“TIL BILGAN YÖLDA QOLMAS”
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan isloh qilişga kirişildi. Çunki sobiq ittifoq davridagi qotib qolgan, özgarmas taʼlim dasturlari yangilangan tuzum talablariga umuman mos kelmas edi. Har yili 1 sentyabr bir xil dars ötiş bilan kutib olinardi. Yaʼni, "xalqlar dohiysi”ga bağişlangan dars bilan yangi öquv yili boşlanar, eng açinarli tomoni – har galgi 1-sinflarda avvalgi yillardagi 1-sinflar uçun yaratilgan dastur asosida dars maşğulotlari ötilardi. Hozirgiday izlaniş yöq, tajriba almaşiş, innovatsion loyihalar yöq edi.
Endilikda yoş avlod tarbiyasi sohasida qobiliyatimni namoyon etaman, degan öqituvçining qöllari uzun, tillari burro. Mustaqil davlatimizda taʼlim tizimi tubdan isloh qilindi. 9 yillik umumiy taʼlimdan söng umumtaʼlim maktablarining bitiruvçilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida öqişlari, ham ilm, ham kasb-kor örganişlari uçun 12 yillik bepul uzluksiz taʼlim tizimi joriy etildi. Tizimga har yili yangi-yangi innovatsion ğoyalar, texnologiyalarning joriy etilişi, yoş avlod tarbiyasiga davlatimizning çeksiz ğamxörligi bois, soha jahon standartlari darajasida bellaşa oladigan mutaxassis kadrlar bilan boyidi. Natijada taʼlim-tarbiya sohasida katta yutuqlarga erişilmoqda.
Bizning 22-sonli umumtaʼlim maktabimiz tumanimizdagi tayanç ilm maskanlaridan hisoblanadi. Yillar davomida bu bilim dargohini bitirgan ming-minglab sobiq öquvçilar orasida yuzlab malakali şifokorlar, muhandis va pedagoglar, şoir-u yozuvçilar, ilm-fan namoyondalari yetişib çiqdi. Mustaqillik davrida maktabimiz tamoman yangilangan ilm dargohiga aylandi. Yangi, zamonaviy maktab binosida öquvçilarning fan asoslarini özlaştirişlari uçun yetarli şart-şaroitlar yaratilgan. Ayniqsa, çet tillarini puxta örganişlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani bois, maktabimiz öquvçilari orasida har yili çet tillari böyiça fan olimpiadalari ğoliblari yetişib çiqmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi "Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori maktabimiz çet tillari fan öqituvçilari uçun yanada keng imkon eşiklarini oçib berdi. Çunki ingliz va frantsuz tillarida dars ötiladigan sinflarda har xil bayram sanalari munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlar, musiqiy keçalar ingliz, frantsuz va rus tillarda ötkazilişiga alohida eʼtibor berildi. Maktab öquv-ilmiy işlari böyiça direktor muovini Madamin Rahimov çet tillari fan xonalarini körgazmali qurollar bilan bezatişda fan öqituvçilariga yaqindan yordam körsatişi esa muvaffaqiyatlar garovi böldi. Sinflararo bellaşuvlarda öquvçilar ingliz, frantsuz va rus tillarida savol-javoblar qilib, özaro muloqotga kirişişni qisqa fursatda özlaştirib oldilar. Maktabimizning 8-sinf öquvçisi Öğiljon Bekmurodova esa yaqinda frantsuz tili böyiça bilimlar bellaşuvining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örinni egallab, bellaşuvning Özbekiston miqyosidagi bosqiçiga yöllanma oldi.
Xalqimizda: bola - boşidan, degan ibora bor. Bu – bolaga gödak, deb emas, balki bir hamsuhbat döst deb qaraş va uning fikrlari bilan qiziqiş, uni qöllab-quvvatlaş, bola qalbidagi orzulari gul oçişiga yordam beriş degani. Qolaversa, bola taşqi taʼsirga tez moslaşa oladi, yaxşimi, yomonmi, har qanday holatni öziga osonlik bilan yuqtiradi. Şu bois, uni juda erta tuşunib olişimiz, bola dunyosi içida yaşab, uning töğri tarbiya olişi uçun harakat qilişimiz kerak. Ayniqsa, çet tillarini örgatiş jarayonida biz murabbiylar bolaning har bir savoliga, qiziqişlariga töğri munosabat bildira olsak, uning til örganişga bölgan iştiyoqini yanada rivojlantirgan bölamiz.
Roza Yöldoşeva,
22-sonli maktabning çet tili fani öqituvçisi.
(Foto - http://fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶