Tanlovlar iqtidorlilarni aniqladi
Mustaqillik şarofati bilan öz erki, dini, tili va ajdodlari yaratgan boy maʼnaviy merosga qayta ega bölgan xalqimiz ötgan 25-yil mobaynida yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga ulkan eʼtibor qaratdi. Kadrlar tayyorlaş va maktab taʼlimini rivojlantiriş umummilliy dasturlarining qabul qilinib, taʼlim-tarbiya sohasida eski, qotib qolgan uslublardan xoli bölgan yangi tizimning hayotga tatbiq etilganligi bugun yangiça fikrlaydigan, Vatanimizning kelajagini öz qöllariga olişga qodir bölgan yigit-qizlar kamolga yetişişiga asos böldi.
Atrofidagi voqea-hodisalarga aniq, xolis munosabatda bölaoladigan, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yaşaydigan, siyosiy faol va mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega bölgan yoşlarning erişayotgan yutuqlari, intilişlari bu ulkan maqsad yölida amalga oşirilgan işlar neçoğlik samarali bölganligini körsatib turibdi.
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ana şunday uluğvor işlarga hissa qöşiş maqsadida "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi taʼsis etgan grant tanlovida "Yuksak maʼnaviyatli avlod – yurt kelajagi” nomli loyihasi bilan qatnaşib, ğolib bölgan edi. Loyihaning maqsadi yurtimiz yoşlarini har tomonlama barkamol, maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalaşga hissa qöşişdan iborat. Ötgan ön oy davomida NNT aʼzolari loyiha rejasida közda tutilgan tadbirlarni öz muddatlarida amalga oşirib, hamkor taşkilotlar bilan birgalikda maktablarda, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida uçraşuvlar, davra suhbatlari, badiiy keçalar, kontsert dasturlari, körgazmalar taşkil qilib, kitob sayllari uyuştirişdi, yoşlar uçun köçma kutubxona taşkil qilişdi va loyiha doirasidagi tadbirlarda faol iştirok etgan yoşlarni rağbatlantirib, ularning ijod namunalarini matbuotda yoritib borişdi hamda töplam körinişida naşr qilişga hozirlik körilmoqda.
Ötgan 10 oy mobaynida tumanimiz maktablari va örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yoşlar örtasida milliy istiqlol ğoyasi va maʼnaviyat tarğibotiga bağişlangan "Maʼnaviyat kunlari”da 35 ta uçraşuvlar, ovul va mahalla yoşlari uçun "Köçma kutubxona” xizmatini yölga qöyiş maqsadida 30 ta "Köçma kutubxona – yoşlar uçun” uçraşuvlari, yoşlarni kitobxonlikka qiziqtiriş, NNT qoşida taşkil qilingan kutubxona kitoblarini taʼlim muassasalari yoşlari orasida tarğib qiliş maqsadida "Kitobxonlik – maʼnaviyat kaliti” deb nomlangan 30 ta uçraşuvlar ötkazildi. Milliy istiqlol ğoyasi tarğiboti va globallaşuv davrida yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoşlarni "ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiridan himoya qiliş maqsadida tumanimizda yaşab, ijod qilayotgan yozuvçi va şoirlar, ijodkorlar va NNT aʼzolarining aholi, xususan yoşlar, olis qişloqlar aholisi bilan 5 ta davra suhbatlari taşkil qilindi.
Şuningdek "Jayxun ilhomlari” NNTning turli loyihalari va tanlovlari iştirokçilarining ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş, yanada samarali ijod qilişlariga şaroit yaratiş, ularni katta sahnalarga olib çiqiş maqsadida ikki marta kontsert dasturi, ikki marta badiiy keça va bir körgazma taşkil etildi. Maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bilimdon öquvçilaridan iborat "Yoş maʼnaviyat tarğibotçilari” guruhi tuzilib, uşbu guruh aʼzolari iştirokida 3 ta davra suhbatlari ötkazildi. Yurtimizning boy madaniy merosi, şonli ötmişini yoşlarga tuşuntiriş, ularda tariximizga hurmat, kelajakka işonç tuyğularini mustahkamlaş maqsadida NNT loyihalarida faol iştirok etgan yoşlarning Xiva şahriga, "Çilpiq” va "Gaur qalʼa” tarixiy yodgorliklariga sayohatlari uyuştirildi. Yoşlar, ayniqsa çekka qişloqlar yoşlarining madaniy hordiq çiqarişiga kömaklaşiş, maqsadida 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida, "Barkamol avlod” bolalar markazida ijodkor-yoşlarning kontsertlari taşkil qilindi. Ötkazilgan tadbirlarning köpçiligi, kontsert dasturlari tölaligiça "Amudaryo televideniyesi”da namoyiş etildi.
Bulardan taşqari, "Yuksak maʼnaviyatli avlod – yurt kelajagi” loyihasi doirasida iqtidorli yoşlarni tarbiyalaş, rağbatlantiriş va ularning ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş maqsadida badiiy sanʼat yönalişida "Ranglarda Vatan manzaralari”, adabiy ijod yönalişida "Biz – barkamol avlod, porloq kelajak bunyodkorlarimiz”, musiqa yönalişida "Qöşiğimda Vatan madhi” nomli tanlovlar eʼlon qilingan edi. Ularga tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining öquvçi-yoşlari öz ijod namunalari bilan qatnaşdilar va eng sara namunalar "Amudaryo televideniyesi” va "Taraqqiyot közgusi”, "Mening oilam” gazetalarida, amunews.uz veb-saytida yoritib borildi.
Hakamlar hayʼati mazkur tanlovlarga kelgan materiallarni körib çiqib, ğoliblarni aniqladi.
Şunday qilib, badiiy sanʼat yönalişida:
1-örin – Şamsiddin Bekişboyevga,
2-örin – Sardor Xudoyberganovga,
3-örin – Diyorbek Adilboyevga,
adabiy ijod yönalişida:
1-örin – Sveta Şomurodovaga,
2-örin – Ozoda Töliboyevaga,
3-örin – Sevara Sidabullayevalarga,
musiqa yönalişida:
1-örin – 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvçisi Temur Kamolov va "Barkamol avlod” bolalar markazining "Şöx bolalar” jamoasiga,
2-örin – 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvçisi Doston Tilovmurodov va "Barkamol avlod” bolalar markazining "Yoş doiraçilar” guruhiga,
3-örin – 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvçisi Maʼruf Jumaniyozov hamda "Barkamol avlod” bolalar markazining "Yoş jurnalist va notiq” tögaragi aʼzosi Umida Yerdoşevalarga nasib etdi.
Ğoliblar moddiy-maʼnaviy rağbatlantirildi.
"Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti yuksak maʼnaviyatli avlodni kamol toptirişdek uluğ işga kelgusida ham öz hissasini qöşaveradi.
Oygul RAJABOVA,
"Jayxun ilhomlari”
NNT aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶