21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:13
Fan va taʼlim 👁 4,677

DUNYoGA YuZ TUTGAN SALOHIYaTLI YoShLAR

DUNYoGA YuZ TUTGAN SALOHIYaTLI YoShLAR

Muhtaram Yurtboshimiz milliy kadrlar tayyorlash masalasiga mamlakatimiz hali mustaqillikka erishmasidanoq oʻta sezgirlik bilan katta ahamiyat berganlar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach esa taʼlim tizimida chuqur islohotlar oʻtkazish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  IX sessiyasida qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” taʼlim islohi nafaqat millat, balki mamlakat ravnaqida juda katta ahamiyatga  ega ekanligini isbotladi va tarixan qisqa davr ichida sohada keskin burilish yasadi.

Bugungi kunda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi milliy kadrlar tayyorlashda yetakchi  boʻgʻin sanaladi. Chunki oʻz shaxsiy intilishi va iqtidoridan kelib chiqib, oʻzlari xohlagan yoʻnalishlar boʻyicha kasb-hunar kollejlarida tahsil olgan yoshlar mamlakat iqtisodiyotining turli sohalarida faoliyat olib borishmoqda. Bank va moliya, agrar soha, sanoat va qurilish, sogʻlikni saqlash, taʼlim tizimlarida mehnat qilayotgan oʻrta maxsus kasbiy maʼlumotga ega iqtidorli yoshlar juda koʻpchilikni tashkil etadi.

Amudaryo qishloq  xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻrta maxsus malakali kadrlar tayyorlashda tumanimizdagi yetakchi bilim maskanlaridan biri sanaladi. Sababi, sobiq ittifoq davridagi PTU, toʻgʻrirogʻi, Mangʻit kasb-hunar litseyi negizida tashkil etilgan mazkur oʻquv maskani mustaqillik yillarida tubdan oʻzgargan qiyofaga ega boʻldi. Yillar  davomida taʼlim-tarbiya sohasi, yoshlarga bilim, malaka berish uslubi oʻzini oqlamagan oʻquv dargohi qayta rekonstruktsiya qilinib, 1999-yilda qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejiga aylantirildi. Avvallari nomigagina faoliyat  olib borgan oʻquv dargohi mustaqillik tufayli tumanimizning agrar sohasi, iqtisodiyot tarmoqlari uchun yetuk va bilimdon, zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlab beruvchi bilim maskani darajasiga yetdi. 936 oʻquvchi-oʻringa moʻljallangan ushbu bilim maskani rekonstruktsiyadan soʻng  yuz foiz qayta jihozlandi. Xususan, barcha qulayliklarga ega 100-oʻrinli shinam yotoqxona, 150-oʻrinli faollar zali, 100 oʻrinli oshxona,  eng zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlangan axborot-resurs markazi, 24X12 bichimdagi muhtasham sport saroyi, lingafon xonalari oʻquvchi-yoshlar xizmatida. Ularning sport bilan shugʻullanishlari, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻkazishlari uchun barcha imkoniyatlar muhayyo.

Kollejda 1827 nafar oʻquvchi-yoshlar 15 ta kasbiy yoʻnalish boʻyicha tahsil olishadi. Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, 2001-yilda Yaponiya davlatining oʻzaro iqtisodiy hamkorlik  taraqqiyot banki loyihasiga asosan kollej oʻquv yoʻnalishlari dasturiga qishloq xoʻjaligi sohasiga oid yangidan 5 ta kasbiy yoʻnalishlar kiritilib, dars oʻtiladigan xonalar Yaponiyadan keltirilgan  1 mlrd. soʻmlik 10313 turdagi oʻquv aslahalari, zamonaviy kompyuter, texnologiyalari va qishloq xoʻjalik texnikalari bilan jihozlandi. Qishloq xoʻjalik mashina va jihozlariga texnik xizmat koʻrsatish, oʻsimlikshunoslik yoʻnalishi boʻyicha fermer xoʻjaligini tashkil etish va yuritish, chorvachilik yoʻnalishi boʻyicha fermer xoʻjaligini tashkil etish va yuritish, agronomiya va veterinariya yoʻnalishlarida tahsil olishni xohlagan yoshlar safi yil sayin oshib borayotgani bu – nazariy va amaliy mashgʻulotlarning zamonaviy pedtexnologiyalar asosida olib borilishi tufaylidir.

Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, paxtaga birlamchi ishlov  berish texnologi, buxgalteriya hisobi, kompyuter va kompyuter tarmoqlarini payvand qilish, sozlash va ishlatish, issiqxona va fermer xoʻjaligi mutaxassisi, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, tovarshunos, oshpaz, zootexnik, keng assortimentli kiyimlar modeler-dizayneri, tikuv va tikuv-trikotaj ishlab chiqarish texnik-texnologi yoʻnalishlarida tahsil oluvchi oʻquvchi-yoshlarning chuqur bilim, yuqori kasb-malaka egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlardan koʻzlar quvonadi.

- Oʻquvchilarga 98 nafar oliy maʼlumotli oʻqituvchi va muhandis-pedagoglar, 35 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustalari taʼlim-tarbiya berishmoqda, - deydi kollej direktori Maqsud Yoʻldoshev. – Shuni quvonch bilan aytishni istardimki, soʻnggi 4-5-yil ichida kollejimizda aniq fanlarni oʻqitish borasida namunali uslub ishlab chiqildi. Matematika fani oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi Azimboy Safarboyevning saʼy-harakatlari bilan tashkil etilgan matematika fani toʻgaragi bugungi kunda nafaqat kollejimiz, balki  tumanimiz yoshlarining ham chinakkam ziyo maskaniga aylandi. Har yili ushbu toʻgarak aʼzolarining 70-80 foizi oliy oʻquv yurtlarining talabalari boʻlishdek baxtga erishmoqdalar.



Raʼno Davumova, Olimboy Bozorboyev, Shirin Qurbonboyeva, Bahodir Qurbonov,  Kamol Xudoyberganov kabi fidoyi fan oʻqituvchilari hamda Mansur Chorshamov, Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi Gulshoda Nurmonova, Gulasal Oʻtaboyeva, Gulchehra Safarboyeva, Sayyora Yusupova singari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariya bilan amaliyotni uzviy olib borishdagi hamkorliklari tufayli kollejimizni bitirib chiqayotgan yoshlar hayotdan oʻz oʻrinlarini topib, oʻzlari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha yetuk muatxassislar sifatida faoliyat yuritmoqdalar.

Darvoqe, kollejda zakovatli, bilimdon yoshlar koʻp. 2013-2014 va 2014-2015 oʻquv yillarida kollejning ikki nafar oʻquvchisi ikki yil davomida akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan fanlar olimpiadasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston miqyosida sovrindor boʻlishgan edilar. 2015-2016 oʻquv yilida kollejning 3-bosqich oʻquvchilari Dilmurod Sobirov va Shohruh Oʻrozimbetovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida yana gʻoliblikni qoʻlga  kiritishdi va fanlar olimpiadasining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma olishdi.

Kollej sportchi-yoshlari erishayotgan yutuqlar ham tahsinga loyiq, voleybol, stol tennisi, minifutbol, shaxmat sporti boʻyicha ular tuman va Respublika miqyosidagi turli sport musobaqalarining doimiy ishtirokchilariga aylanishgan. 2015-yilda 1-bosqich oʻquvchisi Azimjon Rahimov esa "Kamolot” shaxmat taxtasi” turnirida Oʻzbekiston Respublikasida 2-oʻrin sohibi boʻldi. Azimjon ushbu turnirning 2016-yilgi musobaqalarida ham faol qatnashib, Qoraqalpogʻistonda 1-oʻrinni egalladi va turnirning mamlakat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Har yili zarur kasbiy malakalarni egallab, mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan  yoshlarning bandligini taʼminlash kasb-hunar taʼlimi tizimining eng muhim sharti hisoblanadi. Bu borada kollejda olib borilayotgan ishlar ibratga loyiq. Chunonchi, oʻtgan 2014-2015 oʻquv yilida 11 ta kasbiy yoʻnalishlar boʻyicha 636 nafar oʻquvchi kollejni tugatgan boʻlsa, ularning barchasining bandligi taʼminlandi. Yaʼni, 594 nafar kollej bitiruvchisi uch tomonlama shartnoma asosida ishga joylashgan boʻlishsa, bitiruvchi-yoshlarning 26 nafari taʼlimning keyingi bosqichida oʻqishni davom ettirishga, oliy taʼlim dargohlari talabasi boʻlishga muyassar  boʻldilar. 14 nafar yoshlar esa oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini boshladilar. Eng muhimi, ishga joylashgan bitiruvchilarning 530 nafari oʻz mutaxassisliklari boʻyicha, 3 nafari shartnoma asosida biriktirilgan korxonalarda, 64 nafari turdosh sohalarda oʻz ish faoliyatlarini boshladilar.

- Ishga joylashgan bitiruvchilarga amaliy yordam berish va ular ishlayotgan korxonalar bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida doimiy monitoring ishlarini olib boramiz, - deydi M.Yoʻldoshev: - Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi, elektr tarmoqlari korxonasi, tuman veterinariya boʻlimi, XTMFMTTEB, tumandagi tijorat banklari bilan mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlik shartnomalari tuzganmiz. 2014-2015 oʻquv yilida kollej bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida, tadbirkor boʻlish istagini bildirgan 16 nafar bitiruvchiga tijorat banklari tomonidan 90,2 million soʻmlik kredit mablagʻlari olishga koʻmaklashildi va bu yoshlar ayni kunlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishmoqda.

Kollej oʻquvchi-yoshlari orasida iqtidorli, oʻz mustaqil fikriga ega yoshlar anchagina. Ulardan biri Izzat Eshnazarov 2014 oʻquv yilida "Kasb mahorati” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, koʻrik-tanlovning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida sovrindor boʻlgan boʻlsa, agronomiya yoʻnalishi boʻyicha Sherzod Olloberganov 2015 oʻquv yilida mazkur koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Kollejning oʻquv-tajriba xoʻjaligi  oʻquvchi-yoshlarning kasbiy mahoratini oshirib, amaliy tajriba oʻtashlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 10 bosh zotdor qoramol parvarishlanayotgan "miniferma”, oʻquv-tajriba xoʻjaligi, 1 ta "Tiko” rusumli yengil avtomobil, 2 ta ogʻir yuk mashinalari, haydov va oʻrim-yigʻim traktorlari, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha maxsus xona, avtotrenajyor xonalari, 18 ta umumtaʼlim fan toʻgaraklari, 14 ta maxsus fan toʻgaraklari 6 ta sport toʻgaraklarida kollej oʻquvchilarining har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar, barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo.

Ana shunday shart-sharoitlardan bahramand bitiruvchi yoshlardan bir guruhi shu yilning 28-iyun kuni kollejda boʻlib oʻtgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida ishga joylashdilar. Ulardan 18 nafariga imtiyozli kredit olishlari uchun maxsus sertifikat topshirishdi.

Kollejda olib borilayotgan ishlar bilan tanisharkanmiz, bundan 25-yil oldingi kasb-hunar taʼlimi dargohi bilan bugungi kasb-hunar kolleji oʻrtasidagi osmon bilan yercha farqni koʻrib, quvondik. Bugungi oʻquvchi-yoshlar muddatini oʻtab, irib-chirib boʻlgan texnikalarni aslo tan olmaydilar. Ular eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlash, amaliy tajribalar oʻtkazish imkoniga egalar. Bugungi kollej oʻquvchisi toʻla davlat gʻamxoʻrligi asosida tahsil oladi, kasb-malakasini egallaydi. Uning ish bilan taʼminlanishi masalasida ham davlatning oʻzi gʻamxoʻr.

Quvonch bilan taʼkidlagimiz keladi:  kollejni bitirgan har bir yosh davlat  eʼtiborida, himoyasida. "Oʻqishni bitirding, davlat seni 12-yil bepul oʻqitdi, kasb-korli qildi, endi hayot yoʻlingni oʻzing hal qil”, - deb hech bir yosh mutaxassisning koʻkragidan itarmaydi. Aksincha, uning ish bilan taʼminlanishi, oʻz qobiliyatini namoyon etishi, taʼlimning oliy bosqichida oʻqishni davom ettirishi uchun davlat gʻamxoʻrlik qilishda davom etaveradi.

Qarang, faqat Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejining 2015-2016 oʻquv yili bitiruvchilaridan 88-90 foizi oʻzlari tanlagan mutaxassisliklar boʻyicha ishga joylashishgan. Bitiruvchilarning bandligi yuz foiz taʼminlangan!

Ayni kunlarda esa kollejda 2016-2017 oʻquv yilida 9-sinf bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga qamrab olish boʻyicha "Maslahat markazi” faoliyat olib bormoqda.

- Yoshlarning, hatto  ota-onalarning ham dunyoqarashi oʻzgargan, - deydi kollej direktori Maqsud Yoʻldoshev. – Sobiq tuzum davrida hunar-texnika bilim yurtlariga umumtaʼlim maktablarining eng qoloq, 8-sinf bitiruvchilari majburiy tarzda oʻqishga yuborilardi. Bugungi kasb-hunar kollejlariga esa oʻquvchi oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha hujjat topshiradi. Ota-onalar ham farzandining qiziqishlariga eʼtiborli. Demak, mustaqillik davri yoshlarining ongi, saviyasi yuqori.

Mustaqillik davri yoshlari. Ular kechagi, yaqin oʻtmishdagi tengdoshlaridan har tomonlama yetuk, bilimdon, tadbirli. Maqolamiz muqaddimasida tilga olganimiz, muhtaram Prezidentimiz mamlakatimiz mustaqilligidan ancha oldin ilgari surgan gʻoya - "...milliy kadrlar tayyorlash, ayniqsa, yoshlarni tayyorlash bilan juda jiddiy shugʻullanish, zamonaviy kasbni egallashida ularga yordam berish” toʻgʻrisidagi fikrlari bugun nainki yoshlar, balki xalqimiz hayotini gullatib yubordi. Kechagi kun taʼlim tizimi bilan bugungi, yuksak taraqqiyotga yuz tutgan taʼlim sohasi oʻrtasidagi farq – yer-u osmoncha! Kechagi oʻquvchi-yoshlar – dunyo tomon eltuvchi yoʻlni topolmay, sargardon boʻlsa, bugungi oʻquvchi-yoshlar – dunyo tomon eltuvchi yoʻllarda!

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026