SUD – HUQUQ TIZIMINI ISLOH QILIŞ INSON MANFAATLARIGA XIZMAT QILADI
Sud-huquq tizimini yanada demokratlaştiriş va erkinlaştiriş, sud, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini, aholining odil sudlovga bölgan işonçini oşiriş, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaş va qonuniylikni mustahkamlaş maqsadida 2016-yil 21 oktyabrda Respublikamiz Prezidentining "Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonda sud hokimiyatining çinakam mustaqilligi, fuqarolar huquq va erkinliklarining işonçli himoyasini taʼminlaş, şuningdek odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yönalişlari etib belgilandi.
Mazkur Farmonga asosan 2017-yilning 1-aprelidan boşlab, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan muqobil jazo turlarini qöllaşni kengaytiriş orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazoni qöllaş tugatiladi.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 220-moddasida jinoyatni sodir etişda gumon qilinayotgan şaxsni uning jinoiy faoliyat bilan şuğullanişiga barham beriş, qoçib ketişining, dalillarni yaşirişi yoki yöq qilib yuborişining oldini oliş maqsadida uşlab turiş mumkinligi qayd etilgan. Uşlab turiş jinoyat işi qözğatilgunga qadar ham, iş qözğatilganidan keyin ham amalga oşirilişi mumkin.
Uşlab turiş suriştiruvçi, tergovçi yoki prokurorning qaroriga binoan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasida şaxsni 72 soat muddat içida uşlab turiş mumkinligi bayon etilgan. Şundan söng uşlab turilgan şaxsni ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş qöllaniladi yoki ozod qilinişi mumkin. Yangi Farmonga binoan 2017-yilning 1 aprelidan boşlab, bu muddat 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga asosan qamokda saqlab turiş va uy qamoği tarzidagi ehtiyot çoralarining muddati uç oyni taşkil qiladi, lekin şu muddat içida tergov tamomlanmagan bölsa, viloyat va unga tenglaştirilgan prokurorlarning iltimosnomalari asosida uşbu muddat 5 oygaça, respublika Boş prokurori örinbosarining iltimosnomasi asosida 9 oygaça, alohida hollarda esa respublika Boş prokurorining iltimosnomasi asosida sud tomonidan bir yilgaça muddatga uzaytirilişi mumkinligi belgilangan.
Farmonda 2017-yilning 1-aprelidan boşlab, qamoqqa oliş va uy qamoği tarzidagi ehtiyot çoralarini qöllaşning, şuningdek, dastlabki tergovning eng köp muddatini 1-yildan 7 oyga qisqartiriş lozimligi belgilandi.
Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarning hayotga tatbiq etilişi uçun uşbu Farmon bilan sud-huquq tizimini rivojlantiriş borasida 8 ta eng ustuvor soha böyiça aniq tadbirlarni amalga oşirişni nazarda tutuvçi kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bölib, ayni paytda bu borada keng qamrovli işlar boşlab yuborildi.
Xullas, uşbu Farmonning qabul qilinişi mamlakatimizda sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinişini taʼminlaş, xalqimizning odil sudlovga bölgan işonçini yanada mustahkamlaş imkonini beradi.
A.Qurbonov,
Şimoli-Ğarbiy harbiy okrug
harbiy prokurorining yordamçisi, adliya mayori.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶