21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:48
Iqtisodiyot 👁 5,547

BOʻSh ISh OʻRINLARINI YaShIRISh HUQUQBUZARLIKDIR

BOʻSh ISh OʻRINLARINI YaShIRISh HUQUQBUZARLIKDIR

Hozirgi kunda yurtimizda yangidan yangi boʻsh ish oʻrinlari yaratilib, fuqarolarning ish bilan bandlik darajasi oshmoqda. Boʻsh ish oʻrinlarini xalqqa tanishtirishda mahalliy Bandlikka koʻmaklashish markazlarining oʻrni katta. Bu borada mahalliy mehnat organlari aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining bir nechta printsiplariga asoslanadi.

Korxona va tashkilotlarning aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishdagi ishtiroki ham katta ahamiyatga ega.

Korxona va tashkilotlar ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi shartnoma va kelishuvlar shartlarini bajarishi, boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oldindan (kamida ikki oy oldin) mahalliy mehnat organiga moʻljallanayotgan ishdan ozod qilishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni boʻshab qoladigan har bir xodimni koʻrsatgan holda taqdim etish, boʻsh ish joylari bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda xodimlarning ishdan ozod qilinishi toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishi bilan koʻmaklashadilar.

Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida tumandagi  20 ta korxona va tashkilotlarda mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazildi. Natijada 80 ta holatda qonun buzilishlar aniqlandi. Qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻygan 15 nafar mansabdor shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 49-moddasiga asosan 4,2 mln. soʻmlik jarimalar solindi. Boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni topshirmagan 9 nafar mansabdor shaxsga 3,8 mln. soʻm jarima solindi. Korxona va tashkilotlar rahbarlari shuni bilishlari lozimki, boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5 sanasigacha topshirishlari zarur. Boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5 sanasigacha topshirmagan mansabdor shaxslarga "Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 229-moddasiga binoan, boʻsh ish joylari (boʻsh lavozimlar)ni yashirish, boʻshatib olinishi kutilayotgan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida bermaslik, davlat jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlashdan boʻyin tovlash eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bunday holatni takror sodir etgan mansabdor shaxsga jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Xalqimizni ishsizlikdan ishonchli himoya qilishga, yangi ish oʻrinlari yaratishga va boʻshagan vakant lavozimlar haqida xabardorligi taʼminlanishiga hissa qoʻshish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. 

A.XOʻJAMURODOV, 

tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026