USTOZ
(Barça aziz va muhtaram ustoz-murabbiylarga bağişlayman)
Bir kun xotiramdan öçmaydi hargiz,
Öşal kun umrimga soldi nurli iz.
Ilm-u irfon aro qöygança ildiz,
Qölga qalam tutgan onim u sözsiz!
Şu kun menga hamdam va mangu hamroz –
Mehri olamga teng birinçi Ustoz!
Unutib bölarmi, onamday suyib,
Soçlarim örganin köngili iyib.
Qor yoqqan kunlarda oromin yöyib,
Ilmning qadrini boşiga qöyib,
Har bir qadamimga tilab u parvoz,
Opiçlab uyimga elitgan Ustoz!
Quvonçim eng avval qutluğ aylagan,
Zarra obröyimni uluğ aylagan.
Könglim zimistonin yoruğ aylagan,
Hatto kamlarimni töluğ aylagan.
Mehrin gulşanidan solib poyandoz –
Ezgulik yöliga yöllagan Ustoz!
Hayot sinovlari qalbim ezganda,
Bardoşim yetmayin, dilim tözganda,
Nohaqlik zör kelib, tanim tilganda,
Döstlarim özgarib, qölin uzganda.
Menga qudrat bergan qudratli ovoz –
Jonim, deb jonimga qorişgan Ustoz!
Otamday duogöy, onamday hoksor,
Dilda tilaklari, orzusi bisyor.
Şundayin mehribon ayting, qayda bor,
Hatto koyişlari bermagay ozor.
Holim söraşlari könglimga hamroz –
O umrim bezagi - muhtaram Ustoz!
Oddiy qalam tutib "Ona” deb yozdim,
Vatanni kaşf etdim! Şodlana yozdim.
Mehr ummoniga çulğana yozdim,
Istiqlol damiga joylana yozdim.
Orzum osmonida ayladim parvoz –
Taşakkur, parvozga şaylagan Ustoz!
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶