Obod turmuş yili yangiliklari
Eʼtibor va olqiş olib
Şu yilning 14-15-iyul kunlari Toşkent şahrining eng fayzli maskanlaridan biri – Milliy boğda bölib ötgan özbek milliy dorbozlar guruhi, anʼanaviy tsirk sanʼati va havaskor qöğirçoq teatrlarining anʼanaviy respublika körik-festivalida Qoraqalpoğiston Respublikasi nomidan tumanimizdan çiqqan maşhur darboz Töraboy Yeşçanov rahbarligidagi "Jayhun” sim-dor guruhi iştirok etib, minglab tomoşabinlar va körik-festival taşkilotçilarining eʼtibor va olqişlariga sazovor bölişdi. Töraboy dorboz rahbarligidagi guruh aʼzolari – dorbozlar Karimboy Bobojonov, Javlonbek Törayev va akrobatika sanʼati ustasi Raşidjon Sultonovlar tomonidan mohirlik bilan ijro etilgan dorbozlik va akrobatika öyinlari yuqori baholanib "Jayhun” sim-dor guruhi Özbekiston Respublikasi madaniyat va sport işlari vazirligi hamda xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy işlar Respublika ilmiy uslubiyat markazining Faxriy Diplom bilan taqdirlanişdi.
Maʼrifat va ziyo ulaşib
"Öz Davkitob savdo taʼminoti” MÇJning 12-filiali Manğit şahrida joylaşgan. Mazkur filial bugungi kunda tumanimiz kitobsevarlarining ilm-maʼrifat va maʼnaviyat maskaniga aylangan. Çunki filial kitob savdosi bilan şuğullanuvçi yagona savdo şoxobçasi bölib, bu yerdan barça sohalarga oid adabiyotlarni topiş mumkin.
- Köproq badiiy adabiyotlar, Prezident asarlariga talab katta, - deydi filial bölimi boşliği Ozod Davletov. – Özbekiston Milliy Entsiklopediyasi, sohalarga oid entsiklopediyalariga buyurtma beruvçilar ham köpçilikni taşkil etadi.
Filial kitob dökonida oylik va yillik rejalar ortiği bilan uddalanayotgani bois, iqtisodiy ösiş surʼatlari ham yuqori. Oyiga 8-9 million sömlik savdo aylanmasiga ega filial hisobidagi mablağ ayni kunda 22 million sömni taşkil etadi.
Oila va el obodligi yölida
"Çoyköl” ovulining S.Ayniy nomli aholi punktida kasanaçi Nasiba Kamolovani barça işbilarmon va çevar ayol sifatida yaxşi bilişadi. Öz uyida çevarlik ustaxonasini taşkil etib ovul yoşlariga biçiş-tikiş sirlarini örgatayotgan Nasiba Kamolovaning ayni paytda önlab şogirdlari öz çevarlik faoliyatini boşlab yuborişgan. Kasanaçilik faoliyatidan daromad topib, oilasi va el obodligi uçun hissa qöşayotgan çevarlar mehnatidan ovuldoşlari ham mamnun.
Rejalari qatʼiy
Manğit şahridagi 36-umumtaʼlim maktabini bu yil 87-nafar öğil-qizlar bitkazib çiqişdi. Ularning har birining kelajak uçun tanlagan qatʼiy rejalari bor. Kasb-hunar kollejlarida, akademik litseyda taʼlimni davom ettiriş, ixtisoslik egallaş va keyinçalik oliy öquv yurtlarida ilm olib, malakali kadrlar bölib yetişiş.
Maktab maʼmuriyati bitiruvçilarning ota-onalari bilan bamaslahat ularning taʼlimning ularning taʼlimning keyingi bosqiçiga töla jalb etiş çora-tadbirlarini körmoqda.
Aholi bandligi taʼminlanmoqda
Manğit şahrining Oybek nomli mahallasida 578 ta xonadonda 3500 nafardan ortiq turli millat vakillari ahil va inoq yaşaşmoqda.
Hududda 1 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta boalar boğçasi, 1 ta xususiy töyxona, 5 ta dökon, 6 ta maişiy xizmat körsatiş şohobçalari faoliyat olib bormoqda.
Mahalla işga yaroqli aholisining bandligini taʼminlaş maqsadida tuman Bandlikka kömaklaşiş markazi bilan hamkorlikda hududdagi 1-ğişt zavodiga 48 nafar yoşlar mavsumiy işlarga, 4 nafar yoşlar kasanaçilik, 22 nafari oilaviy tadbirkorlik, 14 nafari hunarmandlik, 2 nafari tunukasozlik faoliyatiga jalb qilindi. 8 nafar xotin-qizlarga uylarida parradaçilik bilan şğullanişlari uçun imtiyozli kreditlar olişga kömaklaşildi.
Mahalla yoşlari kollejda öqişadi
Oybek mahallasi hududidagi bu yil 68 nafar öğil-qizlar umumtaʼlim maktabining 9-sinflarini bitirib çiqişdi.
Ularni taʼlimning keyingi bosqiçiga töla jalb etiş maqsadida mahalla, maktab maʼmuriyati öquvçilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar ötkazdi, ularga 12 yillik taʼlimning majburiyligi, bunda ota-onalarning masʼuliyati, şuningdek, öqiş davrida bolalarni uzluksiz nazorat qilib borişning lozimligi erta nikohning oldini oliş kabi mavzularda suhbatlar ötkazişdi.
Hozirgi kunda 9-sinf bitiruvçilari kasb-hunar kollejlariga töliq biriktirib bölindi.
Mahallada yiğiliş
Yaqinda "Olmazor” mahallasida jinoyatçilikning oldini oliş va soğlom turmuş tarzini barqarorlaştiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda tuman prokurorining katta yordamçisi R.Xolmurodov iştirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi. Yiğilişda mahalla hududida turli huquq-buzarliklarning oldini olişga qaratilgan tuşuntiriş tarğibot işlarini yanada yangi bosqiçga kötariş, yoşlarning turli oqimlarga kirib ketişining oldini oliş, oilalarda farzandlar tarbiyasiga masʼuliyat bilan qaraş kabi vazifalar muhokama qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶