Amudaryodagi kiçik sanoat zonasi: 23 nafar tadbirkor jami 10,2 mlrd. söm investitsiya kiritib, 166 ta yangi iş örinlarini yaratmoqçi
Tumanda Prezidentimizning «Qoraqalpoğiston Respublikasida kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori asosida kiçik sanoat zonasi taşkil etildi. “Amudaryo paxta tozalaş zavodi” aktsiyadorlik jamiyati eski binosi negizida 14,3 gektar yer maydonida joylaşgan bino va inşootlar hamda qolgan 13 566,4 kv. metr yer maydonida işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun tadbirkorlar örtasida tender savdolari ötkazildi.
Tender savdolarida iştirok etgan 23 nafar tadbirkor qiymati 10 mlrd. 151 mln. sömlik investitsiyalar kiritib, 166 ta yangi iş örni yaratişga möljallanagn loyihalarni amalga oşiriş taşabbusini zimmalariga olişdi.
Aytiş joizki, kiçik sanoat zonalarida mazkur loyihalar orqali yillik 2 mlrd. 332 mln. 150 tonna meva-sabzavot quritiş, 2 mlrd. 500 mln. sömlik 74 tonna meva-sabzavotdan djem işlab çiqariş, 572 mln. sömlik 1300 tonna qizilmiya ildizini qayta işlaş, 631 mln. sömlik - sutdan 48 tonna quyiltirilgan sut, tvorog, smetana mahsulotlari tayyorlaş közda tutilmoqda. Şuningdek, 1 mlrd. sömga 194 tonna motor moyini qayta işlaş, 1488 mln. sömga 36 ming dona tayyor tikuv mahsulotlari, quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça 4 mlrd. 251 mln. sömlik 24 ming dona eşik, deraza, mebel tayyorlaş, 1 mlrd. sömga 100 tonna mix hamda 33 ming metr sim tör, 1 mlrd. 476 mln. sömga 97 ming dona temirbeton mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega yangi yönalişlar taşkil qilinmoqda.
Istiqbolli bu loyihalarning amalga oşirilişi tuman iqtisodini yuksaltiribgina qolmasdan, aholi ehtiyojini ham taʼminlaşi şubhasizdir.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶