production” qöşma korxonasining metallni eritiş va qayta işlaş tsexi qurilişi işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
2013-2015-yillarda tumanning sanoat salohiyatini rivojlantiriş dasturiga asosan qiymati 32 million 672,8 ming dollar miqdorida 20 loyiha amalga oşirilişi, şuning natijasida 478 yangi iş örni taşkil qilinişi közda tutilmoqda.
Ayni paytda tumanimizda ikki mingdan ortiq tadbirkorlik subʼekti faoliyat yuritmoqda. Ularning 99,8 foizi xususiy va masʼuliyati çeklangan jamiyat şakliga ötgan bölib, bu yerda jami iş bilan band aholining 89,1 foizi mehnat qilayotir.
Tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça 2013-yilda 380 loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Bugungi kunda tadbirkorlikka nafaqat iqtisodiyotni rivojlantiriş, balki aholi bandligini taʼminlaş masalasida ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu yönalişda olib borilgan işlar natijasida joriy yilning 6 oyida 16 milliard 560 million sömlik 274 loyiha amalga oşirildi va 1061 yangi iş örni yaratildi.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan 278 fermer xöjaligidan 197 tasida işlab çiqariş, xizmat körsatiş va servis, qayta işlaş yönalişidagi qöşimça tarmoqlar yölga qöyilib, fermer xöjaliklarining daromadi va ularda iş bilan band aholi soni ortib bormoqda.
Iqtisodiyotning yetakçi tarmoği bölgan qişloq xöjaligi sohasida katta natijalarga erişilmoqda. Bu yil tumanimiz pillaçilari 243,5 tonna pilla yetiştirib, yilning dastlabki şartnomaviy rejasini ortiği bilan bajardi. Ğallakorlarimiz 10 ming tonnadan ortiq buğdoy yetiştirdi, şundan 4605 tonnasi şartnoma asosida davlatga topşirildi.
Qişloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilişi kölamining kengayişi har yili köplab oilalarning yangiça hayot keçirişiga zamin yaratmoqda. Bu yil ana şunday 70 uy-joy qurilişi davom etmoqda.
Bugun qaysi xonadonga kirmang, qaysi ovul yoki mahallada bölmang, har bir fuqaroning avvalo özi yaşayotgan, mehnat qilayotgan hududni, qolaversa, öz mahallasi va qişloğini obod maskanga aylantirişga hissa qöşayotganiga guvoh bölasiz. "Qadr-qimmatim, tayançim va iftixorimsan, mustaqil Özbekiston!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan mustaqilligimizning 22 yillik bayramini munosib kutib oliş uçun xalqimiz fidoyilik bilan mehnat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶