“Obod turmuş yili“ yangiliklari
ELDAN OLQIŞ OLIB
Nazarxon ovuli tumanimizning eng çekka hududlaridan sanaladi. Lekin şunday bölsa-da ovul yoşlari har sohada faol, intiluvçan. Öz oilasi, ovul-eli, ona yurt taraqqiyoti uçun fidoyi mehnat qiliş, yangiliklar yaratib yaşaş ular uçun hayot mazmuniga aylangan. Muyassar Xolmurodova ana şunday fidoyi yoşlardan. U öz uyida tikuvçilik tsexi oçib, ham 3-4 nafar hamqişloq qizlarni iş bilan taʼminladi, ham özi doimiy işli böldi.
Öz oilasi, farzandlari bağrida kasanaçilik faoliyati bilan şuğullanib, hamqişloqlari olqişiga sazovor bölayotgan Muyassar Xolmurodova ustoz-şogird anʼanasi asosida undan çevarlik sirlarini örganuvçi ovul yoşlari uçun xonadoniga yana kamida 2 ta tikuv maşinasi örnatiş niyatida.
Uy hayvonlariga veterinariya xizmati
"Çoyköl” ovuli hududida yaşovçi aholi ixtiyoridagi uy hayvonlariga veterinariya xizmati körsatuvçi veterinariya feldşeri Yusufboy Ahmedovning xizmatidan barça mamnun. Çunki u öziga birkitilgan hududda uy hayvonlari, ayniqsa, parranda va qoramollarni turli xil kasalliklarga qarşi emlaş işlarini öz vaqtida olib borgani bois, uy hayvonlarining brutsellyoz, kana çaqişi, oqsil, qorason kabi kasalliklarga çaliniş holatlari keskin kamaygan. Aholi qaramoğidagi uy hayvonlari durkun rivojlanmoqda.
30-yildan sönggi diydorlaşuv
Tumanimizdagi 22-sonli maktabni 1983-yilda tugatgan sobiq sinfdoşlar 30-yildan söng qadrdon maktablarida qayta uçraşdilar. Barçasi oilali, nevarali bölgan sobiq öquvçilar mustaqillik davrida yangidan qurilgan, zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maktabda ustozlari davrasida özlari erişgan yutuqlardan sözladilar. Hayotdan erta ketgan döstlari, aziz ustozlarini xotirlab, yodga oldilar.
Inson omiliga eʼtibor
"Qoraqalpoq qişloq quriliş servis” MÇJ işçilari uçun korxona hududida barça qulayliklarga ega hammom qurilişi jadallik bilan olib borilmoqda.
Hammom bitsa, bir yöla 5-6 nafar mijozni qabul qiliş imkoniyati yaratiladi.
- Korxonamizda inson omiliga eʼtibor katta. Şuning uçun ham işimizda sifat va samara yuqori, - deydi korxona işçisi Jumabek Aytmurotov.
Aholi bandligi taʼminlanmoqda
Manğit şahrining Oybek nomli mahallasida 578 ta xonadonda 3500 nafardan ortiq turli millat vakillari ahil va inoq yaşaşmoqda.
Hududda 1 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta bolalar boğçasi, 1 ta xususiy töyxona, 5 ta dökon, 6 ta maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari faoliyat olib bormoqda.
Mahalla işga yaroqli aholisining bandligini taʼminlaş maqsadida tuman Bandlikka kömaklaşiş markazi bilan hamkorlikda hududdagi 1-ğişt zavodiga 48 nafar yoşlar mavsumiy işlarga, 4 nafar yoşlar kasanaçilik, 22 nafari oilaviy tadbirkorlik, 14 nafari hunarmandlik, 2 nafari tunukasozlik faoliyatiga jalb qilindi. 8 nafar xotin-qizlarga uylarida parrandaçilik bilan şuğullanişlari uçun imtiyozli kreditlar olişga kömaklaşildi.
"Parvoz - 2013”
Manğit şahrida joylaşgan NDPI qoşidagi 3-sonli akademik litseyda tugallangan öquv yilida 687 nafar iqtidorli yigit-qizlar 4 ta yönaliş böyiça bugungi kun talabi darajasida taʼlim-tarbiya oldilar. Şularning 232 nafari litseyni muvaffaqiyatli tamomlaşdi.
Şu yilning 26-iyunida bitiruvçilarga diplom topşiriş marosimi – "Parvoz - 2013”deya nomlangan tadbir bölib ötdi.
Tadbirni litsey direktori Otabek Yöldoşev oçdi va öquv muassasasidan uçirma bölayotgan bitiruvçilarning parvozi yuksak bölişini tiladi. Sözga çiqqan bitiruvçilar 3-yil mobaynida öz farzandlaridek ğamxörlik qilib, taʼlim-tarbiya bergan ustozlariga minnatdorçilik bildirdilar.
Nodiraning döstlari köpaydi
83-maktab boğça majmuasining 4-sinfini aʼlo baholarga tugatgan, faol öquvçi Nodira Eşimbetova Manğit şahrining "Olmazor” mahallasida yaşaydi.
U yozgi taʼtilni bekor ötkazmaslik uçun Toşkentdagi "Çimyon” bolalar yozgi oromgohida bölib qaytdi.
Oromgohda öz tengqurlari bilan turli sport musobaqalari va tanlovlarda faol iştirok etib, köplab döstlar orttirgan Nodiraning oromgohda bolajonlar uçun yaratilgan şaroitlardan quvonçi çeksiz.
Suğoriş maromida olib borilayapti
Çoyköldagi Nurulla Yerdoşev rahbarligidagi fermer xöjaligi dehqonlari joriy yilda 80 gektar paxta maydonidan 168 tonna hosil yetiştiriş niyatida mehnat qilmoqdalar.
Ayni kunlarda begona ötlardan tozalangan paxta nihollarini suğoriş işlari maromida olib borilmoqda.
Xöjalik paxta dalalarida nihollar töliq va rivoji yaxşi.
QVPda yiğiliş ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013-yil 30 aprel kuni imzolangan "Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nikoh yoşiga amal qilmaslikka qarşi qabul qilingan jazo çoralarining mazmun-mohiyatini, özgarişlarga töla-tökis amal qiliş lozimligini ommaga keng tarğib qiliş maqsadida umumtaʼlim, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida, mahallalarda ota-onalar, yoşlar bilan yiğilişlar ötkazilayapti.
Ana şunday yiğişlardan biri yaqinda "Olmazor” qişloq vraçlik punktida bölib ötdi.
Hudud aholisi tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova, tuman FHDYo bölimi mudirasi N.Qöçqorova, tuman tibbiyot birlaşmasi boş ginekologi D.Abduraimovalarning şu mavzudagi maʼruzalarini tingladilar va özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Işlayman, deganga imkon köp
Xitoy ovulida aholining iş bilan bandligini taʼminlaşga alohida eʼtibor beriladi. Ayni kunda 10 nafar ovul yoşlari yakka tartibda imoratlar qurilişida mehnat qilişmoqda. Bundan taşqari, 3 nafar ayol-qizlar kasanaçilik faoliyati bilan şuğullanib, çevarlik sirlarini örganişmoqda.
Panton köprik mukammal taʼmirlanadi
4R181 "Qipçoq-Manğit ş. – Turkmaniston Respublikasi çegarasi” davlat ahamiyatidagi avtomabil yölining 4-kilometrida joylaşgan Qipçoq panton köprigini Respublika yöl jamğarmasi hisobidan kapital taʼmirlaş işlari boşlanmoqda.
Ikki bosqiçda, yaʼni 2013 va 2014-yillarda amalga oşirilişi möljallangan bu kapital taʼmirlaş işlarining umumiy tender bahosi 3 mlrd. 304 million sömni taşkil etadi.
Panton köprigini taʼmirlaş işlari Taxiatoşdagi Qoraqalpoğiston köprik xöjaligini saqlaşga ixtisoslaştirilgan taʼmirlaş, foydalaniş korxonasi tomonidan amalga oşiriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶