Koʻngil chizgilari
Yurak insonga hech boʻysunmas ekan. Biram azob beradiki... Sogʻinch, istak tuygʻusini paydo qilarkan-u "Duk... duk...”, – deya mardonavor sado berarkan. "Duk, duk”, – deya oʻz ishidan magʻrur, azoblanishingni kuzatarkan...
– Qani, sabring qachongacha yetarkan? – deya sinarkan egasini.
Yurak egasi javob aytibdi:
– Oʻlgunimcha!
Yurak hayron qolibdi:
– Nahotki? Yurak egasi yana qayta javob beribdi:
– Jonim chiqquncha!
Yurak dedi:
– Insonsan, rohatda yasha, sen ham.
Yurak egasi dedi:
– Oʻzing faqat uni deyayotirsan, menda iloj yoʻq! – Yurak kuldi oʻz egasi ustidan. Yurak egasi dedi:
– Shaʼnim saqlanar, oʻlay, uni deb. Kuling... yer yuzidagi yuraklar, ustimdan!
Yurak dedi:
– Shuncha nodonmisan yoki juda aqlli? Yurak egasi dedi:
– Ey yurak! Men senga aytmay. Bu gavdada ikki jon. Birisiga sen hukmron, birisiga Yaratgan. Seni menmas Yaratgan yengar...
– Oh, – dedi yurak, – men seni yengishim mumkin, Yaratgannimas. Bildim, sen Yaratganga juda yaqinsan... Kulgan yurak yigʻladi yum-yum va dedi:
– Men yaralgan edim, inson sevib-sevilishi uchun... Yanchding meni, ey odam suratidagi jonzot, kimsan?!
Yurak egasi dedi:
– Men Yaratgandan qoʻrquvchi xilqat!
Yurak dedi:
– Nafaslar kamayar, hayot ham tugar...
Yurak egasi dedi:
– Boray, meni sevgan Alloh yoniga pok holda...
Ikki ovoz ham jimib qoldi...
Gulnora YuSUPOVA,
"Oʻrta qalʼa” ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶