KÖNGIL TUĞYoNLARI
FAXR
Qoraqalpoq yurtida yaşayotgan özbekman,
Ikkita xalq baxtini kuylayotgan özbekman,
Navoiy avlodidan, Berdaq şoir yurtidan,
Şoir bölib xalqini kuylayotgan özbekman.
Mehmon otangdek uluğ, degan dono xalqim bor,
Ikki xalq farzandiman, demak, mening baxtim bor.
Qoraqalpoq yurtining mangu jamoli, körki,
Donği ketgan çor taraf, Nukus degan şahrim bor.
Xuş kelibsiz azizlar, gözal Nukus şahriga,
Sizni kutar butun xalq, mard yigit, barno qizlar.
Taqdirlari tutaşdir ikki xalqning azaldan,
Şul sabab yölingizda intizor qaro közlar.
Mehmon bölgan azizlar, şeʼrim qabul aylangiz,
Sizlar uçun qölda gul, dilda aşʼor özbekman.
Ismim qoraqalpoqning mard qiziga havasdan,
Guloyim sardorining izdoşi – bir özbekman.
Özbek xalqi xulqimga jo qilsa hayo, iffat,
Xuşçaqçaqlik, şöxlikni oldim qoraqalpoqdan.
Şeʼr öqiyman, boşimni egib ona xalqimga,
Kelsa Nukus şahrimga mehmon yaqin-yiroqdan.
Özbek, qoraqalpoqning udumlari muqaddas,
Dasturlarin muhtaram sanayotgan özbekman.
Ona Jayxun tölqini böylarimga toşqinlab,
Elim deya, yurt, deya yaşayotgan özbekman.
Guloyim
BEGJANOVA,
11-sonli maktabning ona tili va
adabiyot fani öqituvçisi.
TALABALIKDA
Salqin bahor oqşomi,
Çökayapti atrofga.
Biz öqiş-la bandmiz,
Kiçikkina xonada.
Eh, bayram ham bir kunda
Ötdi-ketdi-ya, tavba.
Yana boşlanadi dars,
Seminar-u lektsiya.
Har kun yettidan turib,
Şoşilamiz öqişga
Tört para yozib-öqib,
Qaytamiz yana izga.
Dasturxon atrofida
Ötiramiz yengil, şod.
Lektsiya, amaliyot,
Baridan bölib ozod.
Soat tinmay çiqillar,
Çökar qoronğulik ham,
Saylab boşlaymiz ovqat.
Nima pişirsak ekan?
Qöyib ovozga uni
Boşlaymiz bahs, muloqot.
Dars qolar bir yoqda,
Deymiz: "Avval, iqtisod”.
Ovqat ham yeyiladi,
Soat körsatar önni.
Oldimizda kitoblar,
Öylab ketamiz uyni.
Radioda boşlangan,
"Oqşom tölqinlari”ni
Eşitamiz özimizni
Taşlab karavotlarga.
Söngra, uxlab qolamiz.
Tinçib xonadonimiz.
Tuşimizga kirib çiqar,
Qişloq – onajonimiz.
Manzura SULTONOVA.
TÖRTLIKLAR
Inson köngli azal-abad bir gulzor,
Payhon aylab, dil gulzorin etmang xor.
Baxil boği kökarmagan, topgay zavol,
Şarqda gap bor, dilozordan hamma bezor.
***
Olam-olam emasdir, tiniq osmon bölmasa,
Qulab tuşardi dunyo, halol inson bölmasa.
Sel-u, döl-u, öt bir yon, böhton balosi yomon,
Balo qanday daf bölur, balogardon bölmasa.
***
Xilvatda nimalar bölmaydi deysiz,
Bu oddiy haqiqat, ertakmas, tuşmas.
Ayrim amalparast kimsalar borki,
Otdan tuşsa tuşar, egardan tuşmas.
***
Kimki ojiz, bölsa noçor gar,
Kuç berajak ötkir tiliga.
Dono kişi boşqa yöl tutar,
Suyanadi aql-u diliga.
Çinoroy Örinboyeva.
DADAJONIM
Bizni boqib katta qilgan,
Suyançimiz, toğimizsiz.
Goh adaşsak yöl körsatgan,
Oilamiz sarbonisiz.
Goh bizni deb ğam çekdingiz,
Ğururimsiz dadajonim.
Heç kimdan kam qilmagan,
Mehribonim dadajonim.
Odam böling, deb doimo,
Pand-nasihat uqtirasiz.
Uzoq elda yurib hatto,
Kun-u tun tinim bilmaysiz.
Har narsaning sarasini,
Ilinasiz qizimga deb.
Barçasidan aʼlosini,
Yaxşisini öğlimga deb.
Oilamiz quyoşisiz,
Saxovatli ham mehribon.
Uyimizning çiroğisiz,
Qadrlaymiz sizni har on.
Barçinoy QURBONBOYeVA.
MUNOSIB IZDOŞ BÖLAY
Yurt köksida ungan gul ğunçasiga,
Öxşagim keladi momolarimga.
Asta oçib ijod uyin darçasini,
Voris bölgim kelar bobolarimga.
Vatanning iqboli hur, gul yuziman,
Nodira-yu Uvaysiyning iziman.
Ular yozgan şeʼr-u ğazal çistonlari,
Şijoatga kuç -ğayratga çorlab turar...
Neça zamon ötsa hamki meroslari,
Jahon aro, minbarlardan yangrab turar.
Kelajakning sönmas, yoruğ yulduziman,
Uvaysiy va Zulfiyaning izdoşiman.
Yurtim, senga korim tegsin, qalqon bölay,
Sen ne desang, xizmatingga tayyor turay.
Aytar sözing, körar közing özim bölay,
Boğ yaratib, har göşangni obod qilay.
Özbegimning andişasi, hayosiman,
Barçinoy-u Kumuşlarning izdoşiman.
Inobatxon ODILBOYeVA, Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi.
MENING YuRTIM
Vatanim – Özbekiston –
Gözal ota makonim.
Dunyoga bölgan doston,
Onajonim, jonajon.
Sen Vatanlar içida,
Yagonasan Vatanim.
Asragayman hamişa,
Fido aylab jon-tanim.
Sen meni ulğaytirding,
Mehr-la quçoğingda.
Erk nuri-la çulğading,
Obodlik har yoğimda.
Ey, ona yurt! Ona Yer!
Bağring töla nur, ifor.
Yurakdan berib mehr,
Madhing aytar Nilufar
Nilufar YÖLDOŞEVA,
8-sonli ixtisoslaştirilgan Davlat umumtaʼlim maktabi öquvçisi.
ONAM TILAGI
Mehringizga çulğanib ösdim,
Ne istasam, böldi muhayyo.
Mehringizga mehrimni qöşdim,
Sizdan oldim muhabbat, hayo.
Sizdan oldim hayot ilmini,
Örgatdingiz oqibatni ham.
Xuşnud etib doim könglimni,
Örgatdingiz diyonatni ham.
Yaxşi öqi, zehnli böl, deb,
Ajdodlardan aytdingiz qiyos.
El-u yurtga manzur qiz böl, deb,
Orzular qildingiz beqiyos.
Orzulari oppoq Onajon,
Tilagingiz menga yor har on.
Zeboxon DAMIROVA.
QISMAT
Sevamanmi, deb özimga beraman savol,
Sevaman, deb garçi köp bor aytaman senga.
Endi senga otaş bergan, ammo zahmdor
Qalbimdagi ilk muhabbat sönmoqda nega?
Men iqrorman butun, qalbda baridan tiniq,
Sönib bitdi ilk muhabbat, garçi u toza.
Kirib kelar keyingi işq, qismatim aniq,
Bir kun kelib men unga ham oçaman aza.
Siroj OLIMOV.
Onajon tilim
Til – ilm ziyosi, tarovatidir,
Til – inson ixlosi, mahoratidir.
Til – samo nafasi, haroratidir,
Ey, qalbim gavhari – onajon tilim.
Elni uluğ qilgan jonajon tilim!
Til – millat faxridir, şijoatidir,
Til – köngil şarhidir, halovatidir.
Til – Vatan madhidir, jasoratidir,
Ey, qalbim gavhari – onajon tilim,
Ham qadr-u qimmatim, jonajon tilim!
Tengdoşim, avaylab, asra özliging,
Ham ona tilingni, hamda bayroğing.
Şu gözal zaboning qudrating sening,
Mangu boşingda tut muqaddas tuğing.
Istiqlol uyğotgan onajon tilim,
Vatanni boyitgan jonajon tilim!
Nilufar OTAJONOVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
KÖNGIL
Gar köngil izmiga yursam,
Ketarkanman botqoqlik sari.
Lek odamlardan ayrilmasman,
Yaxşilardan bölmasman nari.
Qayga borsam, ğiybat-u tuhmat,
Soxta mehr va soxta hurmat.
Köngil, deya yaşamoq uçun,
Eşitmayin kar bölmoq kerak.
Aqlni ham qilmasdan uzoq,
Yaşaş ham baxt bölmayin qörqoq.
Irodali bölsang, Aʼloxon,
Baxt özingdan ketmagay yiroq.
Aʼloxon RAJABOVA.
Ranjidingizmi...
Ranjidingizmi, onajon mendan,
Sizga quloq solmaganimga.
Ranjidingizmi, onajon mendan,
Maslahatingiz olmaganimga.
Sizni xafa qilmayin deb,
Yomonimni yaşirgandim.
Sözlaringiz tinglayin deb,
Sizni juda şoşirgandim.
Ögitingiz doimo men
Qalb qatida olib yurdim.
Hamma vaqt sözlaringiz
Dilda takror aytib yurdim.
Quloğimga göyo doim,
Sözlaringiz çalinadi.
Mehribonim , munis onam,
Qizingiz sizni soğinadi.
Ranjidingizmi, onajon mendan.
Dinora KARIMBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
USTOZIMGA
Yoş avlodning hurdir zamoni,
Manglayida porlagan yulduz.
Maktabimiz şodlik makoni –
Öqiyapti barça öğil-qiz.
Orzulari oçmoqda jamol,
Niyatimiz hosil bölajak.
Aʼlo öqib, topamiz kamol,
Bizni kutar buyuk kelajak.
Rahmat aytay ustoz nomiga,
Bölgan axir otamday tayanç.
Şeʼrlar bitay uning nomiga.
Onamdayin mehribon suyanç.
Oynura JIYaMURODOVA.
OPAM
Onam kabi mehribon,
Mening aziz opam bor.
Maktabdan qaytganim on,
Suyib bağriga bosar.
Iş örgatar erkalab,
Biçiş, tikiş, töqişni.
Kuzatadi ertalab,
Tilab yaxşi öqişni.
Muxlisa RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶