IŞSIZ YoŞLAR UÇUN MEHNAT YaRMARKASI TAŞKIL ETILDI
Yoşlarni munosib iş bilan taʼminlaş, ularning bandligini oşiriş hamda mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanişini taʼminlaş bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Şu maqsadda Amudaryo tumanida navbatdagi Bandlik yarmarkasi taşkil etilib, işsiz yoşlarni doimiy iş örinlariga yönaltiriş, ularning muammo va takliflarini örganiş hamda bandlik masalalariga amaliy yeçim topişga qaratilgan muhim tadbir ötkazildi.
Tuman Madaniyat bölimi binosida bölib ötgan tadbir avvalida oçiq muloqot taşkil etildi. Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, respublika işçi guruhi aʼzolari, hokim örinbosarlari, tegişli taşkilot va idoralar rahbarlari hamda yoşlar iştirok etdi.
Oçiq muloqot davomida tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosati doirasida ularning bilim olişi, kasb-hunar egallaşi, munosib iş bilan taʼminlanişi va tadbirkorlik faoliyatini boşlaşi uçun keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida taʼkidladi. Şuningdek, yoşlarning taşabbus va intilişlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning muammolarini öz vaqtida hal etiş hamda bandligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan tizimli islohotlar haqida söz yuritdi.
Muloqot çoğida yoşlar bilan samimiy fikr almaşilib, ularning bandlik, kasb-hunar örganiş, tadbirkorlikni yölga qöyiş hamda öz salohiyatini röyobga çiqariş borasidagi murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegişli topşiriqlar berilib, har bir murojaatni manzilli örganiş va amaliy yeçim topiş yuzasidan vazifalar belgilandi.
Şundan söng mehnat yarmarkasi öz işini boşladi. Unda tuman hududida faoliyat yuritayotgan korxona, taşkilot va muassasalar tomonidan taqdim etilgan böş iş örinlari, kasbga tayyorlaş va qayta tayyorlaş dasturlari, bandlikka kömaklaşiş xizmatlari hamda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça mavjud imkoniyatlar iştirokçilarga taqdim etildi.
Yarmarkada 150 nafardan ortiq işsiz yoşlar faol qatnaşib, öz mutaxassisligi, bilim va könikmalariga mos böş iş örinlari bilan tanişdi. Iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qiliş, mehnat şaroitlari, iş haqi va faoliyat yönalişlari haqida batafsil maʼlumot oliş imkoniyatiga ega bölgan yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassislardan javob oldilar. Tadbir yakunlariga köra, 22 nafar yoşning bandligi taʼminlanib, ular doimiy iş örinlariga joylaştirildi.
Bugungi kunda yoşlarning bandligini taʼminlaş nafaqat ularning daromad manbaini yaratiş, balki hayotda öz örnini topişi, kasbiy salohiyatini röyobga çiqarişi va jamiyat taraqqiyotida faol iştirok etişi uçun muhim omil hisoblanadi. Şu bois bu kabi mehnat yarmarkalari yoşlar bilan manzilli işlaş, ularning ehtiyoj va qiziqişlarini inobatga olgan holda amaliy yordam körsatişda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Amudaryo tumanida ham yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularni kasb-hunar egallaşga rağbatlantiriş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda munosib mehnat faoliyatiga yönaltiriş borasidagi tizimli işlar izçil davom ettirilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶