ENG TINÇ-TOTUV XALQMIZ!
Mustaqillikka erişgaç, öz ona tilimiz, muqaddas dinimiz, erkimiz va milliy qadriyatlarimiz tiklandi. Yurtboşimiz tomonidan insoniylikni, yaxşilikni tarğib etuvçi udumlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy obidalarimiz, aziz avliyolar qadamjolari qayta tiklandi. Mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirildi.
Mahallalarning obod bölayotgani, kişilarning bir tan-u bir jon bölib obodonlaştiriş va yaratuvçanlikka hissa qöşayotgani dilni quvontiradi. Yurtboşimizning "Özbekiston yoşlari - mening farzandlarim”, deb mehr körsatişlari yoşlarimizga maʼnaviy-ruhiy madad bölişi bilan birga, şunday muqaddas Vatanimiz borligiga, osmonimiz tinç, turmuşimiz farovon, dasturxonimiz tökinligiga dilimizda şukronalik tuyğusini uyğotadi.
Şu örinda bir maşhur rivoyatni eslatib ötmoqçimiz. Uzoq yöl bosib kelayotgan musofir özining poyabzali eskirib ketganidan nolib: «şunaqa ham noçor odam bölamanmi?» deya öz holining zabunligidan afsuslanadi. Şahar körinib, darvozaga yaqinlaşar ekan, darvoza tagida ötgan-ketganlardan biror narsa berişlarini tilanib ötirgan tilançiga közi tuşadi. Ne köz bilan körsinki, tilançining ikki oyoği ham yöq edi. Bu holni körgan musofir: «Men-ku, poyabzalim yöqligi uçun noşukrlik qilibman, oyoqlarim yöq bölsa, nima qila olardim, mendan ham noçorroq odamlar bor ekan-da», deb şukronalik yölini tutadi.
Azizlar, bu rivoyatni keltirişimizdan murod şuki, Özbekiston xalqining, bizning nolişimiz uçun heç qanday asos yöq. Biz dunyoda eng baxtli, tinç-totuv xalqmiz, alhamdulilloh!
Rajabboy HABIBULLAYeV,
"Hoji Eşon" jomeʼ masjidi imom-xatibi.
(Foto - http://novza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶