22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 11:03
Jamiyat 👁 4,036

Qurbon hayiti muborak boʻlsin!

Qurbon hayiti muborak boʻlsin!

Istiqlol tufayli jannatmakon mamlakatimizda islom dini ravnaqi yoʻlida keng imkoniyatlar ochildi. Eʼtiqod erkinligi qonuniy ravishda kafolatlab qoʻyildi. Barcha milliy va diniy qadriyatlar tiklandi, masjid va madrasalarning binolari, nodir tarixiy manbalar, osori atiqalar musulmonlarga qaytarib berildi. Ularning emin-erkin ibodat qilishlari, diniy taʼlim  olishlari, diniy adabiyotlarni nashr etishlari va ommaviy axborot vositalaridan bahramand boʻlishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Ramazon hayiti va Qurbon hayitlarining birinchi kunlari dam olish kunlari deb belgilanib, bayram sifatida nishonlanmoqda.

Hayit bayramlari qadimdan yurtimizda oʻzgacha, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bagʻrikenglik va saxovat ifodasi boʻlib kelgan. 9-sentyabr kuni Prezidentimizning "Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi. Bu davlatimiz tomonidan yurtimiz musulmonlariga koʻrsatilayotgan eʼtibor namunasidir.

Qurbonlik qilish – zakot, fitr sadaqasi kabi moliyaviy ibodat boʻlib, u  Qurʼoni karim, hadisi sharif bilan sobitdir. Qurbonlik qilish boshqa ibodatlar kabi Alloh uchun deyilsa-da, aslida foydani inson koʻradi. Qurbonlik qilingan hayvonning goʻshtidan soʻygan odamning oʻzi va faqir-fuqarolar manfaatdor boʻladi. Alloh taolo esa insonning qalbidagi niyatiga koʻra muomala qiladi. Haqiqatan, qurbonlikka soʻyilgan hayvonlarning goʻshtlariga ham, qonlariga ham Alloh muhtoj emas. Qurbonlik qilishdan maqsad bandaning Yaratuvchi amriga itoatini va taqvosini namoyon etishidir. Banda ixlos bilan qurbonlik qilib, Alloh yoʻlida jonlik soʻymoqdami, demak oʻsha bandaning Alloh taologa taqvosi bor ekan. Allohning rizoligi uchun borini qurbon qilishga tayyor ekan.

Qurbonlik qilish qonun-qoidalari va odoblari haqida koʻplab fiqh kitoblarida batafsil maʼlumotlar berilgan. Qurbonlik soʻyish hayit namozini oʻqib boʻlgach, boshlanadi. Shariatimiz koʻrsatmasiga binoan qurbonlik qilish zakot nisobiga qodir kishilargagina vojib, deb bayon qilingan (bu yilgi zakot nisobi 11.500.000 (oʻn bir million besh yuz ming soʻm deb belgilangan edi). Agar biror kimsa qurbonlik soʻyish vaqtigacha mazkur pul mablagʻiga ega boʻlsa, unga qurbonlik soʻyish vojib boʻladi. Qurbonlikning avvali hayit namozi ado etilganidan soʻng soʻyiladi. Uning oxirgi vaqti esa hayitning uchinchi kuni asr vaqtigacha.

Mana Qurbon hayiti ham kirib keldi. Odatda hayit kunida hamma bir-birini ulugʻ kun bilan samimiy muborakbod etadi. Hayit namozini ado etgandan soʻng birinchi oʻrinda bizlarning dunyoga kelishimizga sababchi boʻlgan ota-onalarimizni, ulardan keyin qarindosh-urugʻlarimizni, yoru-birodarlarimizni, bemorlarni borib ziyorat etamiz. Ularning koʻnglini soʻrash va koʻtarishga harakat qilamiz. Ayrim sabablar bilan oʻzaro arazlashgan kishilar ham bir-birlarini muborak bayram kunida kechirib, oʻzaro uzrlar aytib, bir-birlariga quchoq ochadilar. Bu kun barchaga quvonch ulashadigan kundir.

Qurbon hayitingiz qutlugʻ boʻlsin, azizlar!

Abdurahmon Matsapoyev, "Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.

(Foto-http://static.norma.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026