Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Aziz va qadrli bolajonlar!
Avvalambor Sizlarni, sizning timsolingizda butun mamlakatimiz bolalarini 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan çin qalbimdan tabriklayman!
Uşbu sana butun dunyoda har yili keng nişonlanişi bejiz emas. Sababi, bolalar – bizning nurli kelajagimiz, ezgu işlarimiz va hayotimizning davomçilari, ertangi kunimiz va istiqbolimiz egalaridir.
Xalqimiz azal azaldan bolajon millat sifatida eʼtirof etib kelinadi. Yangi Özbekistonimizda bolalarga eʼtibor davlat siyosati darajasiga kötarilgani ham mana şu insoniy fazilatning hayotiy ifodasidir.
Bolalarni asrab-avaylaş, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkaziş nafaqat oila va jamiyatning, balki davlatimizning ham asosiy burçiga aylangan. Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, “Biz uçun jamiyatda begona bola yöq va bölmasligi kerak. Hammasi özimizning, Özbekistoni-mizning bolalari. Vaqtida mehr körsatsak, işga, ilmga, kasbu hunarga, ezgu fazilatlarga örgatsak, ularning yölini oçib bersak, ertaga foydasi özimizga, jamiyatimizga tegadi”.
Bugun Yangi Özbekistonimizning baxtli bolajonlari mana şunday mehr-muhabbat, ğamxörliklar oğuşida ösib-ulğaymoqda, kamolga yetmoqda.
Aziz ota-onalar, qadrli bolajonlar!
Maʼlumki, uşbu sanani nişonlaşdan maqsad – davlatlar va hukumatlar, keng jamoatçilik diqqatini bolalar huquqlarini himoya qilişga qaratişdir. Zero, bugungi kunda dunyo böylab bolalarning soğlom bölib ulğayişi va sifatli taʼlim olişiga kambağallik, oçlik, turli iqtisodiy va siyosiy inqirozlar taʼsir ötkazmoqda. Töyib ovqatlanmaydigan, majburiy mehnatga jalb qilinayotgan millionlab bolalar bor.
Mamlakatimizda esa bolajonlarimiz uçun barça şaroitlar yaratilgan. Jumladan, onalarning salomatligini muhofaza qiliş, soğlom farzand dunyoga kelişi uçun şaroit yaratiş, yangi tuğilgan çaqaloqlarni turli kasallik va infektsiyalarga qarşi bepul emlaş amaliyotga joriy qilingan. Zamonaviy uslublarda qurilgan va jihozlangan maktabgaça taʼlim taşkilotlari va maktablar, sport-soğlomlaştiriş muassasalari esa bolajonlarimizning çuqur bilim olib, isteʼdodlarini yuzaga çiqarişga xizmat qilmoqda. Keyingi yillarda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalarni soğlom ovqatlantirişga eʼtibor qaratilib, maktablarda bepul ovqatlantiriş tizimi yölga qöyildi.
Yurtimizda bola huquqlarini himoya qilişga oid milliy qonunçilik bazasi yaratilgan. Yangilangan Konstitutsiyamizda alohida bob “Oila, bolalar va yoşlar” deb nomlangani ham bolalarga qaratilayotgan eʼtiborning namunasidir.
Qadrli ota-onalar!
Fursatdan foydalanib, mustaqil Vatanimizning nurli kelajagini barpo qiluvçi barkamol avlodni tarbiyalaşga qöşayotgan hissangiz uçun barçangizga çuqur minnatdorçilik bildiraman! Işonamizki, oila, mahalla, jamiyat va davlatning bargalikdagi ğamxörligi natijasida bolajonlarimiz jismonan va maʼnan barkamol insonlar bölib voyaga yetişadi.
Aziz bolajonlar!
Bugungi bayram kayfiyati sabab Sizlarning beğubor kulgularingiz, gulgun çehralaringizdagi quvonç, közlaringizda çaraqlab turgan baxtiyorlik nurlari, biz kattalar könglida ham kötarinkilik paydo qilmoqda. Sizlar ozod va obod Vatanimizning tayançi, buyuk kelajagimizning bunyodkorisiz! Kelgusida zamon talablariga javob beradigan maktabgaça taʼlim taşkilotlari va maktablarda, oliy öquv yurtlarida taʼlim olib, ilm-fan va kasb-hunar sirlarini puxta egallab, ota-onangiz, jamiyatimiz va davlatimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan yigit-qizlar bölib yetişişingizga işonamiz!
Fursatdan foydalanib, yana bir bora oilalarimiz quvonçi, millatimiz davomçilari, buyuk kelajagimiz vorislari bölgan aziz farzandlarimizni Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni bilan çin qalbdan samimiy muborakbod etaman!
Bayramingiz muborak bölsin, aziz bolajonlar!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶