QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGI: UNDAN SAQLANIŞNING YÖLINI BILASIZMI?
Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi virus qözğatadigan, tabiiy şaroitda kanalar orqali yuqadigan öta xavfli yuqumli kasallikdir. Yirik va mayda şoxli hayvonlarda uçraydigan iksod kanalari gemorragik isitma kasalligi virusining taşuvçilari, kemiruvçilar, yirik va mayda şoxli mollar esa gemorragik isitma virusining manbalari hisoblanadi.
Uşbu kasallik özida gemorragik virusini saqlaydigan kanalarning çaqişi va qöllar kana qoni bilan ifloslanişi natijasida odamlarga yuqadi. Bundan taşqari, kasallik odamga şu kasallik bilan oğrigan bemorning qoni orqali ham yuqişi mumkin. Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlarining çöl hududlari mazkur kasallik böyiça tabiiy öçoqli hududlar hisoblanadi. Kasallik respublikamiz hududiga çetdan kirib kelişi va tarqalişi ham mumkin.
Kasallikning yaşirin davri örtaça 2 – 3 kun davom etadi. Baʼzida bu davr bir neça soatlarga qisqarişi yoki 14 kungaça çözilişi mumkin. Kasallik ötkir boşlanib, bemorning tana harorati 30-40 darajagaça kötarilişi, sovqotib qaltiraşi, muşaklari oğrişi, badanga toşma toşişi, yuz, böyin, kökrak qismi terilari qizarişi, milk, burun, oşqozon-içaklardan qon ketişi kabi alomatlar bilan namoyon böladi. Baʼzi holatlarda kasallik oğir keçib, bemordan qon ketişi natijasida ölim qayd etiladi. Mazkur kasallik gemorragik belgilarsiz şaklda ham keçişi mumkin. Kasallikning bu şaklida badanda toşmalar toşmaydi, qontalaşlar kuzatilmaydi, organlardan qon ketmaydi, kasallik asosan isitma va zaharlaniş alomatlari bilan namoyon böladi.
Şu bois, çöl hududiga dam olişga çiqqanlar dam oliş uçun möljallangan joy mol boqiladigan yaylovdan kamida 2 – 3 km. masofa uzoqda bölişiga eʼtibor berişlari kerak.
Şuni unutmaslik kerakki, agar badanga kana yopişganligi aniqlansa, tezda yaqin joylaşgan tibbiyot muassasasiga murojaat qiliş zarur. Birinçi galda kanani ehtiyotkorlik bilan himoya qölqop kiyib olib taşlaş zarur. Dastlab kana yopişgan joyga 2-3 tomçi ösimlik yoği tomizib, 10-15 daqiqa kutiş kerak. Pintset yoki ip yordamida sekin-asta teriga yopişgan kana olinib, şu joyga yod surtiladi va ustiga bakterotsid plastir yopiştiriladi. Olingan kana penitsillin flakonga solinib, oğzi tiqin bilan bekiladi va yoqib taşlanadi. Işlatilgan rezina qölqoplar 70 foizli etil spirti bilan işlov berilgaç, yeçiladi va yoqib yuboriladi.
Kasallik böyiça tabiiy öçoqli xududlarda yaşovçi va işlovçilar orasida kasallikning oldini oliş böyiça suhbatlar ötkazib, bukletlar tarqatilişi, nafaqat kasallik yuqişi, balki kana çaqişidan himoyalaniş imkonini beradi.
Jumaboy YaVKAŞEV,
tuman Salomatlik markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶