INŞOLAR TANLOVLARINING ĞOLIBLARI TAQDIRLANDI
Mamlakatimizda korruptsiyaga qarşi kuraş umummilliy harakatga aylangan. Çunki korruptsiya davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid, barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar yölidagi jiddiy tösiqdir. Şu bois, jamiyatimizni ijobiy tomonga özgartiriş, hayotimizni yanada farovon qilişdek ezgu niyatlarimizni amalga oşirişga kirişar ekanmiz, birinçi galda fuqarolar, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlod ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini uyğotiş muhim ahamiyatga ega.
Bu boradagi işlarga ommaviy axborot vositalari tahririyatlari ham faol ravişda hissa qöşib kelmoqda. Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” nomli va Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihalari ham ana şu illatning oldini oliş borasidagi tizimli işlarga hissa qöşişga qaratilgandir.
Grant loyihalari iş rejasiga asosan Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi bilan hamkorlikda öquvçi-yoşlarda korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantiriş maqsadida inşolar tanlovi eʼlon qilingan edi.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining grant loyihasi doirasida “Kelajakda xalqimga halol xizmat qilaman” mavzusidagi va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining grant loyihasi doirasida “Korruptsiyasiz jamiyat quramiz!” mavzusidagi inşolar tanlovlari tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi bilan hamkorlikda yuqori saviyada ötkazildi.
Mazkur tanlovlarda umumtaʼlim maktablarining 100 nafardan ortiq öquvçilari faol iştirok etdilar. Tanlovlarni ötkazişdan közlangan maqsad — ösib kelayotgan yoş avlod ongida korruptsiyaga qarşi murosasizlik kayfiyatini uyğotiş orqali korruptsiyadan xoli, halollik, adolat va barqaror taraqqiyot tamoyillariga asoslangan jamiyat barpo etişga hissa qöşişdir.
Tahririyatlarga kelib tuşgan inşolar hakamlar hayʼati tomonidan örganilib, baholandi. Tanlov yakunlariga köra jami 12 nafar eng sara inşolar mualliflari Amudaryo televideniyesi tahririyatiga taklif qilindi.
Taqdirlaş marosimida loyiha koordinatorlari tanlov ğoliblari bilan dildan, samimiy suhbatlaşib, öquvçi-yoşlarning korruptsiyaga qarşi kuraş borasidagi fikrlari, kelajakdagi orzulari bilan yaqindan tanişdilar.
Hakamlar hayʼatining xulosalariga köra Amudaryo televideniyesi tahririyati tomonidan eʼlon qilingan “Kelajakda xalqimga halol xizmat qilaman” mavzusidagi inşolar tanlovida birinçi örin 50-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Xosiyat Rajabovaga nasib etdi. 3-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Jazira Bazarbayeva hamda 50-sonli maktabning 6-sinf öquvçisi Şahlo Baxtiyorovalar yozgan inşolar 2-öringa loyiq körildi. 1-sonli maktabning 6-sinf öquvçilari Suhrob Karimboyev va Zilola Hayitboyevalar hamda 50-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Sevinçoy Pölatovalar esa tanlovda 3-örinni egalladilar.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati tomonidan ötkazilgan “Korruptsiyasiz jamiyat quramiz!” mavzusidagi inşolar tanlovida esa 1-örin 14-sonli maktabning 7-sinf öquvçisi Çaros Tursunboyevaga nasib qildi. 40-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Kamola Yöldoşeva hamda 3-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Aysuluv Muratbayevalar yozgan inşolar 2-öringa munosib körildi. 3-örin esa 50-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Aynura Bazarbayeva, 1-sonli maktab öquvçisi Gulruh Ibrohimova hamda 14-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Jayna Örazmuxambetovalarga nasib etdi.
Tadbir davomida tanlov ğoliblariga faxriy yorliqlar, sovğalar topşirildi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶